calendar 13 May 14:38
eye 143
comments 0
comments Manba: xs.uz

AQSH va Xitoy “savdo urushida” tanaffus oldi

image
Dushanba kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari va Xitoy qoʻshma bayonot chiqarib, oʻzaro tariflarni 90 kunga pasaytirish toʻgʻrisidagi kelishuvni eʼlon qildi. Bayonotda ikkala tomon ham barqaror, uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli iqtisodiy va savdo munosabatlarining muhimligini tan olgani keltirilgan.

AQSH va Xitoy rasmiylari ushbu hafta oxirida Shveysariyaning Jeneva shahrida kengroq potensial savdo kelishuvi boʻyicha muzokaralarga asos yaratish uchun muhokamalar oʻtkazdi.

Prezident Donald Trampning aprel oyida eʼlon qilingan tarif choralari ikki iqtisodiy gigant oʻrtasida tobora kuchayib borayotgan savdo urushini, bozorlarni izdan chiqarish va AQSHning tanazzulga uchrashi qoʻrquvini kuchaytirdi.

'Biz 90 kunlik tanaffus va tarif stavkalarini sezilarli darajada pasaytirish boʻyicha kelishuvga erishdik. Ikkala tomon, oʻzaro tariflarini 115 foizga pasaytiradi', ' deydi AQSH moliya vaziri Skott Bessent.

AQSH Savdo vakili Jeymison Grirning qoʻshimcha qilishicha, tomonlar kelishuv boʻyicha 10 foizlik oʻzaro tariflarni saqlab qoladi.

'Ushbu kelishuv bilan biz oʻzaro tarif stavkamiz AQSH tomonida 10 foizgacha tushirishga kelishib oldik. Xitoy ham, oʻz navbatida, stavkani 115 foizdan 10 foizgacha pasaytirmoqda va oʻzlari qabul qilgan qarshi choralarni bekor qilmoqda', ' dedi Grir.

'Oʻzgarishlar chorshanba kunidan kuchga kiradi', deyiladi AQSH va Xitoyning qoʻshma bayonotida.

Xitoyning rasmiy davlat axborot agentligi 'Sinxua' tomonidan eʼlon qilingan xabarda Pekin dushanba kungi kelishuvda belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilganidan soʻng tomonlar iqtisodiy va savdo aloqalari boʻyicha munozaralarni davom ettirish mexanizmini yaratishi aytiladi.

'Ushbu muhokamalar navbatma-navbat Xitoy va AQSHda yoki tomonlarning kelishuviga binoan uchinchi davlatda oʻtkazilishi mumkin', ' deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, tomonlar zaruratga qarab, tegishli iqtisodiy va savdo masalalari boʻyicha ishchi darajadagi maslahatlashuvlar oʻtkazishi mumkin.

Oʻz navbatida, Xitoy Bosh vaziri oʻrinbosari Xe Lifen AQSH bilan savdo muzokaralarida katta istiqbol va muhim konsensusga erishilganini aytdi.

Oq uy esa hech qanday tafsilotlarni keltirmasdan, kelishuvga erishilganini bildirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
46
0
xs.uz

Tramp Kanadaning oldiga ikki shart qoʻydi: “Oltin Gumbaz” yoki AQSH tarkibi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada 'Oltin Gumbaz' raketalarga qarshi mudofaa tizimida ishtirok etmoqchi boʻlsa, 61 milliard dollar toʻlashi kerakligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, agar Kanada AQSH tarkibiga qoʻshilishni tanlasa, mazkur tizimga bepul kirish imkoniga ega boʻladi.Tramp bu haqda 'Truth Social' tarmogʻidagi postida maʼlum qilib, Kanada 'Oltin Gumbaz' tizimiga qoʻshilishni qatʼiy istashini va hozirda taklifni koʻrib chiqayotganini aytdi. Uning ushbu bayonoti Kanada parl

31 May 08:50
 
35
0
xs.uz

Isroil keng koʻlamli hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda

AQSHning Isroildagi elchisi Stiv Uitkoff CNN telekanaliga bergan intervyusida Gʻazoga nisbatan oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish boʻyicha kelishuv muhokama qilinishayotganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur kelishuv urushni tugatishga olib kelishi mumkin. Uitkoff HAMASdan taklifni qabul qilishni soʻragan.Taklifga koʻra, garovdagilarning yarmi (tiriklar va halok boʻlganlar) ozod qilinadi, evaziga vaqtinchalik oʻt ochish toʻxtatilib, keyin keng qamrovli su

31 May 08:50
 
34
0
xs.uz

AQSH sudi Tramp qoʻygan bojlarni toʻxtatish haqida qaror chiqardi

Sud qaroriga koʻra, Tramp bu tariflarni joriy etar ekan oʻz vakolatlaridan foydalanishda chegaradan oshib ketgan. Maʼmuriyat 10 kun ichida tariflarni bekor qilish jarayonini yakunlashi kerak.Uch nafar sudyadan iborat hayʼat qarorida aytilishicha, u 1977-yildagi Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar toʻgʻrisidagi qonunga asoslanib, AQSHda favqulodda holat eʼlon qilib, katta tariflar joriy qilgan vaqtida oʻz vakolatlaridan chetga chiqqan.Shuningdek, AQSH Konstitutsiyasiga koʻra, Kongres

31 May 08:50
 
40
0
xs.uz

Nodirjon Turgʻunov Oʻzbekistonning Iordaniyadagi elchisi etib tayinlandi

Oʻzbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan elchisi Nodirjon Turgʻunov ushbu mamlakat TIVga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' axborot agentligi.Maʼlum qilinishicha, kecha, 28-may kuni Nodirjon Turgʻunov Iordaniya Tashqi ishlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash vazirligi bosh kotibi Majid al-Qatarna bilan uchrashgan. Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Iordaniya munosabatlarini jadallashtirish, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashk