Feruza tosh boʻlsam daryolaringda,
Hayit oyi boʻlsam samolaringda,
Mehr-u vafo ' koʻrar dunyolaringda,
Seni yomon koʻzdan asramoq uchun!
Ostonangda yotgan iting boʻloyin,
Naslingni pok tutgan suting boʻloyin,
Koʻzingdagi hurlik oʻting boʻloyin,
Baland togʻlarda burguting boʻloyin,
Seni gʻanim koʻzdan asramoq uchun!
Soʻzim bor ' savashda qilich boʻloli,
Shaxdim bor ' quvvati birinch boʻloli,
Yaxshi-yomoningda ilinj boʻloli,
Ipak jonim metindan sinch boʻloli,
Seni ofat koʻzdan asramoq uchun!
Faqat sen koʻzimga boqib tur, Vatan,
Onamday yelkamga qoqib tur, Vatan,
Qalbimda daryoday oqib tur, Vatan,
Boshimda Humoday balqib tur, Vatan,
Meni gumon soʻzdan asramoq uchun!
Seni yomon koʻzdan asramoq uchun!
Umr buhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end
Umr bu ' Allohdan bizga omonat,
Allohning farzi bor aziz jonlarda,
Omonatga qilma hargiz xiyonat.
Umr ' yombi oltin, bugʻdoy doniday
Maydalama uni tegirmonlarda,
Allohning farzi bor aziz jonlarda.
Omonatga hargiz qilma xiyonat,
Uni pullab yurma mayxonalarda,
Umr ' bu Allohdan qarzi qiyomat.
Umr ' bu toledan baraka, xirmon,
Yellarga sovurma, tufroqqa sochma,
Allohning mulki bul har don, har somon.
Gʻurbat-gʻiybatlarga talosh aylama,
Yoʻlingda uchragan nokas-u nodon
Kimsalarni unga farrosh aylama.
Senga bir hadiyat bul feruza tosh,
Oʻzing zargarisan, zahhobi ' oʻzing,
Qalloblarni-da sangtarosh aylamahtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end
Umr ' bu Allohdan bizga omonathtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end
Oydin HOJIYEVA,
Oʻzbekiston xalq shoiri.
Teatr san’ati rivoji yo‘lidagi muhim qadam
Festival doirasida teatr jamoasi 'Bremen musiqachilari' spektaklini namoyish qilib, xalqaro tomoshabinlar e'tiborini qozondi. Shu bilan birga, yosh tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.Mazkur ishtirok'O'zbekiston teatr san'ati rivoji yo'lida muhim qadam bo'lib, mahalliy ijodkorlarning xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatini namoyon etadi.
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj
Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra