Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj

Gʻolib futbolchilarimiz yurtimizga qaytib keldi
Kuni kecha futbol boʻyicha jahon chempionati 3-saralash bosqichining 9-turida muhim natijani qayd etgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida hukumat aʼzolari, sportimiz mutasaddilari, murabbiylar, keng jamoatchilik vakillari hamda soha fidoyilari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.
Yuzlari yorugʻ, xalqimiz ishonchini oqlagan futbolchilarimiz birin-ketin koʻrinish berib, aeroportdan chiqib kelishdi.
' Bu kunni oʻzim ham futbolchi, ham murabbiy sifatida koʻp kutganman, ' deydi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze. ' Mazkur gʻalabalarimiz zamirida, avvalo, xalqimizning ishonchi va duosi yotibdi. Ayniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev jamoamiz aʼzolarini telefon orqali qutlagani hammamizni quvontirdi. Bizga yoʻllagan tabriklaridagi soʻzlari esa oʻzim kabi barcha jamoamiz aʼzolarini ruhlantirdi.
Soʻnggi yillarda yurtimizda futbolni ommalashtirish, yosh avlod oʻrtasida unga boʻlgan qiziqishni oshirish, xalqaro musobaqalarda munosib qatnashadigan terma jamoalarni shakllantirish maqsadida salmoqli ishlar qilinmoqda.
Kutib oluvchilar orasida milliy terma jamoamizning kelajagi porloq yulduzlaridan biri ' Abdurauf Boʻriyevning onasi Shahlo Usmonova ham bor edi.
' Oʻzbek xalqini, avvalo, qoʻshaloq bayram ' Hayit ayyomi va milliy terma jamoamizning jahon chempionatiga chiqqani bilan chin qalbdan tabriklayman, ' deydi Shahlo opa. ' Futbolchilarni duo qilib turgan yurtdoshlarimizga minnatdorlik bildiraman. Ularning ishonchi, yurakdan chiqqan tilaklari mazkur gʻalabada, albatta, oʻz aksini topdi.
Aeroport atrofida odam koʻp. Qoʻlida bayroq tutgan yoshlar, ulugʻ otaxonlar, hayajondan joyida oʻtira olmayotgan muxlislar ' barchasi mazkur unutilmas daqiqalarning bevosita ishtirokchisiga aylanish uchun shu yerda toʻplangan.
' Bu kunni hech qachon unutmaymiz, ' deydi futbol muxlisi Abdulaziz Abdullayev. ' Bolalarim bilan birga kelganim bejiz emas. Ular bu onlarni eslab ulgʻayadi. Nasib qilsa, bundan-da yirik yutuqlarga erishamiz. Yigitlarimizga rahmat.
Osiyo qitʼasida saralash bahslari davom etmoqda. 10-iyun kuni Oʻzbekiston ' Qatar, Qirgʻiziston ' BAA va Eron ' KXDR terma jamoalari soʻnggi tur uchrashuvlarini oʻtkazadi. Ayni paytda 'A' guruhidagi vaziyat ancha oydinlashdi. Guruhda Eron 20 ochko bilan birinchi oʻrinda borayotgan boʻlsa, Oʻzbekiston termasi 18 ochko jamgʻarib, ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. BAA terma jamoasi 14 ochko bilan uchinchi oʻrinda qoldi. Qatar 13, Qirgʻiziston 7, KXDR 3 ochko bilan keyingi pogʻonalardan joy oldi.
Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan, yangi Oʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi shon-shuhratini yuksaltirish yoʻlida fidoyilik koʻrsatgan futbolchilar va delegatsiya aʼzolari Prezidentimizning 'Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida'gi Farmoniga koʻra faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov ishtirok etdi.
Sunnatilla ISLOMOV,
Sanjar SHOMURODOV
('Xalq soʻzi').
“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
4 ta shart bo'yicha bahs olib borgan 9 ta fakultet jamoalari orasida quyidagi natijalar qayd etildi:1-o'rin ' Ingliz filologiyasi fakultetining 'Zulfikor' jamoasi;2-o'rin ' Tarjimonlik fakultetining 'To'maris nafasi' jamoasi;3-o'rin ' Ingliz tili 2-fakultetining 'Jasorat elchilari' jamoasi.Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar taqdirlandi:'Eng ijodkor jamoa' ' Rus filologiyasi fakultetining 'Qalqon' jamoasi;'Eng hamjihat jamoa' ' Ingliz tili 1-fakultetining 'Turon zamin qizl
Qilichbozlik: shpagachimiz bronza medali sohibi
Quvonarlisi, unda O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Vadim Anoxin bronza medalini qo'lga kiritdi.Hamyurtimiz saralash bosqichida Isroil, Gonkong, Italiya, Chexiya vakillarini mag'lubiyatga uchratdi. Biroq yarim finalda qozog'istonlik Ruslan Kurbanovga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchinchi o'rin bilan yakunladi.
Karlo Anchelotti “Real Madrid”ni qachon tark etadi?
Madridning 'Real' klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda futbol olamidagi ishonchli manbalardan biri ' jurnalist Fabrisio Romano oʻzining X sahifasida xabar bergan.Manbaga koʻra, italiyalik mutaxassis 11-may, yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan 'Barselona'ga qarshi La Liga 35-tur uchrashuvidan soʻng 'qaymoqranglilar' bilan rasman xayrlashadi. 'El-Klasiko'dan keyin Anchelottining ketishi haqida rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.Maʼlumotlarga k
Voleybol bo‘yicha «Millatlar ligasi» musobaqasi boshlandi
Ushbu musobaqada Eron, Hindiston, Pokiston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Turkmaniston hamda O'zbekiston jamoalari o'raro kuch sinashadi.Ushbu nufuzli musobaqaning ilk uchrashuvi ' Eron va Hindiston terma jamoalari o'tasida bo'lib o'tdi. Shiddatli kechgan bahsda Eron terma jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozondi.Musobaqalar davom etmoqda.''