calendar 13 Jun 00:40
eye 31
comments 0
comments Manba: xs.uz

Krishtianu Ronaldu “Barselona” futbolchisi haqida: “U fenomen va buyuk kelajak kutayapti”

image
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu yosh ispaniyalik isteʼdod Lamin Yamal haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, Yamal kelajakda ham jamoaviy, ham shaxsiy sovrinlarga ega boʻladigan fenomen futbolchi hisoblanadi.

'Lamin kelgusida bir nechta jamoaviy va shaxsiy mukofotlar sohibi boʻladi. U fenomen. Uni ajoyib martaba kutmoqda. Millatlar ligasini bir necha bor yutishi mumkin', ' dedi Ronaldu. Shu bilan birga, u Lamin Yamalga hali 17 yosh ekanini inobatga olib, unga ortiqcha bosim oʻtkazmaslikni soʻradi. 'Men sizdan shuni soʻrayman. U erkinlikni his qilishi kerak', ' deya qoʻshimcha qildi portugaliyalik yulduz.

Maʼlumot uchun, kecha boʻlib oʻtgan Millatlar ligasi finalida Portugaliya terma jamoasi Ispaniyani penaltilar seriyasida magʻlub etdi. Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlangan boʻlsa, penaltilarda portugallar 5:3 hisobida gʻalaba qozonib, ushbu musobaqada ikkinchi bor bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.

Lamin Yamal esa ushbu bellashuvda Ispaniya safida maydonga tushdi va yosh boʻlishiga qaramay, katta ishonch bilan harakat qildi. Ronalduning qoʻllab-quvvatlovi Yamal uchun katta motivatsiya boʻlishi shubhasiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:40
 
1
0
xs.uz

Xalqimizni yanada birlashtirgan tarixiy yutuq

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-iyun kuni 'Bunyodkor' stadioniga tashrif buyurib, futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi o'yinini tomosha qildi.Bu oddiy o'yin emas, o'zbek futbolining katta bayrami. Jahon chempionati saralash bosqichining so'nggi uchrashuvi. Lekin mohir sportchilarimiz mundial yo'llanmasini muddatidan oldin naqd qilib qo'ygan ' O'zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor futbol bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etadi!Foto: Xasan Paydoyev / 'Xalq so'zi'

13 Jun 00:40
 
29
0
xs.uz

“Bayram bayramga ulandi”: Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichining soʻnggi tur oʻyinida Qatarni tor-mor qildi

JCH-2026 saralash bocqichi soʻnggi tur bahslari doirasidagi Oʻzbekiston ' Qatar uchrashuvi oʻz yakuniga yetdi. Ushbu uchrashuvda terma jamoamiz mundial yoʻllanmasini naqd qilgan jamoa sifatida maydonga chiqdi.Oʻyinning birinchi boʻlimi dastlabki daqiqalaridanoq hamyurtlarimiz ustunlikni oʻz tomoniga ogʻdira olishdi. Ketma-ket hujumlar natijasida, 28 daqiqaga kelib Azizbek Turgʻunboyev ikki nafar Qatar terma jamoasi himoyachilarini dogʻda qoldirgan holda chiroyli zarbasi bilan hisobni o

13 Jun 00:40
 
31
0
xs.uz

Krishtianu Ronaldu “Barselona” futbolchisi haqida: “U fenomen va buyuk kelajak kutayapti”

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu yosh ispaniyalik isteʼdod Lamin Yamal haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, Yamal kelajakda ham jamoaviy, ham shaxsiy sovrinlarga ega boʻladigan fenomen futbolchi hisoblanadi.'Lamin kelgusida bir nechta jamoaviy va shaxsiy mukofotlar sohibi boʻladi. U fenomen. Uni ajoyib martaba kutmoqda. Millatlar ligasini bir necha bor yutishi mumkin', ' dedi Ronaldu. Shu bilan birga, u Lamin Yamalga hali 17 yosh ekanini inobatga olib, u

13 Jun 00:40
 
28
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurib, futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻyinini tomosha qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-iyun kuni 'Bunyodkor' stadioniga tashrif buyurib, futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻyinini tomosha qildi.Bu oddiy oʻyin emas, oʻzbek futbolining katta bayrami. Jahon chempionati saralash bosqichining soʻnggi uchrashuvi. Lekin mohir sportchilarimiz mundial yoʻllanmasini muddatidan oldin naqd qilib qoʻygan ' Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor futbol boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etadi!Buni futbolsevar xalqimiz koʻp y