Taksi faoliyatiga qoʻyilgan hududiy cheklov Konstitutsiyaga zid — Xalq demokratik partiyasi

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi yoʻnalishsiz taksi faoliyatiga qoʻyilgan hududiy cheklovlar Konstitutsiyaga zid ekanini taʼkidlab, holat boʻyicha transport vaziridan rasmiy tushuntirish soʻrab soʻrov yuborgan. Bu haqida XDPning rasmiy Telegram-kanalida maʼlum qilindi.
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi ushbu cheklov Oʻzbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan Konstitutsiyasining 67-moddasida belgilangan talabiga zid kelishini maʼlum qilgan.
'Konstitutsiyamizga muvofiq, davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.
Yoʻnalishsiz taksi faoliyati bilan bogʻliq joriy qilingan cheklov turli noqonuniy faoliyatlarni boshlanishiga, ularni erkin mehnat faoliyatini olib borishga toʻsqinlik qilishga, eng asosiysi fuqarolarimizni konstitutsiyaviy huquqlarini cheklanishiga olib keladi','' deyiladi XDP xabarida.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasiga koʻra, har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga egaligi nazarda tutilgan.
Yoʻnalishsiz taksi faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolarimiz oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida ishsizlikdan himoyalanish huquqidan foydalangan hisoblanadi. Bunday shaxslar qonunlarda belgilangan tartibda tegishli litsenziya olib, tegishli soliqlarni toʻlagan holda toʻliq qonuniy faoliyat yuritib kelmoqda.
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yuqoridagilardan kelib chiqib, yoʻnalishsiz taksilar boʻyicha cheklov joriy qilishga hech qanday huquqiy asoslar yoʻqligini, aksincha, konstitutsiyaviy meʼyorlarga zid kelayotgan jihatlari yaqqol koʻrinib turganini taʼkidlagan.
Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi
Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a
Qashqadaryoda soxta profilaktika inspektori qoʻlga olindi
Maʼlum boʻlishicha, Qarshi shahrida yashovchi shaxs oʻzini hududiy profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqaroga uning ustidan ariza tushganligi hamda qoʻlida turli foto va videotasvirlar borligini aytib uni boʻlimga chaqirgan.Ayol borolmasligini maʼlum qilgach ushbu shaxs ayoldan ishini hal qilib berishi uchun 500 dollar talab qilgan.Uning soʻzlariga ishongan ayol shaxsiy maʼlumotlari oshkor boʻlmasligi uchun soxta profilaktika inspektorining plastik kartasiga pullarni oʻtkazib be
Қурилиш компанияси фуқарога вақтида топширилмаган уй пулини қайтарди
Тошкент шаҳар Яшнобод туманидаги кўп квартирали уйлардан хонадон харид қилган фуқарога уй вақтида топширилмагани сабабли қилинган тўлов қайтарилди. Бу ҳақда Рақобат қўмитаси хабар қилди.Унга кўра, харидор аввалдан уй учун 387 миллион сўм тўлов қилган, аммо бир йилу уч ой ў
Dam olish kunlari havo harorati asta-sekin koʻtariladi
'Oʻzgidromet' agentligi 30-31-may va 1-iyun kunlari respublika hududida qanday ob-ha kuzatilishini'maʼlum qildi.Unga koʻra, dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida ertaga, 31-iyun kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati shanba kuni 28-31 darajagacha, yakshanba kuni 32-35 darajagacha asta-sekin koʻtariladi.Ushbu kunlarda respublika shimolida, janubida va choʻl hududl