calendar 13 Jun 00:41
eye 33
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda turizmning mehnat bozoridagi oʻrni: yangi ish oʻrinlar va malakali kadrlar zarurati

image
Turizm ' iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biri. Aksariyat mamlakatlar, xususan, iqtisodiy oʻtish davridagilar uchun turizmni rivojlantirish milliy daromadni diversifikatsiya qilish, xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash hamda ijtimoiy taraqqiyotni ragʻbatlantirishning muhim vositasiga aylanmoqda.

Turizmning rivojlanishi xorijiy valyuta oqimi, aholi bandligini oshirish hamda kichik va oʻrta biznes sohasining kengayishi hisobiga yalpi ichki mahsulot oʻsishiga xizmat qiladi. Turizm tufayli infratuzilma rivojlanadi, mahalliy aholining turmush tarzi yaxshilanadi. Xorijiy tillar va milliy merosni bilish orqali aholining madaniy savodxonligi yuksaladi. Turizm madaniy anʼanalar va hunarmandchilikni saqlashga yordam berishi bilan ham ahamiyatlidir. Mamlakatning chet ellik sayyohlar uchun nechogʻlik jozibadorligini koʻrgan aholida oʻz yurtiga boʻlgan qiziqish yanada ortadi.

Turizmning faol rivojlanishi mamlakatning xalqaro maydondagi imijini mustahkamlash va madaniyatlararo aloqalarni yaxshilashga yordam berishi bilan birga, atrof-muhitni muhofaza qilishga ham ijobiy taʼsir koʻrsatib, jamiyatning ekologik xabardorligini oshiradi va tabiat neʼmatlaridan barqaror foydalanish imkonini beradi. Buni milliy bogʻlar, qoʻriqxonalarni yaratish va ekoturizmni rivojlantirish misolida koʻrish mumkin.



Milliy iqtisodiyotning muhim tarmogʻi

Oʻzbekistonda turizm haqida soʻz borganda, birinchi navbatda, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi YUNESKO Butunjahon merosi roʻyxatidan oʻrin olgan shaharlar koʻz oldimizga keladi. Yurtimizdagi har bir shaharni borib koʻrish uchun yuzlab sabab topish mumkin. Toshkent, Qoʻqon, Andijon, Shahrisabz ' bu oxiri yoʻq zamonaviy sharq ertagi.

Soʻnggi yillarda yurtimizda turizmni milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri sifatida rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Mamlakatning boy tarixiy merosi, madaniy va tabiiy boyliklari, sogʻlomlashtirish turizmi imkoniyatlari hamda transport infratuzilmasining yaxshilanishi Oʻzbekistonni xalqaro turizm xaritasida yangi nuqtaga aylantirmoqda. Bu jarayon mehnat bozorida ham oʻz aksini topmoqda ' turizm yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi bandligini taʼminlash va iqtisodiy faollikni oshirishda muhim omilga aylanmoqda.

Turizm sohasi toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita ish oʻrinlari yaratadigan quvvatli tarmoq hisoblanadi. Otellar, xostellar, restoranlar, gidlar xizmati, transport, ekskursiya tashkilotchilari, hunarmandchilik va mahalliy savdo singari yoʻnalishlar aynan turizm tufayli ishchi kuchi talabini yaratib beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oxirgi 5-yil ichida sohaga bogʻliq xizmat koʻrsatish sohalarida yuz minglab yangi ish oʻrinlari yaratilgan. Bu, ayniqsa, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi turizm markazlarida aholining mehnat faolligini oshirishda muhim oʻrin tutadi. Shu bilan birga, turizmning rivojlanishi orqali ayollar va yoshlar bandligini taʼminlash imkoniyatlari ham kengaymoqda.

Turizmning rivojlanishi Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish gʻoyalariga hamohang. Turizm insonning qiziquvchanligini qondirib, uning maʼnaviy dunyosini boyitadi, jismonan sogʻlomlashtiradi, dam olish va yangi tajriba orttirish jarayonini uygʻunlashtirish imkonini beradi.



Yaqinda davlatimiz rahbari raisligida hududlarning turizm salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari muhokamasi boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda turizm xizmatlari eksporti 1,6 barobarga oshib, 3 milliard 500 million dollarga yetgani taʼkidlandi. Ushbu sohada 2 mingdan ziyod yangi tadbirkorlik subyektlari ish boshladi. Oʻtgan yili xorijiy sayyohlar tashrifi ilk bor 10 milliondan oshdi.

