calendar 13 May 14:37
eye 59
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya toʻlanadi

image
Shavkat Mirziyoyev 'Kambagʻal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.

Farmonga koʻra, 2025-yil 1-iyundan boshlab 'qizil' toifaga kiruvchi kam taʼminlangan oilalarning 'aʼlo' baholarga oʻqiyotgan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning ikki baravariga teng maxsus stipendiya tayinlanadi. Bu chora oliy taʼlimda tahsil olayotgan qizlarning ragʻbatini oshirish va ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Bundan tashqari, 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan oʻquvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun alohida kvota ajratiladi. Ular ushbu xizmatlar uchun ota-onalar toʻlovidan ozod qilinadi.

Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan boshlab kam taʼminlangan oilalarning aʼlo baholarga oʻqiyotgan farzandlari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olish va sogʻlomlashtirish xizmatlaridan bepul foydalanadi. Ularning barcha xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.

Mazkur farmonda, shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi taʼminlangan oilalar reyestri va Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oila aʼzolariga koʻrsatiladigan xizmatlar va yordamlarni muvofiqlashtiruvchi asosiy davlat organi etib belgilandi. Bu esa ijtimoiy xizmatlar tizimini yanada markazlashtirish va tizimli nazoratni taʼminlashga xizmat qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
27
0
xs.uz

Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Buxoro viloyatida oʻtgan yilda umumiy qiymati 42,3 trillion soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Sanoatning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 19,9 foizga, kichik biznesning sanoatdagi hissasi 41,2 foizga yetdi. Kimyo va neft, oziq-ovqat, yengil sanoat yoʻnalishlari yetakchi tarmoq vazifasini oʻtayapti. Joriy yil yakuniga borib, 48,6 trillion soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Bu oʻsish surʼati 105 foizni tashkil etishini an

18 Apr 11:07
 
77
0
xs.uz

2024-2025-oʻquv yilida oliy taʼlim bilan qamrab olinganlik darajasi qanday?

Ushbu yosh toifasidagi aholining oliy taʼlim bilan qamrov koʻrsatkichlari 2014-yilda 6,8 foiz, 2017-yilga kelib 8,3 foiz, 2020-yilda 18,7 foiz, 2022-yilda 36,6 foiz va 2024-yilda esa 47,7 foiz koʻrinishida boʻlgan.2024/2025 oʻquv yili boshidagi natijalar 2014-yil bilan solishtirilganda 40,9 % ga yuqoriroqdir.Taʼkidlash joiz, 2024-yilda respublikada oliy taʼlim muassasalari soni 211 tani tashkil etib, ulardan 112 tasi davlat, 30 tasi xorijiy va 69 ta nodavlat oliy taʼlim muassasalari ekan

15 Jun 20:14
 
23
0
xs.uz

Hisor geologiya ekspeditsiyasi 2025-yilda oltin va boshqa foydali qazilmalarni aniqlash boʻyicha faoliyatini kengaytirmoqda (+Fotoreportaj)

Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi Oʻzbekistonning janubiy hududlarida ' Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarining togʻli hududlarida geologik izlanishlar olib borib, foydali qazilmalar boʻyicha muhim natijalarga erishmoqda. Ekspeditsiya faoliyati davomida bir qancha maʼdanli va nomaʼdan konlar topilgan, ularning zaxiralari aniqlanib, Davlat zaxiralar balansiga topshirilgan. 2025-yil uchun jami 24 ta loyiha doirasida geologik qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda.Qash

01 Jun 03:47
 
99
0
xs.uz

Bir oyda isteʼmolchilarga cheklar uchun 105,6 mlrd soʻmdan ortiq keshbek toʻlandi

2025-yilning aprel oyida hududlar kesimida qancha fiskal chek roʻyxatdan oʻtkazilgani maʼlum qilindi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' Telegram kanali xabar qildi.Unga koʻra, aprel oyida 29-may holatiga koʻra isteʼmolchilarga 105,6 milliard soʻmdan ortiq keshbek toʻlangan. Bunda 112,2 million dona chek roʻyxatdan oʻtkazilgan.Maʼlumotlarga koʻra, toʻlangan keshbeklarning eng katta qismi Toshkent shahri (42,2 mlrd soʻm), Toshkent viloyati (11 mlrd soʻm), Samarqand viloyati (7,9 mlrd soʻ