calendar 08 Jun 02:27
eye 9
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Real Madrid” Argentinaning “Yangi Marodona”si bilan kelishuvga erishgani aytilmoqda

image
Ispaniyaning 'Real Madrid' klubi navbatdagi transferini amalga oshirgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu safar madridliklar eʼtiborini Argentinaning 'River Pleyt' jamoasida toʻp surayotgan yosh isteʼdod ' Franko Mastantuonoga qaratdi. 'Qaymoqranglilar' rahbariyati 17 yoshli futbolchining shartnomasida koʻrsatilgan tovon puli ' 45 million yevroni toʻlashga rozi boʻldi va futbolchining oʻzi ham bu transferga rozilik bildirdi.

'TyC Sports' nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, tomonlar oʻrtasidagi kelishuv allaqachon yakunlangan. Endilikda esa asosiy savol ' Mastantuono 'Real' safiga qachon qoʻshilishida, deb yozdi nashr. Transfer joriy yil yozida Jahon chempionati boshlanishidan avval yoki musobaqa yakunlangach rasman amalga oshirilishi mumkin. Hozirda bu borada muzokaralar davom etmoqda.

Eʼtiborlisi shundaki, Franko Mastantuonoga boshqa yirik klublar ham qiziqish bildirgan edi. Jumladan, Parijning 'PSJ' klubi uni safga qoʻshib olish istagini bildirgan, biroq 'Real'dan taklif kelgach, futbolchi fikrini oʻzgartirib, Madrid jamoasini tanladi. Shuningdek, 'Milan' va 'Atletiko Madrid' klublari ham yosh futbolchini oʻz safiga qoʻshmoqchi boʻlgan edi.

Joriy mavsumda Franko Mastantuono 'River Pleyt' safida 17 ta oʻyinda ishtirok etib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Unga nisbatan katta umidlar bogʻlanmoqda. Ayni paytda futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil oxirigacha moʻljallangan boʻlib, Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 15 million yevroga baholagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:48
 
26
0
xs.uz

“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

4 ta shart bo'yicha bahs olib borgan 9 ta fakultet jamoalari orasida quyidagi natijalar qayd etildi:1-o'rin ' Ingliz filologiyasi fakultetining 'Zulfikor' jamoasi;2-o'rin ' Tarjimonlik fakultetining 'To'maris nafasi' jamoasi;3-o'rin ' Ingliz tili 2-fakultetining 'Jasorat elchilari' jamoasi.Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar taqdirlandi:'Eng ijodkor jamoa' ' Rus filologiyasi fakultetining 'Qalqon' jamoasi;'Eng hamjihat jamoa' ' Ingliz tili 1-fakultetining 'Turon zamin qizl

13 May 14:39
 
46
0
xs.uz

Qilichbozlik: shpagachimiz bronza medali sohibi

Quvonarlisi, unda O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Vadim Anoxin bronza medalini qo'lga kiritdi.Hamyurtimiz saralash bosqichida Isroil, Gonkong, Italiya, Chexiya vakillarini mag'lubiyatga uchratdi. Biroq yarim finalda qozog'istonlik Ruslan Kurbanovga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchinchi o'rin bilan yakunladi.

13 May 14:39
 
114
0
xs.uz

Karlo Anchelotti “Real Madrid”ni qachon tark etadi?

Madridning 'Real' klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda futbol olamidagi ishonchli manbalardan biri ' jurnalist Fabrisio Romano oʻzining X sahifasida xabar bergan.Manbaga koʻra, italiyalik mutaxassis 11-may, yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan 'Barselona'ga qarshi La Liga 35-tur uchrashuvidan soʻng 'qaymoqranglilar' bilan rasman xayrlashadi. 'El-Klasiko'dan keyin Anchelottining ketishi haqida rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.Maʼlumotlarga k

31 May 08:50
 
14
0
xs.uz

Voleybol bo‘yicha «Millatlar ligasi» musobaqasi boshlandi

Ushbu musobaqada Eron, Hindiston, Pokiston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Turkmaniston hamda O'zbekiston jamoalari o'raro kuch sinashadi.Ushbu nufuzli musobaqaning ilk uchrashuvi ' Eron va Hindiston terma jamoalari o'tasida bo'lib o'tdi. Shiddatli kechgan bahsda Eron terma jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozondi.Musobaqalar davom etmoqda.''