calendar 31 May 08:50
eye 5
comments 0
comments Manba: xs.uz

Nodirjon Turgʻunov Oʻzbekistonning Iordaniyadagi elchisi etib tayinlandi

image
Oʻzbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan elchisi Nodirjon Turgʻunov ushbu mamlakat TIVga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' axborot agentligi.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 28-may kuni Nodirjon Turgʻunov Iordaniya Tashqi ishlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash vazirligi bosh kotibi Majid al-Qatarna bilan uchrashgan. Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Iordaniya munosabatlarini jadallashtirish, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar doirasidagi oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Ikki doʻst davlat oʻrtasida mustahkam tarixiy va madaniy aloqalar mavjudligi alohida taʼkidlangan.

Siyosiy muloqotni kengaytirish istiqbollari, jumladan, turli darajadagi oʻzaro tashriflarni tashkil etish va qoʻshma tadbirlar, xususan, tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlar va hukumatlararo komissiya majlislarini oʻtkazish orqali muhokama qilingan.

'Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi aloqalarni faollashtirish va qoʻshma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishdan oʻzaro manfaatdorlik bildirdilar. Iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish boʻyicha aniq takliflar koʻrib chiqildi. Madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, sayyohlik almashinuvini koʻpaytirishga alohida eʼtibor qaratildi', deyiladi xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, alq diplomatiyasini mustahkamlashning muhim vositasi sifatida Oʻzbekiston va Iordaniya poytaxtlarida Madaniyat kunlarini oʻtkazish zarurligi qayd etilgan.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1993-yil 15-fevral kuni oʻrnatilgan.

Eslatib oʻtamiz, Nodirjon Turgʻunov 2024-yilning mart oyida Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi, 2025-yil aprel oyida esa bir vaqtning oʻzida mamlakatimizning Bahrayndagi birinchi elchisi etib tayinlangan edi. Shuningdek, u Oʻzbekistonning Islom hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili sifatida ham akkreditatsiyadan oʻtgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
55
0
xs.uz

Kolumbiyada xavfli kasallik tarqalishi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi

Kolumbiyada sariq isitma avj olgani sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Jaramillo 'Senal Colombia' telekanali orqali maʼlum qildi.'Prezident Gustavo Petro boshchiligidagi hukumat mamlakatda sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat eʼlon qildi', dedi u oʻz chiqishida.Vazirning taʼkidlashicha, Kolumbiyada 74 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 34 tasi oʻlim bilan yakunlangan.

13 May 14:38
 
28
0
xs.uz

Baydenda salomatlik bogʻliq muammo aniqlandi

AQSHning sobiq prezidenti Jo Baydenga prostata bezida kichik oʻzgarish tashxisi qoʻyildi. Bu haqda 'The New York Times' gazetasi siyosatchining vakiliga tayanib xabar berdi.'Sobiq prezident oʻtgan juma kunini prostata bezida qoʻshimcha tekshiruvni talab qiladigan kichik oʻzgarish aniqlanganidan keyin Filadelfiya kasalxonasida oʻtkazdi', ' deyiladi xabarda.Baydenning sogʻligʻi va keyingi davolanishi haqida qoʻshimcha maʼlumot berilmagan.Avvalroq, internet foydalanuvchilari Baydenning qo

16 Apr 09:12
 
74
0
xs.uz

AQSHda Putinning yozda Ukrainada gʻalaba qozonish rejalari oshkor qilindi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada 2025-yil yozida muzokaralarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan jabhada gʻalaba qozonishini kutmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda.Nashr mualliflarining yozishicha, Kreml AQSH prezidenti Donald Trampning amaldagi maʼmuriyatining qatʼiyatsizligini yaxshi biladi.Shu bilan birga, Putin 'Tramp oxir-oqibatda tishsiz va uni vaziyatni yumshatishdan bosh tortgani uchun samarali jazolamasligini tushunadi', deyiladi maqolada.Nashrning yozishicha, Putin Tram

15 Apr 07:06
 
56
0
xs.uz

AQSH Kongressida Trampga iqtisodiyotni oʻrganishi maslahat berildi

AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati XXI asr iqtisodiyoti haqida tushunchaga ega emas. Bu haqda kaliforniyalik demokrat kongressmen Ro Xanna aytib oʻtdi.'Men ularda XIX asrning MakKinli (Uilyam MakKinli AQSHning 25-prezidenti ' tahr.) siyosati borligini tushunaman, lekin ular XXI asr iqtisodiyotini tushunish kerak', ' deydi siyosatchi.Shuningdek, u Oq uyning mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusi allaqachon barbod boʻlayotganini taʼkidladi. Bunga misol sifatida Xanna Tramp