calendar 12 Apr 21:16
eye 81
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ertaga tongda Shahram Gʻiyosov argentinalik bokschiga qarshi ringga koʻtariladi

image
Toshkent vaqti bilan, 13-aprel kuni tongda AQSHning Nyu-Jersi shtati, Atlantik-Siti shahrida professional boks oqshomi oʻtkaziladi. Bu haqida Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.

Ahamiyatlisi shundaki, boks kechasi doirasida yarimoʻrta vazn toifasidagi charm qoʻlqop ustasi, hamyurtimiz Shahram Gʻiyosov argentinalik Franko Maksimiliano Okampoga qarshi ringga koʻtariladi.

Bugun, 12-aprel tongida bokschilar tarozidan oʻtish marosimida ishtirok etishdi. 31 yoshli bokschimiz Shahram Gʻiyosov 67,6 kilogramm tosh bosgan boʻlsa, 28 yoshli argentinalik Franko Okampo esa 69,4 kilogramm natija qayd etdi. Hamyurtimiz raqibidan deyarli 2 kilogramm yengilroq vazn meʼyoriga ega ekani maʼlum boʻldi.

Avvalroq, har ikkala bokschi media tadbirda ishtirok etib, rasmiy 'face to face' marosimida qatnashgan edi.

Maʼlumotlarga koʻra, Shahram Gʻiyosov hamda Franko Maksimiliano Okampo ohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endrtasidagi jang'mazkur boks oqshomini ochib beradi.

Atlantik-Siti shahrida oʻtkaziladigan mazkur professional boks oqshomining asosiy jangi yarimoʻrta vaznda IBF chempioni Jeyron Ennis hamda WBA kamari sohibi Eymantas Stanionis oʻrtasida kechadi. Har ikki chempion ham belgilangan vazn meʼyorini bajarishgan. Ushbu jang gʻolibi vakant boʻlib turgan 'The Ring' chempionlik kamariga ham ega chiqadi.

Taʼkidlash joizki, asosiy jang natijasi biz uchun ham ahamiyatli sanaladi. Sababi Shahram Gʻiyosov oʻz jangida gʻalabaga erishsa, asosiy jang gʻolibiga qarshi ringga koʻtarilish huquqini qoʻlga kiritadi.

Maʼlum boʻlishicha, bokschimiz aynan mana shunday shart bilan ushbu boks kechasida jang oʻtkazishga rozilik bildirgan.

Maʼlumot uchun, vakilimiz professional faoliyati davomida 16 bor ringga koʻtarilib, ularning barchasida zafar quchgan. U soʻnggi jangini 2024-yilning 31-iyulida Migel Parraga qarshi oʻtkazib, hakamlar qarori bilan gʻalaba qozongandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:48
 
33
0
xs.uz

“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

4 ta shart bo'yicha bahs olib borgan 9 ta fakultet jamoalari orasida quyidagi natijalar qayd etildi:1-o'rin ' Ingliz filologiyasi fakultetining 'Zulfikor' jamoasi;2-o'rin ' Tarjimonlik fakultetining 'To'maris nafasi' jamoasi;3-o'rin ' Ingliz tili 2-fakultetining 'Jasorat elchilari' jamoasi.Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar taqdirlandi:'Eng ijodkor jamoa' ' Rus filologiyasi fakultetining 'Qalqon' jamoasi;'Eng hamjihat jamoa' ' Ingliz tili 1-fakultetining 'Turon zamin qizl

08 Jun 02:27
 
149
0
xs.uz

Xalqimiz 33 yil va 278 kun kutgan kun yoxud Oʻzbekiston Jahon chempionatida!

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarixiy yutuqqa erishib, ilk bor FIFA Jahon chempionatiga yoʻl oldi. Bu uchun Birlashgan Arab Arab Amirliklari bilan 0:0 oʻynash yetarli boʻldi.2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika davlatlarida boʻlib oʻtadi. Bu musobaqa tarixda ilk bor uchta davlatda birgalikda oʻtkazilishi bilan ajralib turadi. Turnirda 48 ta jamoa ishtirok etadi. Musobaqa davomida 104 ta oʻyin oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Hozir

17 May 21:48
 
34
0
xs.uz

Jahon kubogida oʻzbekistonlik bokschilar nechta medal oldi?

Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Jahon kubogi musobaqasi yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi bokschilari yuqori natijalar qayd etib, yurtimiz sporti tarixiga yana bir yorqin sahifa qoʻshdi.Musobaqaning soʻnggi kunida yetti nafar sportchimiz final janglarida ringga chiqib, ulardan olti nafari oltin, biri esa kumush medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, ikki nafar bokschimiz bronza medali bilan taqdirlandi.Final janglarida -55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mi

17 May 21:48
 
35
0
xs.uz

“Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda

Xususan, 5-may kuni talaba-yigitlar o'rtasida badminton sport turi bo'yicha universitet birinchiligi o'tkazildi. Musobaqada 50 dan ortiq sportchilar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Mazkur bellashuvlar kelajakda nufuzli sport musobaqalari uchun sportchilar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.6-may kuni esa talaba-qizlar o'rtasida basketbol sport turi bo'yicha universitet birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda 60 dan ziyod sportchilar ishtirok etib, yuqori sport mahorat