calendar 13 May 14:37
eye 60
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fargʻona davlat texnika universitetida “Yoshlar texnoparki” tashkil etildi

image
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Maʼlumki, Fargʻona davlat texnika universitetida taʼlim jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Universitet qoshida tashkil etilgan spin-off kompaniyalari professor-oʻqituvchilar, magistr va talabalarni viloyatdagi yirik sanoat korxonalari hamda tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda ilmiy va innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etishga keng jalb qilmoqda.

Shu bilan birga, dual taʼlim tizimi asosida startap loyihalarni ishlab chiqarishda qoʻllash, buyurtma asosida yangi mahsulotlar yaratish, ularni patentlash va sifat sertifikatlari olish boʻyicha quvonarli yutuqlar qoʻlga kiritilmoqda. Universitetda aqlli svetoforlar, innovatsion yoʻl belgilari, mikro GESlar hamda sanoat korxonalari uchun yangi uskunalar ishlab chiqilmoqda.

Bu jarayonlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, yosh olimlar, mustaqil izlanuvchilar va talabalar faoliyatini umumlashtirish maqsadida oliy taʼlim muassasasi hududida 'Yoshlar texnoparki' tashkil etildi. Ushbu tashabbus Fargʻona yoshlarining startap loyihalarini roʻyobga chiqarishda ilmiy-amaliy bazani mustahkamlashga xizmat qiladi.

Texnoparkning ochilish marosimida viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari tadqiqotchilari va yosh ixtirochilar oʻz innovatsion ishlanmalari va loyihalarini taqdim etdilar. Tadbir davomida yaqin istiqbolga doir maqsadlar, yangi rejalar xususida fikr almashildi.

' 'Yoshlar texnoparki' 8 yoʻnalishda faoliyat olib boradi, ' deydi Fargʻona davlat texnika universiteti talabasi Foziljon Qodirberganov. ' Jumladan, 3D modellashtirish, IT dasturlash, sunʼiy intellekt, elektrotexnika va robototexnika kabi yoʻnalishlar shular jumlasidandir.

Texnopark yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini yuksaltirish, innovatsion faoliyatini ragʻbatlantirishda muhim poydevor vazifasini oʻtaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
16
0
xs.uz

Obod mahallada obod koʻngil boʻladi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Bugun mamlakatimizda mahallalar qiyofasi yangilanib bormoqda. Koʻp qavatli uylar, koʻcha va yoʻlaklar taʼmirlanib, hududlar obodonlashtirilmoqda. Davlatimiz rahbari qaysi viloyatga tashrif buyurmasin, uyma-uy yurib har bir oilaning talab-istaklarini oʻrganish, muammosi boʻlsa yordam berish, tadbirkorlarni jalb etib, ishchi joylar yaratish zarurligini taʼkidlamoqda. Bu yerdagi odamlarning ham bola-chaqasi, ertangi kundan umidlari bor. Mamlakatimizdagi oʻzga

18 Jun 21:55
 
25
0
xs.uz

SamDU dunyoning eng yaxshi TOP-600 oliy taʼlim muassasalari qatoridan joy oldi

Samarqand davlat universiteti 2024-yilda Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib QS Stars reytingida 5 yulduzni qoʻlga kiritgan va dunyodagi eng yuqori baholangan universitetlar qatoriga qoʻshilgan edi.​Dunyoning eng nufuzli Times Higher Education reyting agentligining Impact Ranking-2025-yil natijalari eʼlon qilindi. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mazkur nufuzli reytingda dunyoning eng yaxshi TOP-600 oliy taʼlim muassasalari qatoridan joy oldi.2024-yilda ushbu reytin

13 May 14:37
 
45
0
xs.uz

Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi

Maʼlum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 5-may kuni qabul qilingan 78-son farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi.Farmonga koʻra, akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib davlat xizmatchilarining malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash, shuningdek, boshqaruv kadrlarini magistratura va oliy taʼli

13 Jun 09:59
 
85
0
xs.uz

Boʻstonliqda kuchli shamol oqibatida “dom”lardan birining tom qismi uchib ketdi (+video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida sodir boʻlgan kuchli shamol oqibatida uylarning tom qismi uchib ketgani aks etgan videolar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi izoh berdi.Bildirilishicha, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, viloyat hokimligi va FVDT tarkibiga kiruvchi korxona, tashkilotlar kuch vositalari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan hamda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan.Aniqlanishicha, sodir boʻlgan kuchl