Sportning basketbol, voleybol, kurash kabi ommabop turlari bilan qishin-yozin shugʻullanish imkonini beradigan mazkur maskan tumandagi 'AKSA Enerji Bukhara' xorijiy korxonasi tomonidan barpo etildi. Shu tariqa maktab jamoasining koʻp yillik muammosi kun tartibidan tushdi. Sport zalini foydalanishga topshirish munosabati bilan oʻtkazilgan tantanali tadbirda mahalla faollari, oʻqituvchilar, xorijiy korxona vakillari qatnashdi. Unda soʻz olganlar bu inshoot yurtimizda chet ellik investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar mahsuli ekanligini taʼkidladi.
'AKSA Enerji Bukhara' korxonasiga kelsak, u gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi sanaladi. Korxona turkiyalik sarmoyadorlar mablagʻi evaziga 2022-yilda ish boshlagan. Maʼlumotlarga qaraganda, umumiy qiymati 150 million AQSH dollariga teng mazkur loyiha sharofati bilan minglab xonadonlar, katta-kichik korxonalar elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlanmoqda.
Prezident choʻkayotgan qizchalarni qutqarib, halok boʻlgan fuqaroni mukofotladi
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning'maʼlum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev shu yilning 5-may kuni sodir boʻlgan mashʼum voqeada qahramonlarcha halok boʻlgan Abdumannop Samiqovni 'Jasorat' medali bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan.'Mard va jasur vatandoshimiz Abdumannop Samiqov oʻzini suvga tashlab, norasidalar hayotini saqlab qoldi. Lekin, afsuski, baxtsiz hodisa roʻy berdi ' bu ezgulik yoʻlida uning oʻzi qahramonlarcha halok boʻldi.Maʼlum boʻlishicha, bu fido
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Al Mirqab Capital' kompaniyasi boshqaruvi raisi Hamad bin Jassim Ol Soniy va 'Blackrock' investitsiya kompaniyasi katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesidan iborat xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi.Oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.Davlat-xususiy sheriklikda yirik infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshir
Shavkat Mirziyoyevning “Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniMamlakatimizda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, xalqimiz orasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga qoʻshgan katta hissasi, futbol boʻyicha Osiyoning eng kuchli jamoalari oʻrtasidagi saralash musobaqalarida chinakam jasorat va matonat fazilatlarini, yuksak professionalizm va azmu shijoat namunasini koʻrsatib, ulkan gʻalabaga erishgani ' Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgani,
Tomdilik abituriyentlar uchun bepul oʻquv kurslari tashkil etildi
Temur ESHBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 'Dolzarb 90 kun' loyihasi doirasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining qishloq xoʻjaligi fakultetida tomdilik yoshlar uchun bepul oʻquv kurslari tashkil etildi. 30 nafarga yaqin abituriyent jalb qilinib, ularga matematika, fizika, ingliz tili, kimyo, biologiya, huquq, ona tili kabi fanlardan universitetning professor-oʻqituvchilari tayyorlov kurslarini oʻtishmoqda.' Bundan koʻzlangan asosiy maqsad oli