Futbolchilarimizning bu yutuqlari nufuzli xorij nashrlari, ekspertlar va keng jamoatchilik vakillari tomonidan tarixiy natija sifatida eʼtirof etilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Chunki har toʻrt yilda Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (FIFA) tomonidan tashkil etiladigan ushbu nufuzli musobaqada har bir aʼzo davlat oʻz mamlakati milliy jamoasini koʻrishni istaydi. Ammo unga ishtirok etish uchun murakkab saralash bosqichlaridan oʻtish kerak. Bugungacha FIFAga aʼzo 211 davlatdan 79 tasining bosh jamoalariga bu nasib etgan, xolos. Endi ular safi terma jamoasi bilan boyidi. Bu barchamizga cheksiz iftixor bagʻishlaydi.
Oʻzbekiston, futbol boʻyicha jahon chempionatiga xush kelibsiz!
FIFA prezidenti Janni Infantino Oʻzbekiston terma jamoasining jahon chempionati saralash bosqichidagi muvaffaqiyatidan soʻng xalqimizni ushbu gʻalaba bilan tabrikladi.
'Oʻzbekiston, futbol boʻyicha jahon chempionatiga xush kelibsiz! Sizni Kanada, Meksika va AQSHda boʻlib oʻtadigan 2026-yilgi jahon chempionatiga tarixiy yoʻllanma olganingiz bilan tabriklashdan mamnunman. Siz 1994-yilda FIFAga aʼzo boʻlganingizdan beri ajoyib oʻyin koʻrsatdingiz, Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdingiz. Yoshlar oʻrtasidagi bir necha jahon chempionatlarida ishtirok etdingiz. Kelgusi yozda final bosqichida qatnashish uchun butun dunyo boʻylab muxlislar 'Oq boʻrilar'ning global tomoshabinlar oldida chiqishlarini intiqlik bilan kutishadi', deyiladi Infantinoning murojaatida.
'Reuters' axborot agentligi 'Oʻzbekiston BAA bilan durangdan soʻng ilk bor jahon chempionatiga chiqdi' sarlavhali maqola chop etdi.
'Payshanba kuni Abu-Dabida Birlashgan Arab Amirliklari bilan 0:0 hisobida durang oʻynagan Oʻzbekiston sakkizinchi urinishida ilk bor jahon chempionati final bosqichiga yoʻllanma oldi. Darvozabon Oʻtkir Yusupov ikkinchi boʻlimda uchta seyvni amalga oshirdi. Oʻzbekistonliklar Eron bilan birga Osiyoning 'A' guruhidan jahon chempionatiga chiqish uchun kerakli natijani qoʻlga kiritdi', deb yoziladi maqolada.
'ESPN' telekanalining saytida ham Oʻzbekistonning yorqin gʻalabasiga bagʻishlangan maqola chop etildi. 'JCH ' 2026: Iordaniya, Janubiy Koreya, Oʻzbekiston' sarlavhali maqolada 'Iordaniya va Oʻzbekiston payshanba kuni ilk bor erkaklar oʻrtasidagi jahon chempionati final bosqichiga yoʻllanma oldi... Abu-Dabida Birlashgan Arab Amirliklari bilan 0:0 hisobida durang oʻynagan Oʻzbekiston Erondan keyin ikkinchi oʻrinni egallashi uchun yetarli boʻldi.
Yakunda Markaziy Osiyo terma jamoasi va muxlislar birgalikda bayram qilishdi. Darvozabon Oʻtkir Yusupovga bir qator muhim seyvlar uchun minnatdorlik bildirishdi', deya qayd etiladi maqolada.
Jahonga mashhur Fransiyaning 'Agence France-Presse' axborot agentligi ham Oʻzbekistonning tarixiy gʻalabasi haqida salmoqli maqolani oʻz mushtariylariga havola qildi.
'Oʻzbekiston murabbiyi: Butun xalqimiz uchun tarixiy jahon chempionati yoʻllanmasi', sarlavhali maqolada milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Temur Kapadzening fikrlariga asosiy urgʻu berilgan. 'Birlashgan Arab Amirliklaridagi 0:0 hisobidagi durang Oʻzbekiston uchun 2026-yilda Shimoliy Amerikada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritish uchun yetarli boʻldi.
Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Markaziy Osiyo terma jamoasini oʻz tarixida ilk bor jahon chempionatiga olib chiqqanidan keyin 'bu gʻalaba barchamizniki', dedi.
'Biz uzoq yoʻlni bosib oʻtdik va muhim natijaga erishdik. Biz butun xalqimizni va Prezidentimizni tabriklaymiz. Kecha va bugun telefon qoʻngʻiroqlari toʻxtagani yoʻq. Hamma bizni qoʻllab-quvvatlashini va biz uchun duo qilishini aytdi, gʻalaba tilaklari biz uchun katta ilhom boʻldi. Futbolchilarimiz har bir oʻyinda qatʼiyat koʻrsatishdi, bor kuchlarini ishga solishdi, shuning uchun ham biz natijaga erishdik', ' dedi Timur Kapadze.
Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan Oʻzbekiston Osiyoning futboli eng tez rivojlanayotgan davlatlaridan biri hisoblanadi. U dunyo reytingida 57-oʻrinni egallab turibdi', deb taʼkidlanadi maqolada.
'foxsports.com' sport yangiliklariga ixtisoslashtirilgan internet saytida ham oʻzbek futbolining yuksak gʻalabasiga bagʻishlangan maqolani oʻquvchilariga taqdim etdi. 'Uchta jamoa ' Oʻzbekiston, Iordaniya va Janubiy Koreya kelasi yili Shimoliy Amerikada boʻlib oʻtadigan 48 jamoa ishtirokidagi turnirga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston va Iordaniya uchun bu birinchi marta jahon chempionatiga chiqishi boʻldi. Payshanba kuni Birlashgan Arab Amirliklari bilan uchrashuvda Oʻzbekiston darvozabon Oʻtkir Yusupovning ikkinchi boʻlimdagi oʻyini evaziga zarur boʻlgan natijani qoʻlga kiritdi. Hozirda 10 ta jamoa ' Argentina, Yaponiya, Iordaniya, Yangi Zelandiya, Eron, Janubiy Koreya va Oʻzbekiston hamda mezbonlar ' AQSH, Kanada va Meksika jahon chempionati yoʻllanmasiga ega', deb keltiriladi maqolada.
'beinsports.com' saytida berilgan 'Oʻzbekiston va Iordaniya terma jamoalari jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi' sarlavhali maqolada ham shunday deyiladi: Oʻzbekiston va Iordaniya terma jamoalari oʻz tarixida ilk bor jahon chempionati final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekiston Birlashgan Arab Amirliklari bilan golsiz durang natija qayd etib, Argentina, Eron, Yaponiya va Yangi Zelandiyadan keyin AQSH, Meksika va Kanadada oʻtkaziladigan turnirda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan beshinchi davlatga aylandi.
Timur Kapadze shogirdlari OFK saralash 3-bosqichining 'A' guruhida Erondan keyin ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, oʻz yoʻllanmasini ega boʻldi. Abu-Dabida uchinchi oʻrindagi BAA bilan 0:0 hisobidagi durang Oʻzbekistonni atigi bir oʻyin qolganida eng yaqin taʼqibchisidan toʻrt ochkoga oʻzib ketdi. Bu ularning 1991-yilda mustaqil davlat boʻlganidan beri birinchi marta jahon chempionati finalida ishtirok etishini taʼminladi.
