Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko'lamini kengaytirish, fuqarolarning daromadlarini izchil oshirib borish siyosatini davom ettirish hamda ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida qaror qilaman:
I.'Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish
1.'2025-yil 1-iyuldan'boshlab pensiyalar va nafaqalar hamda kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to'lovlari miqdorlari 10'foizga oshirilsin. Bunda:
(a)'yoshga doir eng kam pensiya miqdori ' oyiga 918'000 so'm etib;
(b)'nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori ' oyiga 1'012'000 so'm etib;
(v)'kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
(i)'3 yoshgacha bo'lgan bitta kichik farzandi uchun ' 360'000 so'm, 3 yoshdan 18'yoshgacha bo'lgan bitta farzandi uchun ' 275'000 so'm;
(ii)'oilaning ikkinchi farzandi uchun qo'shimcha ' 165 000 so'm;
(iii)'oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo'shimcha ''110 000 so'm etib;
(g)'kam ta'minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori ' 420'000 so'm etib;
(d)'fuqarolarga to'lanadigan boshqa pensiyalar va nafaqalar miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin.
2.'2025-yil 1-avgustdan'boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish'haqi va stipendiyalar miqdori 10'foizga oshirilsin.
II. Bazaviy miqdorlarni belgilash
3. Quyidagilar:
(a)'2025-yil 1-iyuldan'boshlab pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori ''oyiga 471'000 so'm etib;
(b)'2025-yil 1-avgustdan'boshlab:
(i)'mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori ' oyiga 1'271'000 so'm;
(ii)'bazaviy hisoblash miqdori ' 412'000 so'm etib belgilansin.
III. Moliyaviy resurslar
4. Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilishi bilan bog'liq xarajatlar O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan qoplansin.
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, ta'minlash va nazorat
5. Ish beruvchilarga ish haqi miqdorini qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoridan kam bo'lmagan holda to'lashni ta'minlab, ish haqi miqdorini mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoriga muvofiq oshirish tavsiya etilsin.
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O'zbekiston Milliy axborot agentligi, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu Farmonning maqsadi, vazifalari va'undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini ta'minlash uchun mas'ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o'rinbosari J.A. Qo'chqorov belgilansin.
8. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas'ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.'Mirziyoyev
Hafta boshida xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati qanday boʻladi?
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 9-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 54,29 soʻmga tushdi va 12 777,52 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 15,80 soʻmga pasaydi va 14 590,65 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 2,21 soʻmga tushib, 161,54 soʻmni tashkil etdi.
Togʻlar orasidan vodiy sari yoʻl — “Qamchiq” dovonidan fotoreportaj
'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi bu safar Andijon viloyatiga xizmat safari uyushtirdi. Yoʻlimiz, tabiiyki, Oʻzbekistonning eng muhim va betakror maskanlaridan biri ' 'Qamchiq' dovonidan oʻtdi.Dovon oʻzining goʻzalligi, tabiat bilan uygʻunlashgan zamonaviy yoʻl infratuzilmasi hamda har faslda har-xil tus oluvchi manzaralari bilan kishini hayratga soladi. Bahorning soʻnggi kunlari boʻlishiga qarmay dovonidagi salqin havo kishiga oʻzgacha huzur bagʻishlaydi.Do
Uch oyda 15 mingdan ortiq oʻzbekistonlikka ipoteka kreditlari ajratildi
Unga koʻra, ajratilgan mablagʻlarning 3 trillion soʻmi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va 1,1 milliard soʻmi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan. Bundan tashqari, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan ham 310 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgan.Shu yilning uch oyi davomida Oʻzbekistonning 15 033 nafar fuqarosi ipoteka kreditlarini olgan boʻlib, ularning 63 foizi erkaklarga berildi. 75 foiz holatda kredit oluvchilar mablagʻni yangi qurilgan uylar uchun o
Xivada oʻtkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali davom etmoqda (+fotoreportaj)
Kecha, 26-aprel kuni Xivaning qadimiy Ichan qalʼasida IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtgan edi. Bu sana anʼanaviy sanʼat va madaniyatni sevuvchilar uchun unutilmas kun boʻlgani shubhasiz. Festivalning ochilish kunida baxshilar oʻzining betakror dostonlari, kuy-qoʻshiqlari va xalq ogʻzaki ijodi namunalari bilan turkiy xalqlarning qadimiy ohangiga yangi ruh bagʻishladilar.Bugun, 27-aprel sanasida ushbu festivalning ikkinchi kuni ham ko