Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi

Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.
Rasmiylar, shuningdek, 'Boeing' samolyotlarini ijaraga olgan aviakompaniyalarga yordam koʻrsatish imkoniyatini ham koʻrib chiqmoqda va ular yuqori xarajatlarga duchor boʻlishi mumkin.
Qoʻshimcha qilinishicha, ushbu samolyotlarning baʼzilarini yetkazib berish va toʻlash boʻyicha hujjatlar Xitoy tomonidan 11-aprelda eʼlon qilingan va 12-apreldan kuchga kirgan javob tariflaridan oldin yakunlanishi mumkin va bu samolyotlar mamlakatga kiritilishi mumkin.
Shu yilning 2-aprel kuni AQSH prezidenti Donald Tramp boshqa davlatlardan import qilinadigan mahsulotlarga 'oʻzaro' bojlar joriy etish haqidagi farmonni imzoladi. Uning bazaviy stavkasi 10 foiz, ayrim davlatlar uchun esa yuqori tariflar joriy etildi. Biroq, 9-aprel kuni Xitoydan tashqari qolgan davlatlar uchun oshirilgan stavkalar 90 kunga muzlatildi.
Savdo urushidagi bir qator qadamlardan soʻng, AQSHning Xitoy mahsulotlariga qoʻshimcha 'oʻzaro' tarifi 125 foizga yetdi va Xitoyning AQSH mahsulotlariga javob tarifi ham 125 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari, Qoʻshma Shtatlar Xitoyga sintetik giyohvand moddalarga qarshi kurashda yetarli darajada saʼy-harakatlarni amalga oshirmaganlikda ayblab, ushbu mamlakat tarifiga yana 20 foiz qoʻshdi.
Tramp 36 ta davlat fuqarolarini AQSHga kirishini cheklamoqchi. Ular orasida Oʻzbekiston ham bormi?
AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati yana 36 ta davlat fuqarolari uchun viza taqiqlari yoki kirish cheklovlarini joriy etishni koʻrib chiqmoqda. Bu joriy oy boshida eʼlon qilingan sayohat cheklovlarini keskin kengaytirish boʻladi. 'The Washington Post' nashrining yozishicha, hujjat 60 kun ichida belgilangan talablarga javob bermagan mamlakatlar uchun qisman yoki toʻliq kirish taqiqlari kiritilishini nazarda tutadi.Yangi roʻyxatga kiritilgan davlatlar orasida 25 ta Afrika mamlakati, Kar
Garvardda oʻqishni xohlovchi xorijliklarning AQSHga kirishi cheklandi
AQSH prezidenti Donald Tramp Garvard universitetida oʻqish yoki uning almashinuv dasturida qatnashishni xohlovchi xorijliklarning mamlakatga kirishini kamida olti oyga chekladi. Bu haqda Oq uy veb-saytida eʼlon qilingan bayonotda aytib oʻtildi.AQSH Taʼlim vazirligi 15-aprel kuni Garvard universitetiga grant sifatida taqdim etiladigan 2,2 milliard dollar miqdoridagi mablagʻdan mahrum qilishini eʼlon qildi.22-may kuni AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem universitet xorijlik talabalarni
Polshaning saylangan prezidenti Ukraina boʻyicha kutilmagan bayonot berdi
Polshaning saylangan prezidenti Karol Navroskiy Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga tezlashtirilgan qabul qilinishiga qarshi chiqdi. Bu haqda u Vengriyaning 'Mandiner' jurnaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Hozirda men Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishiga qarshiman', ' deydi u. Navroskiyning taʼkidlashicha, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga aʼzoligi Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti va qishloq xoʻjaligiga zarar yetkazadi.'Saylov kampaniyasi davomida men prezident sifatida Polsha qishloq
AQSH va Xitoy “savdo urushida” tanaffus oldi
Dushanba kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari va Xitoy qoʻshma bayonot chiqarib, oʻzaro tariflarni 90 kunga pasaytirish toʻgʻrisidagi kelishuvni eʼlon qildi. Bayonotda ikkala tomon ham barqaror, uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli iqtisodiy va savdo munosabatlarining muhimligini tan olgani keltirilgan.AQSH va Xitoy rasmiylari ushbu hafta oxirida Shveysariyaning Jeneva shahrida kengroq potensial savdo kelishuvi boʻyicha muzokaralarga asos yaratish uchun muhokamalar oʻtkazdi.Prezident Donald Tram