calendar 18 Jun 21:55
eye 5
comments 0
comments Manba: xs.uz

Obod mahallada obod koʻngil boʻladi

image
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Bugun mamlakatimizda mahallalar qiyofasi yangilanib bormoqda. Koʻp qavatli uylar, koʻcha va yoʻlaklar taʼmirlanib, hududlar obodonlashtirilmoqda. Davlatimiz rahbari qaysi viloyatga tashrif buyurmasin, uyma-uy yurib har bir oilaning talab-istaklarini oʻrganish, muammosi boʻlsa yordam berish, tadbirkorlarni jalb etib, ishchi joylar yaratish zarurligini taʼkidlamoqda. Bu yerdagi odamlarning ham bola-chaqasi, ertangi kundan umidlari bor. Mamlakatimizdagi oʻzgarishlarni, qabul qilinayotgan dasturlar natijasini oʻz uylarida sezishni xohlaydi.

Andijonda mahallalar infratuzilmasini shakllantirish uchun 'Obod mahalla' dasturiga muvofiq iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan sharoiti ogʻir hududlar tanlab olindi. Baliqchidagi Zulfiqor mahallasida 2300 nafar aholi istiqomat qiladi. Bu manzilda deyarli barcha yoʻnalishlarda muammolar toʻplanib qolgandi. Ishsizlik, kambagʻallik, kommunal sohalardagi masalalar yechimini kutib turgandi.



' Mahallamizdagi yoʻllar abgor, elektr taʼminotidagi uzilishlar koʻp kuzatilardi, ' deydi shu mahallada yashovchi Ibrohimjon Qamchiyev. ' Dastlab yoʻlga katta eʼtibor qaratildi. 6 km.dan iborat asosiy yoʻlga asfalt bosilgach, texnik vositalarning erkin harakatlanishlari uchun qulaylik yaratildi. Yoʻl chetidan piyodalar uchun alohida yoʻlak qurilishi ayniqsa, ota-onalarning xursandchiligiga sabab boʻldi. Boisi, endi ularning koʻngli toʻq: farzandlari maktabga bemalol, xavotirsiz borib keladigan boʻldi. Mahallamiz eng namunali hududlardan biriga aylandi.



' Yoʻlning ikki chetiga tok ekilib, soʻritoklar qurib berildi, ' deydi tadbirkor Zuhraxon Ashurmatova. ' Tomorqamiz katta boʻlgani uchun yiliga 50-60 million soʻm daromad olamiz. Koʻchamizga ekilgan toklar kelgusida qoʻshimcha daromad manbaiga aylanadi. Sababi, hisob-kitob qilib koʻrsak, uzum hosilidan bir yilda 10 million soʻmgacha daromad olsak boʻlarkan. Vaholanki, bu yer bir umr foydalanilmay, bekor yotgandi. Bir kaft maydon shuncha daromad berishini bilib olgach, tomorqamizdan ham oʻrinli foydalanishga kirishdik. Shu hovlimizning oʻzi katta daromad manbaiga aylandi.



' Hududning ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 70 foizdan iborat edi, ' deydi 'Andijon suv taʼminoti' AJ xodimi Marhaboxon Nasriddinova. ' Ayrim koʻchalarda yashovchi aholi suvni maʼlum masofadan tashib kelishiga toʻgʻri kelardi. Hududda ichimlik suvi taʼminotiga doir muammolarning ijobiy yechimini taʼminlash maqsadida 10,5 km. masofaga yangi suv quvuri tortilib, 1 ta quduq ishga tushirildi. Har bir xonadonga suv joʻmraklari oʻrnatildi. Amalga oshirilgan loyiha ishlaridan soʻng suvlashganlik darajasi 85 foizga yetkazildi.



' Turmush hayotimizda suvning ahamiyati katta, ' deydi shu mahallada istiqomat qiluvchi Ozodaxon Ahmedova. ' Elektr energiyasida uzilish boʻlsa, darrov sham yoqamiz. Tabiiy gaz boʻlmay qolsa oʻtindan foydalanish mumkin. Suv boʻlmasa-chi? Uning muqobil turi yoʻq-ku! Shu bois suv taʼminotiga doir qurilish ishlaridan xursandmiz. Yaqin-yaqinda ham suvni qoʻshni koʻchalardan tashib kelardik. Endi boʻlsa suv joʻmraklari xonadonimizga oʻrnatib berildi. Undagi suv hisoblash uskunalarining ham afzallik jihatlari koʻp. U orqali nafaqat suvni, balki suv uchun toʻlanadigan pulimizni ham 4-5 barobarga iqtisod qilsak boʻladi.

Mahallada elektr taʼminoti bilan bogʻliq muammolar ham bartaraf etildi. Buning uchun ikkita yangi transformator, 100 ta eski simyogʻochlarni yangi temir beton ustunlarga almashtirish ishlariga kirishildi.

' Mahallamizda aholi bandligini taʼminlash, doimiy daromad manbaiga ega qilish, kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha ham samarali ishlar yoʻlga qoʻyilgan, ' deydi mahalla raisi Obidjon Qosimov. ' Tomorqachilik, dehqonchilik va chorvachilik yoʻnalishlarida yangicha islohotlarni joriy etishga kirishganmiz. Buning uchun viloyatimizdagi namunali mahallalarda boʻlib, tajriba almashib keldik. Ilgʻor ish uslublarini oʻzimizda qoʻllash orqali aholi daromadini oshirishga erishmoqdamiz. Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash natijasida yangi ish oʻrinlarini tashkil etishga erishyapmiz. Mahalladoshimiz Mohiroʻyo Soyibnazarovaga moliyaviy koʻmak berish orqali 20 nafar xotin-qizlar bandligi taʼminlandi. Ular orqali tayyorlangan tikuvchilik mahsulotlari ichki bozorda xaridorgir.



' Ushbu korxonaning aynan mahallamizda tashkil etilgani ayni muddao boʻldi, ' deydi tikuvchi Sohibaxon Tillayeva. ' Ilgari faqat dalada ishlab, daromad topish mumkin edi. Hozir qulay sharoitlarga ega boʻlgan sexda mehnat qilyapmiz. Buning afzallik jihatidan biri ishimizning doimiyligidir. Yil davomida mehnat qilib, tayin daromad olish imkoniga egamiz. Oylik maoshlarimiz oʻrtacha 3 million soʻmni tashkil etyapti.

Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, soʻnggi ikki yilda mahallada kambagʻallar va ijtimoiy nochor oilalar soni 50 foizga qisqargan. Yil boshidan buyon 250 million soʻmlik kredit mablagʻlari ajratildi. Yil yakuniga qadar bu koʻrsatkich yanada ortadi. Bunday xayrli ishlar yurt obodligini taʼminlab qolmasdan, yurtdoshlarimizning bugunidan minnatdor boʻlib yashashiga sabab boʻlmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
84
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroportida qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni 'Toshkent-Sharqiy' aeroporti qurilishini koʻzdan kechirdi.Mamlakat ravnaq topib, jozibadorligi oshgani sari tashqi aloqalar, investitsiyalar oqimi koʻpayib boradi. Shunday iqtisodiy oʻsish surʼatini inobatga olib, yurtimizda transportning barcha tarmoqlari rivojlantirilmoqda. Bu, oʻz navbatida, yana ishbilarmonlik aloqalari jadallashishiga sharoit yaratmoqda.Jumladan, 'Toshkent-Sharqiy' aeroporti ham qayta qurilmoqda. Avvalo, 4 kilometr uzunlikdagi

17 May 21:46
 
365
0
xs.uz

Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

2025-yil 16-may kuni qabul qilingan 'Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonunga (OʻRQ-1063-son) muvofiq, tadbirkorlik subyektlariga bir qator soliq imtiyozlari taqdim etildi. Ushbu oʻzgartirishlar pivo va tamaki mahsulotlari savdosi, parrandachilik sohasi hamda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga tegishli.Qonunga koʻra, endilikda pivo va pivo ichimliklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar bel

17 May 21:46
 
363
0
xs.uz

Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp — Shavkat Mirziyoyev

Soʻnggi yetti yilda bogʻchalar bilan qamrov 700 mingdan 2,3 millionga yetkazildi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 7 mingta davlat va 31 mingdan ziyod xususiy bogʻchalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.'Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp. Bogʻchalar nafaqat tarbiya, balki bolada taʼlim olish uchun ilk koʻnikmalarni shakllantiradigan maskanga aylani

17 May 21:46
 
363
0
xs.uz

Bundan buyon tuman MMTB rahbarlari sohaga bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlarga jalb qilinmaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonchalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm obyektlari imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish zarurligi taʼkidlandi.Mutasaddilarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari oʻtkazish, madaniyat va istirohat bogʻlarida sanʼat ko