calendar 17 May 21:46
eye 23
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi

image
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuksak martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.

O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko'rib chiqildi.

Turli darajalarda faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. O'zaro savdo va investitsiyalar hajmi, qo'shma korxonalar soni, aviaqatnovlar ko'paymoqda.

Bugun Toshkent shahrida o'tgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig'ilishi, biznes muloqoti va ko'rgazmaning samarali natijalari yuksak baholandi.

Tovar ayirboshlashni, shu jumladan Imtiyozli savdo to'g'risidagi bitim doirasida tovarlar nomenklaturasini kengaytirish orqali yanada ko'paytirish bo'yicha o'zaro muvofiqlashgan choralar ko'rish muhim ekani ta'kidlandi.

Innovatsiyalar, energetika, sanoat, farmatsevtika, to'qimachilik, turizm, ta'lim va boshqa sohalarda qo'shma loyihalarni ilgari surish, kooperatsiya loyihalarining yangi portfeli va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini shakllantirish zarurligi ta'kidlandi.

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig'ilishi kun tartibini tayyorlashga alohida e'tibor qaratildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:47
 
4
0
xs.uz

Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi

Joriy yilning 27-may kuni Vazirlar Mahkamasining 'Oʻzbekiston Respublikasining 'Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida'gi Qonunini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida'gi 330-son qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Norma''xabar berdi.Hujjat bilan Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

31 May 08:49
 
6
0
xs.uz

Oʻzbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida qanday fikrlarni ilgari surdi?

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitidagi nutqiHurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Sammitni yuksak darajada tashkil etgani va an'anaviy mehmondo'stlik uchun Qozog'iston Respublikasi Prezidenti, hurmatli Qosim-Jomart Kemelovich Toqayev sha'niga aytilgan minnatdorlik so'zlariga qo'shilaman.Italiya Vazirlar Kengashi Raisi, hurmatli Jorjia Meloni xonimga bugungi uchrashuvni tashkil etish haqidagi tashabbusi uchun yana bir bor tashakkur izhor eta

17 May 21:46
 
23
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuv avvalida yuksak martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalala

04 Apr 16:19
 
62
0
xs.uz

Xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlari yigʻilishida masofadan ishtirok etish tartibi yangilanadi

Bu nizom aksiyadorlik jamiyatlari hamda masʼuliyati cheklangan jamiyatlar uchun moʻljallangan boʻlib, raqamli imkoniyatlar orqali ishtirokni yanada osonlashtirishga qaratilgan.Nizomda jamiyatlar tomonidan yigʻilish haqidagi xabarda masofaviy ishtirok etish va ovoz berish tartibi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar keltirilishi shartligi belgilangan. Jumladan, yigʻilishda foydalaniladigan onlayn platforma nomi, unga kirish havolasi, identifikatsiyadan oʻtish uchun talab qilinadigan maʼlumotlar