calendar 18 Jun 21:55
eye 81
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroportida qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni 'Toshkent-Sharqiy' aeroporti qurilishini koʻzdan kechirdi.

Mamlakat ravnaq topib, jozibadorligi oshgani sari tashqi aloqalar, investitsiyalar oqimi koʻpayib boradi. Shunday iqtisodiy oʻsish surʼatini inobatga olib, yurtimizda transportning barcha tarmoqlari rivojlantirilmoqda. Bu, oʻz navbatida, yana ishbilarmonlik aloqalari jadallashishiga sharoit yaratmoqda.

Jumladan, 'Toshkent-Sharqiy' aeroporti ham qayta qurilmoqda. Avvalo, 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qoʻnish yoʻlagi yangilanib, eng ogʻir samolyotlarni ham qabul qilish quvvatiga ega boʻldi. Hozirgi kunda yuqori martabali mehmonlar hamda biznes-aviatsiya uchun 2 ta terminal, perron va angarlar barpo etilmoqda.

Aeroport noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish-qoʻnishni taʼminlovchi ICAO III-A toifasidagi ilgʻor radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi. Yopiq angarlarda samolyotlar soz va xavfsiz saqlanishi uchun zamonaviy sharoitlar taʼminlanadi.

Eng muhimi, qulay joylashuvi bilan aeroport poytaxtimiz va Yangi Toshkent shahri uchun istiqbolli bandargoh, Toshkent viloyatining turizm salohiyatida qoʻshimcha afzallik boʻladi.

Davlatimiz rahbari aeroportning texnik imkoniyatlari, terminallarning dizayniga oid taqdimot bilan tanishdi. Qurilishni jadallashtirish, investorlarga sharoit yaratish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
37
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi

Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a

15 Jun 10:46
 
24
0
xs.uz

Qashqadaryoda soxta profilaktika inspektori qoʻlga olindi

Maʼlum boʻlishicha, Qarshi shahrida yashovchi shaxs oʻzini hududiy profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqaroga uning ustidan ariza tushganligi hamda qoʻlida turli foto va videotasvirlar borligini aytib uni boʻlimga chaqirgan.Ayol borolmasligini maʼlum qilgach ushbu shaxs ayoldan ishini hal qilib berishi uchun 500 dollar talab qilgan.Uning soʻzlariga ishongan ayol shaxsiy maʼlumotlari oshkor boʻlmasligi uchun soxta profilaktika inspektorining plastik kartasiga pullarni oʻtkazib be

13 May 14:37
 
63
0
xs.uz

Қурилиш компанияси фуқарога вақтида топширилмаган уй пулини қайтарди

Тошкент шаҳар Яшнобод туманидаги кўп квартирали уйлардан хонадон харид қилган фуқарога уй вақтида топширилмагани сабабли қилинган тўлов қайтарилди. Бу ҳақда Рақобат қўмитаси хабар қилди.Унга кўра, харидор аввалдан уй учун 387 миллион сўм тўлов қилган, аммо бир йилу уч ой ў

31 May 08:49
 
33
0
xs.uz

Dam olish kunlari havo harorati asta-sekin koʻtariladi

'Oʻzgidromet' agentligi 30-31-may va 1-iyun kunlari respublika hududida qanday ob-ha kuzatilishini'maʼlum qildi.Unga koʻra, dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida ertaga, 31-iyun kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati shanba kuni 28-31 darajagacha, yakshanba kuni 32-35 darajagacha asta-sekin koʻtariladi.Ushbu kunlarda respublika shimolida, janubida va choʻl hududl