Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16-fevraldagi '2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni html5-dom-document-internal-entity1-shy-endjadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga asosan Samarqandda beshta mikrogidroelektr stansiya qurilmoqda. Ulardan biri ' Pastdargʻom tumanida quvvati 760 kVt boʻlgan Mikro GES-3 foydalanishga topshirildi. Ayni paytda 'Oʻzbekgidrohtml5-dom-document-internal-entity1-shy-endenergo' aksiyadorlik jamiyatiga qarashli 'Samarqand GESlari kaskadi' filiali 8 ta katta GES, 10 ta mikro GESlardan iborat. Ularda 165 nafar malakali muhandis-xodimlar mehnat qilmoqda. Ishga tushirilgan 8 ta kichik gidroelektrostansiyalarning umumiy quvvati 69,9 megavattni tashkil etadi.
' Dargʻom kanalida qurilgan stansiyamizga oʻrnatilgan qurilmalar Xitoyning 'JINLUN' kompaniyasi tomonidan olib kelingan. Ular elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun qulay va samarali, ' deydi MikroGES-3 boshligʻi Azimjon Isroilov. ' Hozirda mazkur GES kuniga 15-18 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda. Bu 400 ta xonadonni elektr energiya bilan taʼminlashga yetadi.
Viloyatda dastur boʻyicha 107 ta kichik GES qurish koʻzda tutilgan boʻlib, ulardan 16 tasining loyiha hujjatlari tasdiqlangan. Aksariyat mikro GESlar Dargʻom kanalida quriladi. Ularning elektr ishlab chiqarish hajmi oʻrtacha 2 million kVt/soatni tashkil etadi. Kanalning Urgut tumani hududida ham toʻrtta mikro GES qurilishi davom etmoqda.
' Keyingi toʻrt yilda 5 ta mikro GES qurilib, foydahtml5-dom-document-internal-entity1-shy-endlanishga topshirilgan boʻlsa, joriy yilda 3 tasi oʻz faoliyatini boshladi, ' deydi 'Samarqand GESlar kaskadi' filiali direktori Baxtiyor Pirmuhammedov. ' Ayni paytda 2 ta mikro GESda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Tez orada ular ham foydalanishga topshirilgach, gidroelektrostansiyalarimizning jami quvvati 5,1 megavattga yetadi. Belgilangan dasturlar asosida tasdiqlangan 16 ta loyihaning 11 tasini xususiy mablagʻlar hisobiga amalga oshirish rejalashtirilgan.
' Oʻtgan yilda Toyloq tumanining Galabotir mahallasi hududida 'Shovdor' GES-3 qurildi, ' deydi mazkur GESning malakali muhandisi U.Mamatov. ' Quvvati 6,4 MVT boʻlgan gidrostansiyaning 2 ta kuchli qurilmalari Rossiyadan olib kelingan. Mazkur stansiya yiliga 32,5 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarilgan elektr energiyasi tumanning 10 dan ziyod mahallasida istiqomat qilayotgan 17 mingga yaqin aholi xonadonlarini charogʻon etmoqda. Avtomatlashtirilgan zamonaviy qurilma va gidrogeneratorlar ishlatishga juda qulay, eski GESlardan butunlay farq qiladi.
Mikro GESlar elektr energiyasi ishlab chiqarishda samaradorligi va sarflangan mablagʻni tezda qoplashi bilan oʻzini oqlagan. Shu sabab yurtimizda ularning sonini koʻpaytirish hamda ularga ketadigan qurilmalarni mahalliylashtirgan holda ishlab chiqarish uchun davlatimiz, xususan, 'Oʻzbekgidroenergo' AJ tomonidan salmoqli mablagʻ sarflanmoqda. Bu ishlar amalga oshadigan boʻlsa, suv sarfi kam boʻlgan daryo va kanallarda ham bunday kichik loyihalarning soni koʻpayadi. Natijada aholini uzluksiz elektr bilan taʼminlashga imkoniyat yaratiladi.
Bugun havo harorati 42 darajagacha koʻtariladi
'Oʻzgidromet' 15-iyun kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-23html5-dom-document-internal-entity1-deg-end, kunduzi 36-38html5-dom-document-internal-entity1-deg-end boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
“Oltin ilinji”dagi zavod xodimlarining noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi
'Oltin ilinji' nomi bilan tanilgan ushbu zavodda ishlovchi ikki nafar smena ustasi va bir nafar boʻlinma aparatchisi oldindan til biriktirib, yirik hajmdagi oltinni yashirish orqali talon-toroj qilishni rejalashtirgan.Ular ogʻirligi 2,5 kilogramm boʻlgan, tarkibida katta miqdorda oltin moddasi mavjud boʻlgan yarim tayyor mahsulotni zavod ichidagi havo tozalash quvuriga yashirib qoʻyishgan. Tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu harakatlar fosh qilinib, huquq-tartibot idoralari tomonidan da
Parkentda uch nafar bolaning suvda halok boʻlishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuz bergan qaygʻuli holat ' uch nafar voyaga yetmagan bolaning suv havzasida choʻkib vafot etishi jamoatchilikda katta tashvish uygʻotdi. Mazkur voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borildi va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ' axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi bu haqda rasmiy maʼlumot berdi.Tekshirish jarayonida maʼlum bo
Taksi faoliyatiga qoʻyilgan hududiy cheklov Konstitutsiyaga zid — Xalq demokratik partiyasi
Oʻzbekistonda yoʻnalishsiz taksi faoliyatiga qoʻyilgan hududiy cheklovlar keng jamoatchilik muhokamalariga sabab boʻlmoqda. Unga koʻra, endilikda har bir haydovchi oʻz hududida va unga tutash hududda taksi faoliyatini amalga oshirishi belgilangan.Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi yoʻnalishsiz taksi faoliyatiga qoʻyilgan hududiy cheklovlar Konstitutsiyaga zid ekanini taʼkidlab, holat boʻyicha transport vaziridan rasmiy tushuntirish soʻrab soʻrov yuborgan. Bu haqida XDPning rasmiy