Nodirbek Abdusattorov yana bir yirik turnirda ishtirokini boshladi

Kecha Ruminiyaning Buxarest shahrida oʻz yakuniga yetgan 'Superbet Chess Classic' turnirining soʻnggi turida qatnashgan grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov dam olishga ulgurmasdan, bugun yangi musobaqaning ilk turida donalar surishni boshlaydi.
U turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan boʻlib, bugungi 1-turda Hindiston vakili Panayappan Setxuraman bilan qora donalarda bahs olib bormoqda. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlangan.
Musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 73 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Nodirbek Abdusattorovdan tashqari 'Sharjah Masters' turnirida yana uch nafar grossmeysterimiz ' Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nighmatovlar ham qatnashyapti.
Ular ham sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib borishadi. Turnir shveysarcha tizimda oʻtkaziladi va jami 9 turdan iborat boʻladi. Har bir partiyaga 90 daqiqa asosiy vaqt va har bir yurishga 30 soniyalik qoʻshimcha vaqt belgilanadi.
Ishtirokchilar orasida Nodirbek Abdusattorovdan keyin ikkinchi raqamli favorit sifatida niderlandiyalik kuchli grossmeyster Anish Giri qayd etilgan. Bu esa turnir darajasi va raqobat kuchini yanada oshiradi. 'Sharjah Masters' bugungi kunda Osiyo va Yevropa shaxmatchilari uchun eng muhim xalqaro maydonlardan biriga aylangan.
Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas
Ertaga tongda Shahram Gʻiyosov argentinalik bokschiga qarshi ringga koʻtariladi
Toshkent vaqti bilan, 13-aprel kuni tongda AQSHning Nyu-Jersi shtati, Atlantik-Siti shahrida professional boks oqshomi oʻtkaziladi. Bu haqida Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.Ahamiyatlisi shundaki, boks kechasi doirasida yarimoʻrta vazn toifasidagi charm qoʻlqop ustasi, hamyurtimiz Shahram Gʻiyosov argentinalik Franko Maksimiliano Okampoga qarshi ringga koʻtariladi.Bugun, 12-aprel tongida bokschilar tarozidan oʻtish marosimida ishtirok etishdi. 31 yoshli bokschimiz
Murodjon Ahmadaliyevning Naoya Inoue bilan jangi qaysi sanada oʻtkazilishi maʼlum qilindi
Ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA Interim chempioni boʻlib turgan Murodjon Ahmadaliyev vaznning mutlaq chempioni Naoya Inouega qarshi ringga koʻtariladi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi rasmiy Telegram kanali.Unga koʻra, ushbu jang tashkil qilinishi uchun 4-may tongida Las-Vegasda boʻlib oʻtadigan boks oqshomida Inoue amerikalik Ramon Kardenasni, Ahmadaliyev esa hozircha nomaʼlum boʻlgan raqibi ustidan gʻalaba qozonishlari talab qilinadi.'Naoya Inoue
Yunon-rum kurashi: medallar bor, biroq bu yetarli emas
Musobaqaning so'nggi ikki kunida erkin kurash bahslari bo'lib o'tdi. Afsuski, bu galgi Osiyo chempionati ushbu yo'nalishdagi sportchilarimiz uchun omadsiz tugadi.Shu tariqa, musobaqada yunon-rum kurashchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, qizlarimiz esa 1 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi.