Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi

Farmonga koʻra, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishning zamonaviy, samarali va xalqchil tizimini joriy etish maqsadida sogʻliqni saqlash sohasini tubdan takomillashtirish koʻzda tutilgan. Farmonda belgilangan asosiy maqsadlardan biri ' xalqaro tajribalarga asoslangan holda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning yangi modelini joriy etishdir.
Yangi tizimni joriy etishda oilaviy shifokorlar faoliyatini kengaytirish muhim oʻrin tutadi. Jumladan, tibbiy yordam koʻrsatishda oilaviy shifokorlar ulushini 70 foizga yetkazish maqsad qilingan.
Shu bilan birga, tibbiyot xodimlari yuklamasini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ham belgilangan. Xususan, tibbiyot sohasini raqamlashtirish, qogʻozbozlikni qisqartirish orqali shifokorlarning ortiqcha byurokratik ishlardan xoli boʻlishi taʼminlanadi. Bunda ish yuklamasini taxminan 30 foizgacha kamaytirish nazarda tutilmoqda.
Farmonga asosan, 2025-yil 1-iyuldan boshlab belgilangan tuman va shaharlarda yangi model tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi. 2026-yil 1-yanvardan esa ushbu tajriba Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlarida kengaytiriladi. Bu orqali yangi modelning samaradorligi amalda sinovdan oʻtkaziladi va kelgusida butun mamlakat boʻylab joriy etilishiga zamin yaratiladi.
Tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman va shahar tibbiyot birlashmalari negizida yangi tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari tashkil etiladi. Bu tuzilmalar mahalliy darajada tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, tizimli boshqaruvni yoʻlga qoʻyish va aholi ehtiyojlariga mos ravishda xizmat koʻrsatish imkonini yaratadi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuv avvalida yuksak martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalala
Tersak mahallasiga “turizm qishlogʻi” sertifikati topshirildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Urgut tumanida 'Tersak' turizm qishlogʻining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi raisi Ulugʻbek Shodiyev, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Taxtaqoracha dovoni yoqasida, togʻlar bagʻrida joylashgan 'Tersak' qishlogʻi zamonaviy infratuzilma hamda milliy anʼanalar uygʻunlashgan manzil sifatida mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun jozibador maska
Odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi oʻzgartirishlarga koʻra, odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun belgilangan jazolar kuchaytirildi. Bu oʻzgartirishlar 2025-yil 19-may kuni qabul qilingan 'Odam savdosi jinoyati uchun jazoni kuchaytirish toʻgʻrisida'gi qonun bilan amalga oshirildi.Yangi tahrirga binoan, Jinoyat kodeksining 135-moddasida odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlar asosida yoki jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qoʻygan,
Oʻzbekistonning Norvegiyadagi yangi tayinlangan elchisi Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi
15-may kuni Oʻzbekistonning Norvegiyadagi yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nurimbetov ushbu mamlakat Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Rasmiy marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston va Norvegiya oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga