calendar 08 Jun 02:27
eye 12
comments 0
comments Manba: xs.uz

Luka Modrich oʻziga klub topdi

image
'Real Madrid' bilan shartnomasini yakunlagan xorvatiyalik yulduz Luka Modrich 'Milan'ga erkin agent sifatida oʻtishi mumkin. Italiya matbuotining xabar berishicha, Modrich bilan muzokaralar tez surʼatda davom etmoqda. Di Marzio maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi soatlarda futbolchi klubga ijobiy javob bergan.

'Goal'ning yozishicha, 'Milan' Modrich bilan ogʻzaki kelishuvga erishgan va endilikda faqat rasmiylashtirish qolgan. Bu ham tez orada sodir boʻlishi kutilmoqda. 38 yoshli yarim himoyachi oʻz faoliyatini 'Real'da 13-yil davomida olib bordi va bu vaqt mobaynida 28 ta yirik sovrinni qoʻlga kiritdi. Endi esa u bolalik orzusi boʻlgan 'Milan' klubida toʻp surish arafasida turibdi.

Agar muzokaralar ijobiy yakunlansa, Modrich 'Milan'ga erkin agent sifatida qoʻshiladi. Klub rahbariyati bu transferni tajribali 'Oltin toʻp' sohibining jamoaga qoʻshilishini ijobiy baholamoqda. Bu ayniqsa Tidjani Reyndersning ehtimoliy transferi yuz bersa, tarkibda muvozanatni saqlab qolish nuqtayi nazaridan muhim hisoblanadi.

Modrichning 'Milan'ga oʻtishi nafaqat klub, balki futbolchi uchun ham tarixiy ahamiyatga ega. U bolaligidan ushbu klubning ashaddiy muxlisi boʻlib kelgan va endi nihoyat orzusidagi jamoada toʻp surish imkoniga ega boʻlishi mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:48
 
26
0
xs.uz

“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

4 ta shart bo'yicha bahs olib borgan 9 ta fakultet jamoalari orasida quyidagi natijalar qayd etildi:1-o'rin ' Ingliz filologiyasi fakultetining 'Zulfikor' jamoasi;2-o'rin ' Tarjimonlik fakultetining 'To'maris nafasi' jamoasi;3-o'rin ' Ingliz tili 2-fakultetining 'Jasorat elchilari' jamoasi.Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar taqdirlandi:'Eng ijodkor jamoa' ' Rus filologiyasi fakultetining 'Qalqon' jamoasi;'Eng hamjihat jamoa' ' Ingliz tili 1-fakultetining 'Turon zamin qizl

13 May 14:39
 
46
0
xs.uz

Qilichbozlik: shpagachimiz bronza medali sohibi

Quvonarlisi, unda O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Vadim Anoxin bronza medalini qo'lga kiritdi.Hamyurtimiz saralash bosqichida Isroil, Gonkong, Italiya, Chexiya vakillarini mag'lubiyatga uchratdi. Biroq yarim finalda qozog'istonlik Ruslan Kurbanovga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchinchi o'rin bilan yakunladi.

13 May 14:39
 
114
0
xs.uz

Karlo Anchelotti “Real Madrid”ni qachon tark etadi?

Madridning 'Real' klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda futbol olamidagi ishonchli manbalardan biri ' jurnalist Fabrisio Romano oʻzining X sahifasida xabar bergan.Manbaga koʻra, italiyalik mutaxassis 11-may, yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan 'Barselona'ga qarshi La Liga 35-tur uchrashuvidan soʻng 'qaymoqranglilar' bilan rasman xayrlashadi. 'El-Klasiko'dan keyin Anchelottining ketishi haqida rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.Maʼlumotlarga k

31 May 08:50
 
14
0
xs.uz

Voleybol bo‘yicha «Millatlar ligasi» musobaqasi boshlandi

Ushbu musobaqada Eron, Hindiston, Pokiston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Turkmaniston hamda O'zbekiston jamoalari o'raro kuch sinashadi.Ushbu nufuzli musobaqaning ilk uchrashuvi ' Eron va Hindiston terma jamoalari o'tasida bo'lib o'tdi. Shiddatli kechgan bahsda Eron terma jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozondi.Musobaqalar davom etmoqda.''