Tersak mahallasiga “turizm qishlogʻi” sertifikati topshirildi

Taxtaqoracha dovoni yoqasida, togʻlar bagʻrida joylashgan 'Tersak' qishlogʻi zamonaviy infratuzilma hamda milliy anʼanalar uygʻunlashgan manzil sifatida mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun jozibador maskanga aylanmoqda.
2021-yilda 'Turizm qishlogʻi' maqomi berilgan ushbu hududda infratuzilmani yaxshilash, mehmon uylarini tashkil etish, har bir xonadonni sayyohlarni qabul qilishga moslashtirish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi. Ayni vaqtda qishloqda 32 ta mehmon uyi faoliyat yuritmoqda, milliy taomlar taklif qilinadigan oshxonalar ishga tushirilgan.
2023-yili 'Tersak'ga 10 ming nafar xorijiy va 25 ming mahalliy sayyoh tashrif buyurgan. Joriy yilda bu koʻrsatkich yanada ortishi kutilmoqda. Shu maqsadda qoʻshimcha dam olish maskanlari, yangi mehmon uylari tashkil etilmoqda, sayyohlar uchun qulayliklar kengaytirilmoqda.
Tadbir doirasida Tersak mahallasiga 'Turizm qishlogʻi' maqomi sertifikati topshirildi. Shuningdek, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan bir qator tadbirkorlarga ham sertifikatlar taqdim etildi. Bu ularning mehnatini qadrlash va sohani rivojlantirishdagi hissasini eʼtirof etish maqsadida amalga oshirildi.
'Tersak'ning rasmiy ochilishi Urgut tumani va butun viloyat turizm salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi muhim qadamlardan biri sifatida eʼtirof etilmoqda.
Voyaga yetmaganlarga bank kartalari ochish boʻyicha talablar belgilanmoqda
Shavkat Mirziyoyevning 'Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi 153-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qaror bilan, Oʻzbekistonda voyaga yetmagan shaxslar nomiga bank kartalarini ochish va ularning moliyaviy amaliyotlarini nazorat qilish masalalari boʻyicha yangi tartib-taomillar joriy etilmoqda. Hukumat qaroriga muvofiq, endilikda voyaga
Oʻzbekistonning Norvegiyadagi yangi tayinlangan elchisi Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi
15-may kuni Oʻzbekistonning Norvegiyadagi yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nurimbetov ushbu mamlakat Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Rasmiy marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston va Norvegiya oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga
Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, qardosh Qozogʻiston xalqining farovonligi va ravnaqi yoʻlidagi masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuv avvalida yuksak martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalala