Ayni jarayonda yer ilmi mirishkorlariga qoʻshni Quva tumani tajribasi qoʻl kelmoqda. Xususan, 'Ziynatbonu' fermer xoʻjaligining 30 sotix maydonida quvalik bogʻbon Vohidjon Isaqov bilan hamkorlikda 35 ming tup atirgul koʻchatlari yetishtirildi. Ayni kunlarda atirgulchilik plantatsiyasida gullar chaman boʻlib ochilib, xaridorlarga muntazir.
' Bu yil tajriba tariqasida jahon bozorida xaridorgir boʻlgan qariyb 20 navdagi atirgul koʻchatlari yetishtirildi, ' deydi V. Isaqov. ' Astoydil qilingan mehnat samarasi sifatida atirgul koʻchatlari sotishga tayyor boʻldi. Hozirda har bir atirgul koʻchatini 3 ming soʻmdan Rossiyaga eksport qilish boʻyicha shartnomamiz bor.
Aytish joiz, Yozyovon tuman hokimligi aynan gulchilik sohasini rivojlantirish uchun istiqbolli biznes-loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor. Shu maqsadda mahallalar kesimida tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilib, aholi tomorqalarida gulchilik tarmogʻini kengaytirish koʻzda tutilmoqda.
' Yoshlar uchun ajratib berilayotgan yer maydonlarida ham bunday loyihalarni amalga oshirish gʻoyatda samaralidir, ' deydi Yozyovon tumani hokimi oʻrinbosari Sheroz Mirzaliyev. ' Buning uchun lider tadbirkorlar jalb etilib, yerni ekishga tayyorlash, sifatli urugʻ va koʻchat yetkazib berish, agrotexnik ishlov berishgacha boʻlgan barcha jarayonda koʻmaklashiladi.
Eng muhimi va asosiysi, atirgul koʻchatlarini ichki bozorga sotish va eksport qilish borasidagi ishlar toʻliq tizimli ravishda tashkil etiladi.
Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat toʻliq stavkada faoliyat yuritadi
Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Endi oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari va ularga biriktirilgan muassasalar, shu jumladan mahalla tibbiyot punktlari, xizmat koʻrsatayotgan aholi sonidan kelib chiqqan holda yuridik maqomga ega oilaviy poliklin
Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi
Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishning zamonaviy, samarali va xalqchil tizimini joriy etish maqsadida sogʻliqni saqlash sohasini tubdan takomillashtirish koʻzda tutilgan. Farmonda belgilangan asosiy maqsadlard
MIB tizimidagi davlat ijrochilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmi ishlab chiqildi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 19-may kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yangi nizomga koʻra, davlat ijrochilari va davlat ijrochisi maqomiga ega boʻlgan xodimlar ijro yigʻimi hisobidan moddiy ragʻbatlantiriladi.Ushbu nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tizimidagi davlat ijrochilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini belgilab beradi.Nizomga muvofiq, moddiy ragʻbatlantirishning aniq miqdori Ijro ishi yuri
Endi nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi
'Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish toʻgʻrisida'gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya taʼminotiga oid hamda AT 'Xalq banki' tomonidan pensiyalarni na