calendar 04 Apr 16:18
eye 40
comments 0
comments Manba: xs.uz

Mahsuloti xorijnikidan qolishmaydigan korxona

image
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan qulay sharoit tufayli mahalliylashtirish orqali import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish koʻlami ortdi. Bu ichki bozordan ortinib, xorijga eksport salohiyatini kengaytirish imkonini bermoqda. Joriy yilda Andijon viloyatidagi 400 ga yaqin eksportchi korxonalar tomonidan 149,4 mln. AQSH dollariga teng qiymatdagi mahsulot eksport qilindi. Bunda Jalaquduq tumanidagi 'SPZ-Bearings' Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasining hissasi beqiyos.

1987-yildan buyon faoliyat olib borayotgan ushbu korxona temir yoʻl va avtotransport vositalari uchun zaruriy ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Respublikamizda tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan qulay sharoit natijasida oʻtgan yilda korxonaga zamonaviy texnik vositalar olib kelindi.



' Soʻnggi yillarda ishlab chiqarish korxonalari uchun katta imkoniyatlar yaratildi, ' deydi bosh muhandis Xayrullo Abdurahmonov. ' Natijada boj toʻlovi, qoʻshimcha soliq qiymatidan iqtisod qilingan mablagʻ tufayli 2024-yilda Xitoy davlatidan 11 mln. AQSH dollari qiymatidagi eng soʻnggi rusumli dastgohlar olib kelindi. Shundan soʻng mahsulot turini koʻpaytirishga erishdik. Hozirda 100 turdan ziyod podshipnik, 8 turdagi boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Qolaversa, ishlab chiqarish quvvati ikki baravarga oshib, bir kunda 50-60 ming dona mahsulot tayyorlanmoqda.

200 nafar ishchilarning samarali mehnatlari tufayli tayyorlanayotgan mahsulot ichki ehtiyojni toʻliq qondirib, Rossiya, Moldova, Gruziya, Qozogʻiston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda. Jumladan, 2024-yilda eksport qiymati 10 mln. dollarni tashkil etdi.



' Korxonamiz respublikamizdagi raqobatchisi mavjud boʻlmagan yagona ishlab chiqarish obyekti ekanligi bilangina emas, balki, mahsuloti xorijnikidan qolishmasligi bilan ham ahamiyatlidir, ' deydi korxona bosh muhandisi Xayrullo Abdurahmonov. ' Bunga sabab, oʻlchov birligidagi tengsiz jarayonlarning amalga oshirilishidir. Masalan, korxonamizdagi dastgohlar orqali 1 mm.dan iborat qalinlikni mingta boʻlakka boʻlish imkoni mavjud. Buni tasavvurga sigʻdirishning oʻzi imkonsizdek tuyulsa-da, biroq, korxonamiz ana shu jarayonga asoslangan. Buning natijasida dunyodagi eng yirik korxonalar bilan raqobatlasha olish darajasiga yetib keldik. Oddiy misol, biz ishlab chiqarayotgan podshipniklar Germaniya va Shvetsiya davlatlarida tayyorlangan mahsulotlar kabi 6-8 yillik kafolatga ega. Bu degani bitta podshipnik 800 ming km. masofani bosib oʻtish quvvatiga ega.

Korxonaning kelgusi rejalari ulkan. Joriy yilning oʻzida Yevropa bozorlariga kirib borish, buning uchun mahsulot turini koʻpaytirib, sifatini yanada yaxshilash boʻyicha yangi loyihalar ishlab chiqilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
46
0
xs.uz

Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh

12 Apr 21:15
 
18
0
xs.uz

Oʻzbekiston Fransiyadan 14 ta yangi “Airbus” samolyotini xarid qiladi

Bu borada elchilarimiz ishtirokida boshqa davlatlarda ham targʻibot ishlarini faollashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.Masalan, Xitoyning eng olis provinsiyalari, Gonkongdan ham sayyohlar kelishni boshladi. Yoki, Polshaga aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilgani uchun ushbu mamlakatdan sayyohlar 7 karra oshdi, butun Sharqiy Yevropadan turist olib kelish imkoni paydo boʻldi.Fransiyaga tashrifda 14 ta yangi zamonaviy 'Airbus' samolyotini xarid qilish, yana 5 tasini ijaraga olishga kelishildi, 'Boei

24 Mar 13:25
 
35
0
xs.uz

Maktab muammosiga homiylik yoʻli bilan yechim topildi

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Buxoro tumanidagi sport zaliga ega boʻlmagan umumtaʼlim maktablari soni bittaga qisqardi. Navroʻz ayyomi kunlarida Arabxona mahallasida joylashgan 19-sonli maktabda zamonaviy sport inshooti qurilib foydalanishga topshirildi.Sportning basketbol, voleybol, kurash kabi ommabop turlari bilan qishin-yozin shugʻullanish imkonini beradigan mazkur maskan tumandagi 'AKSA Enerji Bukhara' xorijiy korxonasi tomonidan barpo etildi. Shu tariqa maktab jamoasining koʻp yillik

22 Mar 08:54
 
59
0
xs.uz

Xiva: Ichan qal’a – tarix va zamon ko‘zgusi

Xiva ' ming yillar bag'rida sayqallangan tarixiy shahar. Uning yuragi bo'lmish Ichan qal'a esa betakror me'moriy yodgorliklari bilan bugun ham o'z maftunkorligini yo'qotmagan. Ushbu qadimiy qal'a nafaqat O'zbekiston, balki butun jahon madaniy merosining durdonalaridan biri sifatida e'tirof etiladi.Ichan qal'a devorlari ichida qad ko'targan madrasalar, masjidlar va minoralar ko'hna shon-sharafdan so'zlaydi. Ko'hna yo'laklardan yurib, Muhammad Aminxon madrasasi, Kalta Minor, Juma masjidi singari t