Hududlarda turizm va servis infratuzilmasi juda tez rivojlanyapti. Jumladan, soʻnggi sakkiz yilda turizm sohasiga 6 milliard 500 million dollar sarmoya kiritilib, 130 mingta mehmon oʻrni ochildi. Mamlakatda 20 ta turizm qishlogʻi faoliyat koʻrsatyapti. Boʻstonliq tumanida 'Amirsoy', 'Ugam River' kurortlari, turizm zonalari tashkil etildi. Parkent tumanidagi 'Oltin bel' choʻqqisida yangi xalqaro togʻ-changʻi zonasi barpo etilyapti. Bularning barchasi, jumladan, mamlakatimizning tarixi, madaniyati va boy tabiati sayyohlar kelishini 2-3 karra koʻpaytirish mumkinligini koʻrsatmoqda.

Boʻstonliq tumanidagi 'Chorvoq darvozasi' majmuasi turizmni rivojlantirish uchun istiqbolli maskanlardan biri hisoblanadi. Yana bir loyiha Yashnobod tumanida okeanarium qurishga qaratilgan. Yangi sayyohlik obyekti 20 gektar maydonni egallaydi. Uning yonida savdo-mehmonxona majmuasini qurish rejalashtirilgan boʻlib, bu 1,6 mingta ish oʻrni yaratish imkonini beradi. Shu bilan birga, Chorvoq suv ombori qirgʻogʻida 10 ta kichik zonalarga boʻlingan 'Sea Breeze Uzbekistan' xalqaro sayyohlik markazini qurish rejalashtirilmoqda. Ularning har biri bir qadam masofada joylashgan dam olish maskanlari va zarur xizmatlarni oʻz ichiga oladi. Davlatimiz rahbari markaz barcha tashrif buyuruvchilar uchun qulay boʻlishi lozimligini taʼkidlab, barcha zarur infratuzilma bilan taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Turizm sohasiga xususiy sektorni jalb qilish va biznes loyihalarni amalga oshirish, madaniy meros obyektlarini ijaraga berish mexanizmini takomillashtirish va ulardan tushadigan daromad hisobini raqamlashtirish boʻyicha masalalarni hal etish muhim.



Malakali kadrlar ' soha taraqqiyotini taʼminlovchi kuch

Turizm sohasidagi rivojlanish salohiyatiga qaramasdan, kadrlar bilan taʼminlanish boʻyicha ayrim muammolar ham yoʻq emas. Avvalo, mehmonxona menejment, turistik logistika, gidlik va turoperatorlik kabi aniq mutaxassisliklarda yetarli bilim va tajribaga ega kadrlar yetishmaydi.

Mavjud muammolarni bartaraf etish uchun kompleks yondashuv zarur. Birinchidan, taʼlim islohoti: turizmga ixtisoslashgan kollej va universitetlarda taʼlim dasturlarini bozor talablariga moslashtirish, kasbiy oʻquv kurslarini tashkil qilish zarur.

Ikkinchidan, amaliyot va stajirovkalarni kengaytirish masalasi: talabalar turizm obyektlarida amaliy tajriba orttirishi uchun 'dual education' (ikkala tomonlama taʼlim) tizimini samarali joriy etish oʻz natijasini beradi, albatta.

Uchinchidan, til bilimlarini oshirish va yanada mustahkamlash kerak. Bunda gidlar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun maxsus til kurslarini tashkil etish, onlayn taʼlim platformalaridan unumli foydalanish lozim.

Toʻrtinchidan, xususiy sektor bilan hamkorlik: Taʼlim muassasalari va xususiy turistik kompaniyalar oʻrtasida kelishuvlar asosida kadr tayyorlash va ishga joylashtirish tizimini yaratish maqsadga muvofiqdir.

Taʼkidlash joizki, Prezidentimizning 'Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori ushbu yoʻnalishdagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgani bilan gʻoyatda muhimdir.

Unga muvofiq, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat oliy taʼlim muassasalarida turizm va mehmonxona xoʻjaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy taʼlim dasturlari asosida yoʻlga qoʻyiladi va oʻquv jarayoni 'blok-modul' tizimiga asoslangan dual taʼlim shaklida tashkil etiladi. Bunda, oʻquv jarayonlarining nazariy va amaliy mashgʻulotlar ulushi:

birinchi bosqichda ' 80 foiz nazariy va 20 foiz amaliy;

ikkinchi bosqichda ' 50 foiz nazariy va 50 foiz amaliy;

uchinchi bosqichda ' 30 foiz nazariy va 70 foiz amaliy boʻlishi nazarda tutiladi.



