calendar 12 Apr 21:16
eye 33
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkent suv diplomatiyasi boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga mezbonlik qiladi

image
Joriy yilning 10-aprel kuni Toshkentda 'Markaziy Osiyoda suv diplomatiyasi: barqaror rivojlanish yoʻlida ishonch, muloqot va koʻp tomonlama hamkorlik' mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi, deb xabar bermoqda 'Dunyo' axborot agentligi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu tadbir Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Oʻzbekiston Suv xoʻjaligi vazirligi va 'TIQXMMI' Milliy tadqiqot universiteti hamda 'Fridrix Ebert' nomidagi jamgʻarma, Suv resurslarini boshqarish xalqaro instituti, Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati koʻmagida tashkil etiladi.

Mazkur tadbir 10 dan ortiq mamlakatdan 100 dan ziyod ishtirokchilarni birlashtiradi va ilk bor Orol dengizi havzasiga yondosh davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo, Afgʻoniston strategik institutlari, suv xoʻjaligi idoralari ekspertlarini hamda Osiyo, Yevropa, MDH davlatlari mutaxassislarini bir yerga toʻplaydi.

Anjumanda Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalar vakillari, 15 ga yaqin xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar delegatsiyalari, jumladan, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi, BMTning Afgʻonistonga koʻmak koʻrsatish boʻyicha missiyasini, Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi, Davlatlararo suv xoʻjaligi muvofiqlashtirish komissiyasining ilmiy-axborot markazi, Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi va boshqalar etishi kutilmoqda.

Shuningdek, mazkur konferensiya Markaziy Osiyo mamlakatlarining suv diplomatiyasi konseptual asoslarini ishlab chiqishga muhim hissa qoʻshib, mintaqa davlatlarining xalqaro suv hamkorligi kun tartibini shakllantirishdagi faol ishtirokchi sifatidagi mavqeyini mustahkamlaydi.

'Forum 'TIQXMMI' Milliy tadqiqot universitetining 90-yilligini nishonlash doirasida oʻtkaziladi. Unda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatdan kelgan 300 ga yaqin mahalliy va xorijiy olimlar ishtirok etadi', ' deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

VATANPARVARLIK RUHIDA

Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda

04 Apr 16:19
 
39
0
xs.uz

Dunyoning elektr skuter ishlab chiqaruvchi yetakchi “Yadea” kompaniyasi Toshkentda flagman doʻkonini ochdi

Jahonning mashhur ikki gʻildirakli transport vositalari ishlab chiqaruvchisi sanalgan 'Yadea' brendi endi Oʻzbekistonda ham faoliyat boshladi. Bu ayni brend uchun muhim qadam boʻlib, aholiga zamonaviy va ishonchli elektr skuter va elektron velosipedlarni taqdim etadi. 'Yadea' ushbu yoʻnalishda 8-yildan buyon ketma-ket dunyoda sotuvlar boʻyicha yuqori oʻrinlarni egallamoqda. Endilikda oʻzbek xaridorlari kompaniyaning innovatsion mahsulotlari bilan shaxsan tanishishi mumkin.Doʻkon Toshkent

20 Mar 12:50
 
46
0
postda.uz

«QIZIL» HUDUDLARDA PROFILAKTIKA

Jumladan, tumandagi «Do‘stlik», «Olmazor», «Duoba», «Shaffof» va «Muzrabot darvoza» mahallalari «qizil» toifaga kiritilgan. Ushbu hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish uchun hamkorlikdagi mutasaddi xodimlar tun-u kun xizmat qilishmoqda. – Mahallalarda ijtimoiy profilaktikani tizimli yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayapti, – deydi tuman IIB JTSG katta inspektori, kapitan Qahramon Mo‘minov. – Misol uchu

20 Mar 12:54
 
35
0
xs.uz

Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, 14 foiz darajasida belgiladi

Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 20-martdagi yigʻilishida asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, yillik 14 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqida Markaziy bankning rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.Taʼkidlanishicha, bu qaror 'inflyatsion bosimlarning yuqori saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi fonida' qabul qilingan.Ushbu qaror kelgusi oylarda kutilayotgan inflyatsion xatarlarni inobatga olib, inflyatsion