calendar 17 May 21:46
eye 23
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yoshlarning “yashil” tashabbuslari butunjahon ekofaollari eʼtiborida

image
Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Ekologiya himoyasiga oid tashabbuslar, xususan, yoshlarning fikr va takliflarini qoʻllab-quvvatlash bugungi kunning ushbu yoʻnalishdagi bir qator muammolariga yechim topishda yaqindan koʻmaklashishi bilan alohida diqqatga sazovor. Boisi tabiatni muhofaza qilish inson salomatligi, ertangi kuni, sogʻlom kelajagi uchun bevosita taʼsir koʻrsatadi. Shu maʼnoda, mamlakatimizda 2025-yil ' Atrof-muhitni asrash va 'yashil' iqtisodiyot yili deya eʼlon qilingani bejiz emas.

Ushbu yoʻnalishda koʻplab davlat tashkilot va idoralari qatorida Yoshlar ishlari agentligi ham xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirib borayotganini alohida eʼtirof etish joiz. Xabaringiz bor, yaqinda Oʻzbekiston delegatsiyasi Amerika Qoʻshma Shtatlariga borib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yoshlar forumida ishtirok etgandi. Forum doirasida BMT Yoshlar ofisi rahbari Felipe Paulliyer bilan uchrashuv oʻtkazilib, u Orolboʻyi mintaqasida boʻlib oʻtgan Raqamli 'yashil' tashabbuslar Global yoshlar festivalida ishtirok etishini maʼlum qilgandi. Ayni kunlarda Felipe Paulliyer mamlakatimizda bir qator uchrashuvlarda ishtirok etmoqda. Xususan, kuni kecha Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev va BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori Sabina Mahl bilan uchrashuvda mamlakatimizdagi yoshlar yetakchilari tizimi, yoshlarga doir islohotlarni xalqaro maydonga olib chiqish, xususan, BMTning boshqa tuzilmalari orqali Oʻzbekiston tajribasini global miqyosda yoyish boʻyicha fikr-mulohazalar bildirildi.



Umuman olganda, bunday uchrashuvlar nafaqat yoshlarning tashabbuslari amalga oshishiga koʻmak berishi, balki xalqaro aloqalar rivojlanishiga ham keng imkoniyat yaratishi bilan ahamiyatlidir.

Tabiatga eʼtibor ' salomatlikka eʼtibor

Bir qator tadbirlar doirasida Toshkent shahrida Xalqaro iqlim kuni munosabati bilan ilk bor 'Raqamli yashil tashabbuslar' Global yoshlar festivaliga start berildi. Mazkur nufuzli forum Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilgan boʻlib, u 2024-yilda Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan COP29 ' BMT Iqlim oʻzgarishlari konferensiyasida eʼlon qilingandi.

Mazkur xalqaro tadbir poytaxtimizda joylashgan Yapon bogʻida eko-koʻrgazma va ekologik loyihalar taqdimoti bilan boshlandi. Unda yoshlar tomonidan yaratgan bir qator eko-ishlanmalar haqida maʼlumot berilib, ular nafaqat energiyani tejashi, ish samaradorligi va sifatini oshirishi, balki salomatlikka ham foydali ekani taʼkidlandi. Bir soʻz bilan aytganda, ushbu tadbir ekologik innovatsiyalar laboratoriyasiga aylandi.

Anjuman davomida 'Zamin' fondi direktori Ziroatxon Mirziyoyeva bilan birgalikda daraxt ekish marosimining oʻtkazilishi esa yoshlarda tabiatga eʼtiborini yanada kuchaytirdi, desak, mubolagʻa emas.



'Raqamli yashil tashabbuslar' Global yoshlar festivali ochilish marosimida BMT Yoshlar ofisi rahbari Felipe Paulliyer, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Saʼdullayev, Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, shuningdek, COP29 Yoshlar elchisi Leyla Hasanova hamda boshqa xalqaro mehmonlar ishtirok etdi.

BMTning Taraqqiyot dasturi, Islom hamkorligi yoshlar forumi, bir qator xalqaro ekologik tashkilotlar, xorijiy davlatlar va Oʻzbekistonning tegishli vazirlik hamda idoralari hamkorligida tashkil etilgan mazkur festival doirasidagi tadbirlar Toshkent va Nukus shaharlari hamda Moʻynoq tumanida boʻlib oʻtdi.

Yoshlar xalqaro ekofaollar bilan yuzma-yuz

Butunjahon eko-faollari va innovator yoshlarni bir maqsad ostida birlashtirgan mazkur keng koʻlamli tadbirdan koʻzlangan maqsad ' yoshlarning iqlim oʻzgarishiga oid bilim va koʻnikmalarini oshirish, ularni innovatsion yechimlar orqali Orolboʻyi mintaqasini tiklashga jalb qilish, raqamli texnologiya va sunʼiy intellekt orqali barqaror kelajakni yaratishga undashdan iborat.

