1. 2025-yilda muborak Qurbon hayitining birinchi kuni'6-iyun ' juma'kuniga to'g'ri kelishi to'g'risida O'zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma'lumot uchun qabul qilinib, mamlakatimizda'6-iyun Qurbon hayiti bayrami'sifatida keng nishonlansin.
2. Aholining Qurbon hayiti bayramini munosib o'tkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2025-yil'7-iyun (shanba)'kuni olti kunlik ish haftasi tartibi bo'yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni etib belgilansin.
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Qurbon hayitini xalqimizning'milliy an'ana va urf-odatlariga uyg'un holda'o'tkazish bo'yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
4. Turizm qo'mitasi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun Qurbon hayiti kunlarida'mo'tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish'maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratsin.
5. O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O'zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan bog'liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.'Aripov va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.Q.'Davletov zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.'Mirziyoyev
Mahsuloti xorijnikidan qolishmaydigan korxona
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan qulay sharoit tufayli mahalliylashtirish orqali import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish koʻlami ortdi. Bu ichki bozordan ortinib, xorijga eksport salohiyatini kengaytirish imkonini bermoqda. Joriy yilda Andijon viloyatidagi 400 ga yaqin eksportchi korxonalar tomonidan 149,4 mln. AQSH dollariga teng qiymatdagi mahsulot eksport qilindi. Bunda Jalaquduq tumanidagi 'SPZ-Bearings' Oʻzbekiston-Ro
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuv avvalida yuksak martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalala
Tersak mahallasiga “turizm qishlogʻi” sertifikati topshirildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Urgut tumanida 'Tersak' turizm qishlogʻining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi raisi Ulugʻbek Shodiyev, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Taxtaqoracha dovoni yoqasida, togʻlar bagʻrida joylashgan 'Tersak' qishlogʻi zamonaviy infratuzilma hamda milliy anʼanalar uygʻunlashgan manzil sifatida mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun jozibador maska
Oʻzbekistonning Norvegiyadagi yangi tayinlangan elchisi Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi
15-may kuni Oʻzbekistonning Norvegiyadagi yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nurimbetov ushbu mamlakat Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Rasmiy marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston va Norvegiya oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga