'Maxsus davlat xodimi sifatida mening muddatim tugaydi. Samarasiz xarajatlarga qarshi kurashish imkoniyati uchun prezidentdan minnatdorman. Samaradorlik departamentining missiyasi vaqt oʻtishi bilan yanada mustahkamlanadi, chunki u butun hukumatning turmush tarziga aylanadi', ' deb yozdi Mask.
Uning davlat xizmatidagi ishtiroki hukumat xarajatlarini optimallashtirish va samaradorlikni oshirish maqsadida tashkil etilgan 'Samaradorlik departamenti' bilan bogʻliq edi.
Mask oʻz lavozimidan ketishi oldidan, CBC telekanaliga bergan intervyusida Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan yangi byudjet va soliq qonun loyihasini tanqid qildi. Unga koʻra, taklif etilgan chora-tadbirlar byudjet taqchilligini oshiradi hamda hukumat samaradorligini taʼminlash yoʻlidagi saʼy-harakatlarga zid keladi.
Shu bilan Ilon Maskning Tramp maʼmuriyati bilan rasmiy hamkorligi yakunlandi, ammo u davlat boshqaruvi va siyosiy jarayonlar yuzasidan oʻz fikrlarini bildirishda davom etmoqda.
Tojikistonda sodir boʻlgan zilzila qancha talafot yetkazgani ochiqlandi
5-6 balli silkinishlar soat 09:24 da qayd etilgan. Zilzila epitsentri Dushanbe shahridan 160 kilometr shimoli-sharqda, Rashtdan 21 kilometr uzoqlikda joylashgan. Dushanbeda 3 ballga yaqin yer silkinishi sezilgan.Maʼlumotlarga koʻra, 200 tadan ortiq qoʻshimcha binolar, jumladan, maktab, tibbiyot punktlari, choyxonalar vayron boʻlgan yoki shikastlangan. Rasht viloyatining oʻzida 40 ta turarjoy binosi vayron boʻlgan, yana 5 tasi qisman shikastlangan. Tojikobodda esa 54 ta uy toʻliq, 45 tasi
Kanadada 150 dan ortiq yongʻinlar nazoratdan chiqib ketdi
Yongʻinlar Saskatchevan va Manitobada avj olib bormoqda. Bunda iqlim oʻzgarishlari oʻtning kuchayishiga zamin yaratgan. Manitobaning oʻzida oʻrmon yongʻinlarining 22 ta yirik oʻchogʻi qayd etilgan. Ularning bittasi Flin-Flon shahri yaqinida kuchayib, qariyb 20 ming gektar hududni egallagan.Hozirda ikki provinsiyada ham favqulodda holat eʼlon qilinib, evakuatsiya ishlari ketmoqda. Koʻchirilganlar soni 17 mingga yaqinlashgan va bu soʻnggi yillardagi eng katta evakuatsiya hisoblanadi.Kan
Ilon Mask Oq uyni tark etdi
Mashhur milliarder va tadbirkor Ilon Mask AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi faoliyatini yakunladi. U 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi bayonotida:'Maxsus davlat xodimi sifatida mening muddatim tugaydi. Samarasiz xarajatlarga qarshi kurashish imkoniyati uchun prezidentdan minnatdorman. Samaradorlik departamentining missiyasi vaqt oʻtishi bilan yanada mustahkamlanadi, chunki u butun hukumatning turmush tarziga aylanadi', ' deb yozdi Mask.Uning davlat xizmatidagi ishtiroki hukumat xarajatlari
Xitoy navbatdagi sunʼiy yoʻldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi
Xitoy yangi 'Shiyan-19' tajriba sunʼiy yoʻldoshini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Xitoy Aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi xabariga koʻra, undan sunʼiy yoʻldosh aloqasi texnologiyasi boʻyicha tajribalar oʻtkazishda foydalaniladi.Uchirish seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 2:09 da mamlakat janubi-gʻarbidagi Sichuan provinsiyasida joylashgan Sichan kosmodromidan 'Chanchjen-3S' raketasi yordamida amalga oshirildi.Korporatsiyaning taʼkidlashicha, sunʼiy yoʻldosh birinc