Global isish jahon yalpi ichki mahsulotini 40 foizga qisqartiradi

Jahon yalpi ichki mahsuloti 40 foizga pasayishi kutilmoqda, bu avvalgi 11 foiz baholanganidan ancha yuqori. Chunki koʻpgina iqlim prognozlari savdo va resurslar orqali mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni hisobga olmaydigan mahalliy modellarga asoslangan.
Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels universitetidan doktor Timoti Nilning taʼkidlashicha, anʼanaviy tahlil usullari alohida mintaqalarga eʼtibor qaratib, turli mamlakatlarda bir vaqtning oʻzida yuzaga keladigan iqlim tahdidlari bilan bogʻliq jiddiyroq muammolarni nazardan chetda qoldiradi. Global koʻrsatkichlarni oʻrganib chiqib, uning jamoasi ancha salmoqli iqtisodiy yoʻqotishlarni aniqladi.
Jahon iqtisodiyoti oʻzaro uzviy bogʻliq boʻlib, bir mamlakatda yuzaga kelgan muammolar tezda boshqa mamlakatlarga tarqalishi ehtimoldan xoli emas. Ekstremal ob-havo sharoitlari taʼminot zanjirlarini buzishi va ishlab chiqarishni kamaytirishi mumkin. Bu butun dunyoda tovarlar taqchilligi va narxlarning oshishiga olib keladi.
Yangi maʼlumotlar moʻljaldagi harorat sanoatlashishdan oldingi davrga nisbatan 1,7 html5-dom-document-internal-entity1-deg-endC yuqori darajada belgilanishi kerakligini, bu esa dekarbonizatsiya (karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish)ning yanada tezkor yoʻllarini talab etishini taxmin qilish imkonini beradi. Zararni baholash yondashuvini qayta koʻrib chiqish chiqindilarni tezroq kamaytirish va uglerod narxini yuqoriroq oshirish uchun moliyaviy ragʻbat yaratishi mumkin, bu iqlim siyosatiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi.
Nodirjon Turgʻunov Oʻzbekistonning Iordaniyadagi elchisi etib tayinlandi
Oʻzbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan elchisi Nodirjon Turgʻunov ushbu mamlakat TIVga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' axborot agentligi.Maʼlum qilinishicha, kecha, 28-may kuni Nodirjon Turgʻunov Iordaniya Tashqi ishlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash vazirligi bosh kotibi Majid al-Qatarna bilan uchrashgan. Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Iordaniya munosabatlarini jadallashtirish, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashk
Turkiyada yana kuchli zilzila qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi saytida xabar berildi.Maʼlumotlarga koʻra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 15:46 da qayd etilgan. Uning magnitudasi 5,2 ballni tashkil etdi. Qoʻshimcha tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.Shu yilning 14-may kuni yerosti silkinishlari birdaniga uch davlat ' Livan, Suriya va Misr poytaxtlarida qayd etilgan edi. Xabarlarga koʻra, Bayrutda ikki bor, Damashqda bir necha bor
Ilon Mask Oq uyni tark etdi
Mashhur milliarder va tadbirkor Ilon Mask AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi faoliyatini yakunladi. U 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi bayonotida:'Maxsus davlat xodimi sifatida mening muddatim tugaydi. Samarasiz xarajatlarga qarshi kurashish imkoniyati uchun prezidentdan minnatdorman. Samaradorlik departamentining missiyasi vaqt oʻtishi bilan yanada mustahkamlanadi, chunki u butun hukumatning turmush tarziga aylanadi', ' deb yozdi Mask.Uning davlat xizmatidagi ishtiroki hukumat xarajatlari
“Google” reklama sohasida monopol tashkilot deb topildi
Qoʻshma Shtatlar sudi 'Google' kompaniyasining reklama tarqatishdagi yondashuvlari monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligini aniqlagan. U oʻn yildan ortiq vaqt davomida reklama sohasida oʻzining monopoliyasini oʻrnatgan va raqobatchilarni cheklab kelgan.Sud tomonlarga internet giganti monopolist sifatida tan olinganidan keyingi harakatlar boʻyicha pozitsiyalarini shakllantirish uchun vaqt bergan.Taʼkidlash joiz, hamkorlarga oldindan oʻrnatish uchun koʻplab milliard dollarlik toʻlovlar