calendar 20 Mar 12:50
eye 71
comments 0
comments Manba: postda.uz

«QIZIL» HUDUDLARDA PROFILAKTIKA

image

Jumladan, tumandagi «Do‘stlik», «Olmazor», «Duoba», «Shaffof» va «Muzrabot darvoza» mahallalari «qizil» toifaga kiritilgan. Ushbu hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish uchun hamkorlikdagi mutasaddi xodimlar tun-u kun xizmat qilishmoqda. 

– Mahallalarda ijtimoiy profilaktikani tizimli yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayapti, – deydi tuman IIB JTSG katta inspektori, kapitan Qahramon Mo‘minov. – Misol uchun, tumanning «Shaffof» mahallasida tungi o‘rganishlar olib borildi. Mahalla hududi­dagi ko‘chalarni yoritish chiroqlari bilan ta’minlash, aholi turarjoylari va savdo nuqtalariga kameralar o‘rnatish choralari ko‘rildi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha «mahalla yettiligi»ga vazifalar yuklatildi. Mahallada «Namunali xavfsiz ko‘cha» va «Namunali xavfsiz yo‘lak»lar tashkil etilmoqda. 

Bundan tashqari, «Shaffof» mahallasi hududiga shaxsni tanib oluvchi va avtotransport vositalarining raqamini identifikatsiya qiluvchi 4 ta maxsus kamera o‘rnatildi. Aholi yashash xonadonlariga esa fav­qulodda holatda xabar berish uchun mo‘ljallangan «SOS» tugmalari o‘rnatilmoqda. 

«Qizil» toifadagi har bir mahallada huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyilligi bor yoki bundan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar bilan individual tarzda suhbatlar olib borilayotir. Jarayonda fuqarolarning muammolari aniqlanib, ular bo‘yicha mahalla faollariga profilaktika inspektorlari tomonidan 

47 ta xulosa berildi. Xususan, nizoli oilalarni yarashtirish, ishsizlarni ish bilan ta’minlash, o‘quv kurslariga jalb qilish choralari ko‘rilyapti. Shuningdek, profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etish va jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy-maishiy muammolari ham joylarda o‘rganilib, bartaraf etilmoqda. 

Feruza Rahmonqulova,

o‘z muxbirimiz.

Surxondaryo viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
62
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 16 tuman jadal kompleks rivojlantiriladi

Unga koʻra, sanoat ishlab chiqarishi 7'8 foizga, xizmatlar hajmi 15'17 foizga, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi esa 4'5 foizga oshiriladi. Ishsizlik darajasi 4'5 foizga, kambagʻallik esa 5'6 foizga kamaytiriladi. Qoʻngʻirot, Asaka, Gʻallaorol, Denov tumanlari va Margʻilon shahri ishsizlik va kambagʻallikdan holi hududlarga aylantiriladi.Shu yilning 1-iyuliga qadar tumanlarning ishlab chiqilganiga 10-yildan oshgan bosh rejalarni 3 ta toifadagi (renovatsiya, rekonstruksiya va konservats

13 May 14:38
 
28
0
xs.uz

Dollar kursi pastlashda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'29,80 soʻmga'tushib,'12 880,35 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'125,30 soʻmga'pastlab,'14 535,47 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'3,10 soʻmga'tushdi va'156,68 soʻmni'tashkil qildi.

04 Apr 16:19
 
61
0
xs.uz

Dunyoning elektr skuter ishlab chiqaruvchi yetakchi “Yadea” kompaniyasi Toshkentda flagman doʻkonini ochdi

Jahonning mashhur ikki gʻildirakli transport vositalari ishlab chiqaruvchisi sanalgan 'Yadea' brendi endi Oʻzbekistonda ham faoliyat boshladi. Bu ayni brend uchun muhim qadam boʻlib, aholiga zamonaviy va ishonchli elektr skuter va elektron velosipedlarni taqdim etadi. 'Yadea' ushbu yoʻnalishda 8-yildan buyon ketma-ket dunyoda sotuvlar boʻyicha yuqori oʻrinlarni egallamoqda. Endilikda oʻzbek xaridorlari kompaniyaning innovatsion mahsulotlari bilan shaxsan tanishishi mumkin.Doʻkon Toshkent

04 Apr 16:19
 
69
0
xs.uz

Dollar kursi tushishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,20'soʻmga'tushib,'12 915,00'soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'25,24'soʻmga'pastlab,'13'957,24'soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,97 soʻmga'oshdi va'153,55 soʻmni'tashkil qildi.