“Umida” (Fudziyama haqida tush) filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Premerada taniqli kinoijodkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va san'at ixlosmandlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida film mazmuni, g'oyasi va dolzarbligi haqida chuqur fikrlar bildirildi.
Film voqealari o'z kasbiga sodiq, insonlarga chin dildan yordam beruvchi psixolog-shifokor, mehribon ona va kuchli ayol ' Umida hayoti orqali jamiyatdagi muhim ijtimoiy masalalarga e'tibor qaratadi.
Bu obraz orqali tomoshabinlar hayot, fidoyilik, va insoniy qadriyatlar haqida teran o'yga cho'madi.
Filmda Feruza Saidova, Mahliyo Asqaraliyeva, Otabek Musayev, Karim Mirxodiyev, Fotima Rejametova, Baxriddin Abdullayev, Ubaydulla Omon, Nigora Karimboyeva, Ra'no Shodiyeva kabi iqtidorli aktyorlar ishtirok etgan. Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor ' Zulfiqor Musoqov.
Film tomoshabinlarda chuqur mazmun, yuksak aktyorlik mahorati va kuchli dramatik tasvirlar orqali katta taassurot qoldirdi.
Teatr san’ati rivoji yo‘lidagi muhim qadam
Festival doirasida teatr jamoasi 'Bremen musiqachilari' spektaklini namoyish qilib, xalqaro tomoshabinlar e'tiborini qozondi. Shu bilan birga, yosh tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.Mazkur ishtirok'O'zbekiston teatr san'ati rivoji yo'lida muhim qadam bo'lib, mahalliy ijodkorlarning xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatini namoyon etadi.
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj
Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra