Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda

Mazkur loyiha nafaqat tabiatni sevuvchilar, balki milliy madaniyat va gastronomiyani qadrlovchilar uchun ham diqqatga sazovor manzillardan biriga aylanishi kutilmoqda. Bugun, 4-iyun kuni, majmua ochilishi arafasida OAV vakillari obyektni borib koʻrib, bu ulkan tashabbus qanday amalga oshirilayotganiga guvoh boʻldi.
'MSA Resort' direktori Sanjar Mirahmedovning soʻzlariga koʻra, majmua mehmonlarga oʻzbekona mehmondoʻstlikning hashamatli muhitiga shoʻngʻish imkoniyatini taklif etadi. Xususan, bu yerda zamonaviy mehmonxona xonalari, milliy taomlar taqdim etiladigan restoran, degustatsiya zali va eng qiziqarlisi ' qadimiy Markaziy Osiyo anʼanalarini aks ettirgan, biroq zamonaviy qulayliklarga ega yurtalar (oʻtov) mavjud boʻladi.
Shuningdek, hududda etnolagerdan tashqari, bir vaqtning oʻzida 1000 kishidan ortiq mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlgan ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan koʻp funksiyali maydonlar, jumladan ochiq osmon ostidagi (open-air) zonalar ham boʻladi. Rejaga koʻra, kelajakda 'MSA Resort' yiliga taxminan 20 ming sayyohni qabul qiladi.
Majmuada mehmonlarga nafaqat tabiat goʻzalliklaridan bahramand boʻlish, balki uzumchilik va vinochilik madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati ham taqdim etiladi.
'Biz turizm uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadigan va mintaqaning rivojiga kuchli turtki beradigan zamonaviy, shu bilan birga milliy muhitni yaratishni maqsad qilganmiz. Yangi majmuaning asosiy gʻoyasi ' milliy qadriyatlar va madaniy merosni yorqin aks ettirishdir.
Biz sayyohlar yuqori darajadagi servisni taqdim etish bilan bir qatorda, oʻzbekona anʼanalarning ' meʼmorchilikdan tortib amaliy sanʼatgacha namoyon etishga intilamiz. Ayniqsa, uzumchilikning noyob va koʻp asrlik anʼanalarini asrab-avaylashga alohida eʼtibor qaratamiz. Buning natijasida yaratilayotgan mahsulotimiz allaqachon xalqaro darajada tan olingan', deydi 'MSA Resort' majmuasi direktori.
Yangi turistik majmuaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri ' bu 'MSA Family Winery' vino zavodi. U 2022-yildan buyon Fransiyaning mashhur Bordo shahridagi vino muzeyida Oʻzbekiston vinochilik sohasini namoyon etib kelmoqda. 2023-yili mazkur zavod Germaniyada oʻtkazilgan 'Berliner Wine Trophy' nufuzli tanlovida oltin medalga, shuningdek 'Mundus Vini' tanlovida ikkita kumush mukofotga sazovor boʻldi. 2024-yili Fransiyaning 'Concours International de Lyon' xalqaro tanlovida ikkita oltin medalni qoʻlga kiritib, 'Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan eng yaxshi vino' sifatida eʼtirof etilgan.
Shuningdek, vino zavodi vakili Yekaterina Mokrova Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilgan somelye tanlovida gʻolib chiqib, ushbu jamoaning yuqori malakasi va professionalligini yana bir bor isbotladi.
'MSA Resort' nafaqat turistlarni jalb etadi, balki 350 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratish orqali mahalliy iqtisodiyotga katta hissa qoʻshadi. Loyihaning yoʻnalishlari qamrovi keng: qishloq xoʻjaligi, gastronomik, etno va agroturizm, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish ' bularning barchasi shu maskanda jamlanadi.
Bu goʻzal maskan oʻzbek madaniyatining boy anʼanalari, tabiiy landshaftlar va zamonaviy infratuzilmani birlashtirgan oʻziga xos markazga aylanishi kutilmoqda.
Muhsin Umurzoqov,
Jaloliddin Rajabov,
'Xalq soʻzi'.
Mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati qoplab beriladi
Oʻzbekistonda mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati hamda xorijdan jalb qilingan dizayner, marketolog, injener-texnologlar ish haqining yarmi qoplab beriladi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Oʻtgan yili mebel eksporti 20 million dollarga yetdi. Sifat, dizayn va brendga eʼtibor qaratilsa, mavjud quvvatlarning oʻzida eksport hozirgidan 10 karra oshishi mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.Shu b
Xitoy Oʻzbekistonga 3 oyda 680 mingga yaqin telefon sotdi
Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar'mart oylarida xorijdan 885,8 ming dona mobil telefon import qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.Keltirilgan telefonlarning umumiy qiymati 89,6 million AQSH dollarini tashkil etgan.Shu turdagi eng koʻp qurilma Xitoydan keltirilgan boʻlib, ularning umumiy soni 679,2 ming dona boʻlgan. Yirik import qiluvchilar orasida 2-oʻrinda 175,8 ming dona telefon bilan Vyetnam turibdi. 3-oʻrinni esa 15,5 mingta telefon bilan Birlashgan Arab Amirlik
Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'53,03 soʻmga'tushdi va'12 886,90 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'100,30 soʻmga'pastladi va'14 625,34 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'tushib,'160,87 soʻmni'tashkil etdi.
Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 411-son qarori asosida sotuvga qoʻyilgan 'Fargʻona' yoʻli va 'Abdurauf Fitrat' koʻchalari kesishmasida joylashgan lotning boshlangʻich narxi 15,94 milliard soʻm etib belgilangan.Xaridor bu yerda zamonaviy savdo majmuasi, 'ekobozor', koʻngilochar maskanlar, biznes markaz, ofis va xizmat koʻrsatish maydonlari, shuningdek, avtoturargoh qurishi kerak. Qurilish ish