Ayol borolmasligini maʼlum qilgach ushbu shaxs ayoldan ishini hal qilib berishi uchun 500 dollar talab qilgan.
Uning soʻzlariga ishongan ayol shaxsiy maʼlumotlari oshkor boʻlmasligi uchun soxta profilaktika inspektorining plastik kartasiga pullarni oʻtkazib bergan.
Firibgar esa yana 1,5 million soʻm talab qilib, ushbu pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi 'v' bandi (tovlamachilik bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Avvalroq Fargʻona viloyatida bank masʼullari va hokim yordamchilarining qingʻir ishlari fosh boʻlgani haqida xabar qilgan edik. Unda 'Xalq banki'ning Oʻzbekiston bank xizmatlari markazida ishlovchi mahalla bankiri mazkur markaz boshqaruvchisi oʻrinbosari bilan oʻzaro til biriktirib, 2 nafar fuqaro nomiga 66 million soʻm kredit ajratib berish evaziga 10 million soʻm talab qilgan.
Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga yuz bergan aviahalokat yuzasidan taʼziya maktubi yoʻlladi
Davlatimiz rahbari qurbon boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.Eslatib oʻtamiz, bugun Hindistonning 'Air India' aviakompaniyasiga tegishli 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadobod shahridan havoga koʻtarilganidan biroz oʻtib halokatga uchradi. Fojia yuz bergan vaqta havo kemasi bortida 242 kishi boʻlgan.Kapitan halokatdan oldin Havo harakatini boshqarish boʻlimiga qo
Yoshlarning “yashil” tashabbuslari butunjahon ekofaollari eʼtiborida
Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Ekologiya himoyasiga oid tashabbuslar, xususan, yoshlarning fikr va takliflarini qoʻllab-quvvatlash bugungi kunning ushbu yoʻnalishdagi bir qator muammolariga yechim topishda yaqindan koʻmaklashishi bilan alohida diqqatga sazovor. Boisi tabiatni muhofaza qilish inson salomatligi, ertangi kuni, sogʻlom kelajagi uchun bevosita taʼsir koʻrsatadi. Shu maʼnoda, mamlakatimizda 2025-yil ' Atrof-muhitni asrash va 'yashil' iqtisodiyot yili deya eʼlon qilingani b
Yozyovonda parvarishlangan atirgullar eksport qilinadi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Yozyovon tumanida soʻnggi yillarda turli mevali va manzarali koʻchatlar yetishtirish, gulchilik sohasida oʻziga xos tajriba maktabi yaratilmoqda.Ayni jarayonda yer ilmi mirishkorlariga qoʻshni Quva tumani tajribasi qoʻl kelmoqda. Xususan, 'Ziynatbonu' fermer xoʻjaligining 30 sotix maydonida quvalik bogʻbon Vohidjon Isaqov bilan hamkorlikda 35 ming tup atirgul koʻchatlari yetishtirildi. Ayni kunlarda atirgulchilik plantatsiyasida gullar chaman boʻlib ochili
Buxorodagi “chigirtkalar bosqini” yuzasidan mahtml5-dom-document-internal-entity2-039-endlumot berildi
Buxoro viloyatining ayrim hududlariga minglab chigirtkalar yopirilgani toʻgʻrisidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan FVV matbuot xizmati maʼlumot berdi.Unga koʻra, viloyat hududida zararli chigirtkalar tarqalganligi boʻyicha viloyat FVBga xabar kelib tushgan.Shunga asosan, viloyat FVB, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar voqea joyiga yetib borib, hududlarda 15 ta maxsus texnika yordamida kimyoviy ishlov berish amaliyoti bajarilgan.