calendar 21 Apr 08:34
eye 1102
comments 0
comments Manba: xs.uz

Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida soʻnggi 48 soat ichida 92 nafar falastinlik halok boʻldi

image
Isroilning soʻnggi 48 soat ichida Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 92 kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.

Kecha, 18-aprel kuni Isroil harbiy kuchlarining Gʻazo hududlariga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 58 nafar falastinlik halok boʻlgan, oʻnlab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Isroilning Gʻazoni bombardimon qilishi tufayli halok boʻlayotgan falastinliklar soni kundan kunga ortib bormoqda.

'Al Jazeera' telekanalining Gʻazodagi muxbiri falastinlik otalar Isroilning doimiy hujumlari hamda Gʻazoga kiritilishi kerak boʻlgan insonparvarlik yordamlari, jumladan, oziq-ovqat, dori darmon hamda tibbiy buyumlarga qoʻyilgan taqiqlar tufayli oʻz farzandlarini boqolmaslik holatlari koʻpaygani hamda mahalliy aholi vakillari kuchli psixologik muammolarga duch kelayotgani haqida maʼlumot bergan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Gʻazodagi mahalliy aholi vakillari hozir oziq-ovqat mahsulotlariga har doimgidan koʻra koʻproq muhtoj ekanligini taʼkidlamoqda. Shuningdek, yuz minglab falastinliklar ochlik tufayli halok boʻlishi yoki ogʻir, asoratli xastaliklarga chalinishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Gʻazo hukumati matbuot boʻlimining maʼlum qilishicha, Isroilning Gʻazoga qilgan hujumlari oqibatida shu bugunga qadar 61 ming 700 nafar falastinliklar halok boʻlgan. Yana minglab vayronalar ostida bedarak yoʻqolganlar halok boʻlganligi taxmin qilinmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:39
 
2
0
xs.uz

Afrikada kuchli qor yogʻdi. Sinoptiklar buni iqlim oʻzgarishi bilan izohlamoqda

Dunyoning aksariyat mintaqalarida jazirama issiq kuzatilayotgan shu kunlarda Janubiy Afrika Respublikasida kuchli qor yogʻdi.Tabiatning bu kutilmagan inʼomi koʻplab noqulayliklarni keltirib chiqardi. Jumladan, yoʻllar toʻsib qoʻyildi, yuz minglab odamlar elektr energiya taʼminotidan uzilib qoldi. Bundan tashqari, suv toshqinlari va boʻronli shamollar mamlakatning bir qancha viloyatlarini qamrab olgan. Eng yomon vaziyat Sharqiy Keyp va Kvazulu-Natalida kuzattilmoqda.Tabiiy ofat tufayli 50

31 May 08:50
 
28
0
xs.uz

Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning

21 Apr 08:34
 
1096
0
xs.uz

Global isish jahon yalpi ichki mahsulotini 40 foizga qisqartiradi

Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot, agar 2100-yilga borib Yer sharidagi haroratning issiqlik darajasi Selsiy shkalasi boʻyicha 4 gradusga (sanoatlashishdan oldingi davrga nisbatan) koʻtarilsa, dunyo iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlar yuzaga kelishidan ogohlantiradi.Jahon yalpi ichki mahsuloti 40 foizga pasayishi kutilmoqda, bu avvalgi 11 foiz baholanganidan ancha yuqori. Chunki koʻpgina iqlim prognozlari savdo va resurslar orqali mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni hisobga olmaydigan maha

16 Apr 09:12
 
87
0
xs.uz

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,