Qolaversa, 2024-yil 1-avgustdan boshlab turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini amaliyot bilan birga olib borish maqsadida ularning hududlarida byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan amaliyot bazalarini (turoperator, turagent, gid-tarjimon, mehmonxona va turizm transporti xizmatlarini koʻrsatish obyektlari) belgilangan tartibda tashkil etishga ruxsat berildi.

2027-yil 1-yanvarga qadar turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarining amaliyot bazalarida koʻrsatilgan xizmatlar uchun foyda soligʻi ushbu soliq boʻyicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan stavkada toʻlanadi. Bunda, ushbu soliq imtiyozini qoʻllash natijasida boʻshaydigan mablagʻlar tashkil etilayotgan xizmatlar koʻrsatish obyektlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.

Mazkur qaror bilan 2024-2025-yillarda turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda oliy taʼlim muassasalari tomonidan hududlarda turizmni rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi. 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Samarqand shahridagi Xalqaro turizm akademiyasida mehmonxonalar va restoranlar uchun yuqori malakali xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

Sayyohlarga xizmat koʻrsatuvchi gid-tarjimonlar sonini oshirish maqsadida, oliy taʼlim muassasalari huzurida shartnoma asosida arab, yapon, xitoy, hind, ispan, italyan, koreys, urdu, indonez va malay tillarida xizmat koʻrsatuvchi gid-tarjimonlarni tayyorlash boʻyicha qoʻshimcha kurslar tashkil etilishi oʻz natijalarini berishi shubhasiz.

Xulosa oʻrnida

Turizm ' Oʻzbekiston iqtisodiyotining kelajakdagi drayver tarmoqlaridan biri boʻlib, mehnat bozoridagi oʻrni yildan yilga mustahkamlanib bormoqda.

Yangi ish oʻrinlari yaratilishi, hududiy rivojlanish va ijtimoiy barqarorlikka xizmat qilayotgan turizm sohasi, oʻz navbatida, yuqori malakali kadrlarga ehtiyoj sezmoqda. Ushbu muammoning yechimi taʼlim, davlat siyosati va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlikdadir. Faqat shundagina Oʻzbekistonda barqaror va raqobatbardosh turizm ekotizimini yaratish mumkin boʻladi. Buning uchun esa mamlakatimizda barcha imkoniyatlar mavjud.

Xurshida TOʻXTAYEVA,

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Mehnat iqtisodiyoti kafedrasi katta oʻqituvchisi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
26
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'53,03 soʻmga'tushdi va'12 886,90 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'100,30 soʻmga'pastladi va'14 625,34 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'tushib,'160,87 soʻmni'tashkil etdi.

13 May 14:38
 
49
0
xs.uz

Xitoy Oʻzbekistonga 3 oyda 680 mingga yaqin telefon sotdi

Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar'mart oylarida xorijdan 885,8 ming dona mobil telefon import qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.Keltirilgan telefonlarning umumiy qiymati 89,6 million AQSH dollarini tashkil etgan.Shu turdagi eng koʻp qurilma Xitoydan keltirilgan boʻlib, ularning umumiy soni 679,2 ming dona boʻlgan. Yirik import qiluvchilar orasida 2-oʻrinda 175,8 ming dona telefon bilan Vyetnam turibdi. 3-oʻrinni esa 15,5 mingta telefon bilan Birlashgan Arab Amirlik

31 May 08:50
 
19
0
xs.uz

Andijonda 100 ming dollar imtiyozli kredit olib berishini aytgan shaxs ushlandi

Qayd etilishicha, Departamentning Hazorasp tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro T.J. fuqaro O.B.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki Xorazm viloyati tijorat banklarida ishlovchi tanishlari orqali 1,5 mlrd soʻm imtiyozli kredit ajratilishida yordam berishi evaziga 150 mln soʻm pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Andijon viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro U.O. fuqaro B.M.ga goʻyoki Andijon shahar bank xizmat

13 May 14:38
 
38
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'14,77 soʻmga'tushib,'12 910,15 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'40,10 soʻmga'oshib,'14 660,77 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,16 soʻmga'tushdi va'159,78 soʻmni'tashkil qildi.