calendar 04 Apr 16:20
eye 78
comments 0
comments Manba: xs.uz

Murodjon Ahmadaliyevning Naoya Inoue bilan jangi qaysi sanada oʻtkazilishi maʼlum qilindi

image
Ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA Interim chempioni boʻlib turgan Murodjon Ahmadaliyev vaznning mutlaq chempioni Naoya Inouega qarshi ringga koʻtariladi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi rasmiy Telegram kanali.

Unga koʻra, ushbu jang tashkil qilinishi uchun 4-may tongida Las-Vegasda boʻlib oʻtadigan boks oqshomida Inoue amerikalik Ramon Kardenasni, Ahmadaliyev esa hozircha nomaʼlum boʻlgan raqibi ustidan gʻalaba qozonishlari talab qilinadi.

'Naoya Inoue hamda Murodjon Ahmadaliyev jangi shu yilning14-sentyabr sanasida Yaponiya poytaxti Tokio shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilyapti', ' deydi Ahmadaliyevning menejeri Vadim Kornilov.

Eslatib oʻtamiz, Avvalroq, charm qoʻlqop ustamiz Naoyaga murojaat qilib, istalgan joyda, hatto raqibining vatanida boʻlsa ham jang oʻtkazishga tayyorligini aytgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:40
 
321
0
xs.uz

Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj

5-iyun ' bu sana endi Oʻzbekiston futbol tarixi sahifalarida zarhal harflar bilan yoziladi. Mana shu kunda futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi bahsdan soʻng ilk bor Jahon Chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.'Xalq soʻzi' muxbiri ushbu unutilmas kechaning eng taʼsirli lahzalarini kamera obyektiviga muhrladi.Sardorbek POYONOV, Otabek SAIDAHMADOV 'Xalq soʻzi'

13 Jun 00:40
 
87
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurib, futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻyinini tomosha qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-iyun kuni 'Bunyodkor' stadioniga tashrif buyurib, futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻyinini tomosha qildi.Bu oddiy oʻyin emas, oʻzbek futbolining katta bayrami. Jahon chempionati saralash bosqichining soʻnggi uchrashuvi. Lekin mohir sportchilarimiz mundial yoʻllanmasini muddatidan oldin naqd qilib qoʻygan ' Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor futbol boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etadi!Buni futbolsevar xalqimiz koʻp y

31 May 08:50
 
44
0
xs.uz

“Sport – tinchlik elchisi” musobaqasi mamlakatimiz talabalarini birlashtirdi

Marosimda so'z olgan rasmiylar oliy va diniy ta'lim muassasalari o'rtasida sportni ommalashtirish, talabalarni sog'lom turmush tarzi va jismoniy faollikka jalb qilish, ta'lim muassasalari o'rtasida sportni targ'ib qilish orqali do'stona aloqalarni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlashdi.Musobaqa doirasida yoshlar mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka, kibersport, kurash, arqon tortish, tosh ko'tarish kabi turlar bo'yicha bellashishmoqda.Shuningdek, sport sohasid

17 May 21:48
 
584
0
xs.uz

Taysonni yenggan bloger endi Oleksandr Usikni nishonga oldi

Jeyk Pol va Oleksandr Usik oʻrtasida boʻlishi mumkin boʻlgan MMA jangi sport olamida katta qiziqish uygʻotmoqda. Blogerning biznes hamkori Nakisa Bidaryanning aytishicha, hozirda Pol va mutlaq ogʻir vazn toifasidagi jahon chempioni Oleksandr Usik jamoasi oʻrtasida 2026-yilda MMA jangini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.Usik avvalroq bir necha bor Jeyk Polni oktagonga chaqirgan edi. Endilikda bu chaqiriqlar jiddiy tus olyapti. Bidaryanning bayonotiga koʻra, Usik jamoasi