calendar 13 Jun 00:40
eye 30
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurib, futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻyinini tomosha qildi

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-iyun kuni 'Bunyodkor' stadioniga tashrif buyurib, futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻyinini tomosha qildi.

Bu oddiy oʻyin emas, oʻzbek futbolining katta bayrami. Jahon chempionati saralash bosqichining soʻnggi uchrashuvi. Lekin mohir sportchilarimiz mundial yoʻllanmasini muddatidan oldin naqd qilib qoʻygan ' Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor futbol boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etadi!

Buni futbolsevar xalqimiz koʻp yillar orziqib kutgan edi. Terma jamoamiz bundan oldin yetti marta saralashlarda qatnashib, mundialga chiqa olmagandi. Har doim yo taqvim, yo gollar nisbati, yo mahorat yetishmasligi sabab boʻlib qolaverardi.

Hech qanday sabab-bahonaga oʻrin qolmasligi uchun esa futbolchilar kuchli boʻlishi kerak, poydevor mustahkam boʻlishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi qarori bilan, 2018-2022-yillarda futbolni yanada rivojlantirish dasturi qabul qilingan edi. Isteʼdodli yoshlarni tanlash, keyinchalik professional etib tayyorlash hamda milliy terma jamoalar zaxirasini yaratish maqsadida 14 ta hududda bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyalari tashkil etildi. Mashgʻulot va musobaqalarda sifat oshdi. Murabbiylar, hakamlar va boshqa mutaxassislarga eʼtibor kuchaydi.

2019-yil 4-dekabrda Prezidentimiz 'Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida' farmon imzoladi. Unda klublar faoliyatini rivojlantirish, xalqaro darajadagi mutaxassislar tayyorlash, terma jamoalarning oʻquv-mashgʻulot jarayonini zamonaviy tashkil etish, mamlakatimizda nufuzli musobaqalar oʻtkazish maqsadlari belgilangan edi. 2023-yil 8-aprelda qabul qilingan ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishga oid Prezident qarori ham katta ahamiyatga ega boʻldi.

Bunday eʼtibor va tizim tufayli birin-ketin natijalar kela boshladi. 2018-yilda U-23 jamoamiz Xitoyda, 2023-yilda U-20 futbolchilarimiz Oʻzbekistonda oʻtgan musobaqalarda Osiyo chempionligini qoʻlga kiritdi. Yurtimizda FIFA va OFK dasturidagi turnirlarni oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi.

2024-yilda oʻzbek futboli rivojida yangi sahifa ochildi ' 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoamiz birinchi marta Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi.

Yutuq va xursandchiliklar bu yil ham davom etmoqda. Yaqindagina, aprel oyida Caudiya Arabistonida oʻtgan musobaqada 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarimiz Osiyo kubogini qoʻlga kiritib, jahon chempionatiga yoʻllanma olgan edi. Mana endi asosiy terma jamoamiz ham yangi tarix yaratdi.

Oʻzbekiston ushbu 3-saralash bosqichining 'A' guruhidan oʻrin olgan edi. Qariyb bir yil mobaynida Eron, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Qirgʻiziston, Shimoliy Koreya futbolchilari bilan bahs olib borildi. 5-iyun kuni oʻtgan BAA ' Oʻzbekiston oʻyinida durang qayd etildi. Natijada 9-tur yakunlariga koʻra, terma jamoamiz ochkolari soni 18 taga yetdi va jahon chempionatiga chiqish kafolatlandi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan yoʻllagan tabrigida futbolchilarimiz chinakam jasorat va matonat namunasini koʻrsatib, xalqimiz orzusini roʻyobga chiqarganini taʼkidladi.

Aminman, bu tarixiy yutuq xalqimizni ezgu maqsadlar yoʻlida yanada birlashtiradi, ming-minglab yoshlarimiz uchun ilhom manbaiga, ibrat timsoliga aylanadi, Yangi Oʻzbekistonning xalqaro obroʻ-eʼtiborini yanada oshirishga xizmat qiladi, ' dedi davlatimiz rahbari.