TASS axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan 'Oʻzbekiston ilk bor FIFA Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi' sarlavhali maqolada 'Oʻzbekiston tarixida ilk bor milliy terma jamoa futbol boʻyicha jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. Payshanba kuni oʻzbekistonlik futbolchilar Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarshi saralash bahsida golsiz durang oʻynadi. Oʻzbekiston 18 ochko bilan 'A' guruhida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Undan keyingi oʻrinda 14 ochko toʻplagan BAA terma jamoasining hozirda Oʻzbekistondan oʻzib ketish imkoniyati nolga teng', deyiladi.
sports.kz internet saytining 'Oʻzbekiston tarixida ilk bor jahon chempionatiga yoʻllanma oldi' sarlavhali maqolasida Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritib, tarixiy muvaffaqiyatga erishgani yozilgan. 'Timur Kapadze shogirdlari Osiyo saralashi uchinchi bosqichining 9-turida BAA bilan mehmonda durang oʻynadi ' 0:0. Abu-Dabidagi 'Al Nahayon' stadionida boʻlib oʻtgan uchrashuv golsiz yakunlangan boʻlsa-da, Oʻzbekiston jamoasiga muhim bir ochko keltirdi. Endi Oʻzbekiston hisobida 18 ochko bor, bu guruh bosqichi yakunlanishiga bir tur qolganda 'A' guruhida kamida ikkinchi oʻrinni va jahon chempionatiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani kafolatlash imkonini beradi', deyilgan maqolada.
Rossiyalik sobiq futbolchi Valeriy Kechinovning aytishicha, jahon chempionatiga chiqish Oʻzbekiston uchun juda katta muvaffaqiyat... Turli yillarda yaxshi imkoniyatlar boʻlmagan, lekin natija kelmagan. Mamlakatda juda kuchli va iqtidorli yigitlar bor.
Oʻzbekistonda futbol azaldan mashhur boʻlgan. Iqlim yil boʻyi futbol oʻynashga imkon beradi, yigitlar futbolga qiziqishadi. Endi bundan ham koʻproq natijalar boʻlishi tabiiy. Bu har doim mamlakat futboli rivojiga yaxshi taʼsir koʻrsatadi.
Fazliddin ABILOV,''Xalq soʻzi' tayyorladi.
“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
4 ta shart bo'yicha bahs olib borgan 9 ta fakultet jamoalari orasida quyidagi natijalar qayd etildi:1-o'rin ' Ingliz filologiyasi fakultetining 'Zulfikor' jamoasi;2-o'rin ' Tarjimonlik fakultetining 'To'maris nafasi' jamoasi;3-o'rin ' Ingliz tili 2-fakultetining 'Jasorat elchilari' jamoasi.Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar taqdirlandi:'Eng ijodkor jamoa' ' Rus filologiyasi fakultetining 'Qalqon' jamoasi;'Eng hamjihat jamoa' ' Ingliz tili 1-fakultetining 'Turon zamin qizl
Qilichbozlik: shpagachimiz bronza medali sohibi
Quvonarlisi, unda O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Vadim Anoxin bronza medalini qo'lga kiritdi.Hamyurtimiz saralash bosqichida Isroil, Gonkong, Italiya, Chexiya vakillarini mag'lubiyatga uchratdi. Biroq yarim finalda qozog'istonlik Ruslan Kurbanovga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchinchi o'rin bilan yakunladi.
Karlo Anchelotti “Real Madrid”ni qachon tark etadi?
Madridning 'Real' klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda futbol olamidagi ishonchli manbalardan biri ' jurnalist Fabrisio Romano oʻzining X sahifasida xabar bergan.Manbaga koʻra, italiyalik mutaxassis 11-may, yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan 'Barselona'ga qarshi La Liga 35-tur uchrashuvidan soʻng 'qaymoqranglilar' bilan rasman xayrlashadi. 'El-Klasiko'dan keyin Anchelottining ketishi haqida rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.Maʼlumotlarga k
Voleybol bo‘yicha «Millatlar ligasi» musobaqasi boshlandi
Ushbu musobaqada Eron, Hindiston, Pokiston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Turkmaniston hamda O'zbekiston jamoalari o'raro kuch sinashadi.Ushbu nufuzli musobaqaning ilk uchrashuvi ' Eron va Hindiston terma jamoalari o'tasida bo'lib o'tdi. Shiddatli kechgan bahsda Eron terma jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozondi.Musobaqalar davom etmoqda.''