Bugungi kunda global iqlim oʻzgarishi butun dunyoda dolzarb muammoga aylangani hech kimga sir emas. Shu maʼnoda, bu jarayonda yoshlarning ekologik ongi, raqamli koʻnikmalari, zamonaviy yondashuvi hamda iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashda faol ishtirokchi va tashabbuskor boʻlishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Yaqinda yoshlarning taklif va tashabbuslari asosida Markaziy Osiyo, Vengriya, Ozarbayjon hamda Turkiya davlatlari oʻrtasida 'Barqaror rivojlanish madaniyatini targʻib qilish va bolalar hamda yoshlarni iqlim masalalari boʻyicha kun tartibiga jalb qilish' boʻyicha xalqaro strategiya imzolangandi.



Shundan soʻng, ushbu mamlakatlar yosh eko-faollari, Yoshlar, taʼlim, ekologiya vazirlari, olimlar, tadbirkorlar, soha mutaxassislaridan iborat xalqaro Konsultativ qoʻmita tuzilib, dunyo yosh eko-faollarini birlashtiruvchi raqamli platforma ishga tushirildi, shuningdek, yurtimizda Butunjahon yoshlar ofisi oʻz faoliyatini boshladi.

Ayni kunlarda boʻlib oʻtayotgan festival ham sohadagi tizimli ishlarning mantiqiy davomidir. Unda 30 dan ortiq mamlakatdan 100 ga yaqin xorijlik navqiron avlod vakillari va yoshlar tashkilotlari rahbarlari ishtirok etmoqda, shuningdek, jarayonlarni barcha hududlardan kelgan yoshlar, soha mutaxassislari, volontyorlar ham kuzatib borishmoqda.

Yoshlarning eko-innovatsiyalari moliyalashtiriladimi?

Festival doirasidagi yalpi sessiyalar davomida 'Innovatsion ekologik yechimlar', 'Orol dengizini asrashda yoshlar ishtiroki', 'Yoshlarning raqamli 'yashil' tashabbuslari' kabi dolzarb mavzularda maʼruzalar tinglandi. Shuningdek, 'Green Spark' startaplar tanlovi, 'Yoshlar va iqlim' xalqaro ekologik loyihalar tanlovi, yoshlar uchun COP formatida simulyatsion muloqot, koʻrgazma va taqdimotlar oʻtkazildi.

' Taqdimot va chiqishlarni kuzatib menda juda koʻp umidlar paydo boʻldi, ' deydi BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Akiko Fuji. ' Oʻzbek yoshlarining ekologiya boʻyicha tanlov qilishdagi qarorlari tabiat uchun foydali. Afsuski, Oʻzbekistonda bir nechta ekologik muammolar mavjud. Biz buni birgalikda oldini olishga harakat qilyapmiz va agar hozir harakatni boshlasak yaqin kelajakda tabiat yana tiklanadi.



Festival yakunida yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan ekologik loyihalar davlat idoralari va investorlarga taqdim etilishi, moliyalashtirish uchun takliflar kiritilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, mintaqadagi suv resurslarini saqlash, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashga oid murojaat eʼlon qilinadi. Bu orqali esa yoshlar oʻrtasida iqlim muammolarini hal etishda yetakchilik salohiyati, bilim va koʻnikmalarni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan global platforma yaratilishi maqsad qilingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
4
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni bir qator muhim hujjatlarni imzoladi

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.Ular huzurida tashrif doirasida imzolangan, jumladan:Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, 'SIMEST' va 'Danieli' kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imz

12 Apr 21:15
 
63
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Global o‘zgarishlar instituti rahbarini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-aprel kuni Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri, Global o'zgarishlar instituti raisi Toni Blerni qabul qildi.O'zbekistonning ushbu nufuzli tuzilma bilan amaliy hamkorligini rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi.Toni Bler Yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi va ko'lamini yuksak baholadi, ularni yanada ilgari surish doirasida zarur ekspert-maslahat ko'magini ko'rsatishga tayyorligini bil

31 May 08:49
 
18
0
xs.uz

MIB tizimidagi davlat ijrochilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmi ishlab chiqildi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 19-may kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yangi nizomga koʻra, davlat ijrochilari va davlat ijrochisi maqomiga ega boʻlgan xodimlar ijro yigʻimi hisobidan moddiy ragʻbatlantiriladi.Ushbu nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tizimidagi davlat ijrochilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini belgilab beradi.Nizomga muvofiq, moddiy ragʻbatlantirishning aniq miqdori Ijro ishi yuri

13 May 14:37
 
24
0
xs.uz

Sloveniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Alenka Suxadolnik Sloveniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegram kanalida'maʼlum qildi.TIV rahbarining yozishicha, bugun, 12-may kuni u yangi tayinlangan еlchi Alenka Suxadolnikdan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.'Uning ushbu lavozimga tayinlanishi mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish yoʻlida xizmat qilishiga ishonamiz. Hech shubhasiz, hamkorligimizni yana