Chindan ham, bu tarixiy voqea butun xalqimizni birlashtirdi, quvontirdi. Shu bois ham soʻnggi turdagi Oʻzbekiston ' Qatar oʻyini bayramga aylanib ketdi.

Uchrashuv oʻz jonkuyarlari oldida oʻynagan hamyurtlarimizning toʻliq ustunligida oʻtdi. Yakunda Oʻzbekiston 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 6-iyundagi farmoniga muvofiq, Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgani, yosh avlodni sportga mehr va milliy gʻurur ruhida tarbiyalashga qoʻshgan hissasi uchun futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhi mukofotlangan edi. Oʻyindan keyin ushbu mukofotlarni topshirish marosimi boʻldi. Davlatimiz rahbari qahramon sportchilarimizga faxriy unvon, orden va medallarni topshirdi. Shuningdek, terma jamoamiz aʼzolari va mutaxassislariga BYD avtomobillari sovgʻa qilindi.

Prezidentimiz bilan oʻyinni Bolgariya Prezidenti Rumen Radev va Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumat rahbarlari birgalikda kuzatdi.

Futbol bayrami dronlar va mushaklar shousi bilan yakunlandi.

2026-yilgi jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadi. 48 ta jamoa 12 ta guruhga boʻlinib bahs olib boradi. Guruhlarda birinchi-ikkinchi oʻrinni egallaganlar hamda natijalari eng yaxshi 8 ta uchinchi oʻrin sohiblari keyingi bosqichga yoʻl oladi. Oʻzbekiston iftixori boʻlgan futbolchilarimizdan bu musobaqada ham yaxshi natijalar kutib qolamiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
98
0
xs.uz

Shaxsiy rekordini yangilagan hamyurtimiz

Gap shundaki, ayollar o'rtasida kechgan 400 metrga yugurish bahsida hamyurtimiz Jonbibi Hukmova bronza medaliga ega chiqdi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan sportchimiz finalda 52.79 soniya qayd etib, uchinchi bo'lib marraga yetib keldi.Qayd etish joiz, bu bilan J. Hukmova shaxsiy rekordini ham yangilashga erishdi.

17 May 21:48
 
39
0
xs.uz

Nodirbek Abdusattorov yana bir yirik turnirda ishtirokini boshladi

Bugundan Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida nufuzli 'Sharjah Masters 2025' shaxmat turniri oʻz boshlandi. Turnirda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda.Kecha Ruminiyaning Buxarest shahrida oʻz yakuniga yetgan 'Superbet Chess Classic' turnirining soʻnggi turida qatnashgan grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov dam olishga ulgurmasdan, bugun yangi musobaqaning ilk turida donalar surishni boshlaydi.U turnirda birinchi raqam ostida ta

17 May 21:48
 
340
0
xs.uz

Taysonni yenggan bloger endi Oleksandr Usikni nishonga oldi

Jeyk Pol va Oleksandr Usik oʻrtasida boʻlishi mumkin boʻlgan MMA jangi sport olamida katta qiziqish uygʻotmoqda. Blogerning biznes hamkori Nakisa Bidaryanning aytishicha, hozirda Pol va mutlaq ogʻir vazn toifasidagi jahon chempioni Oleksandr Usik jamoasi oʻrtasida 2026-yilda MMA jangini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.Usik avvalroq bir necha bor Jeyk Polni oktagonga chaqirgan edi. Endilikda bu chaqiriqlar jiddiy tus olyapti. Bidaryanning bayonotiga koʻra, Usik jamoasi

17 May 21:48
 
31
0
xs.uz

Jahon kubogida oʻzbekistonlik bokschilar nechta medal oldi?

Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Jahon kubogi musobaqasi yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi bokschilari yuqori natijalar qayd etib, yurtimiz sporti tarixiga yana bir yorqin sahifa qoʻshdi.Musobaqaning soʻnggi kunida yetti nafar sportchimiz final janglarida ringga chiqib, ulardan olti nafari oltin, biri esa kumush medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, ikki nafar bokschimiz bronza medali bilan taqdirlandi.Final janglarida -55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mi