Xivada oʻtkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali davom etmoqda (+fotoreportaj)

Kecha, 26-aprel kuni Xivaning qadimiy Ichan qalʼasida IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtgan edi. Bu sana anʼanaviy sanʼat va madaniyatni sevuvchilar uchun unutilmas kun boʻlgani shubhasiz. Festivalning ochilish kunida baxshilar oʻzining betakror dostonlari, kuy-qoʻshiqlari va xalq ogʻzaki ijodi namunalari bilan turkiy xalqlarning qadimiy ohangiga yangi ruh bagʻishladilar.
Bugun, 27-aprel sanasida ushbu festivalning ikkinchi kuni ham koʻtarinki kayfiyatda boshlandi. Koʻxna Xorazmning Ichan qalʼasida kun davomida bir-biridan qiziqarli tadbirlar tashkil etildi. Folklor ansambllarining chiqishlari mehmonlarga ulkan zavq va ilhom bagʻishladi.
Festivalga tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar va ishtirokchilar qalʼaning betakror manzarasida, xalq sanʼati va madaniyatini oʻz koʻzlari bilan koʻrishdi. Tadbirlar davomida nafaqat Xorazmning eng goʻzal tarixi, balki butun turkiy dunyoning koʻpgina xalqlari tomonidan oʻziga xos tarzda yaratilgan musiqalar va sheʼrlar ham oʻqildi, tinglandi.
Taʼkidlash joizki,
Festivalning har bir lahzasi, har bir voqeasi nafaqat yurtimiz, balki xorijiy mehmonlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan yaqindan kuzatilib, yoritib borilmoqda.
'
'
'
Otabek SAIDAHMADOV 'Xalq soʻzi'
Soʻmning dollarga nisbatan qadri ketma-ket beshinchi kun ortdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 12-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 27,81 soʻmga tushdi va 12 646,56 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 8,99 soʻmga pasaydi va 14 461,34 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,35 soʻmga tushib, 160,88 soʻmni tashkil etdi.
Dollarning oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati oshdi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'44,89 soʻmga'oshdi va'12 980,16 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'239,57 soʻmga'koʻtarildi va'14 606,57 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'yuqorilab,'161,63 soʻmni'tashkil etdi.
Ozarbayjon – Oʻzbekiston investitsiya kompaniyasi moliyalashtirishda nimalarga eʼtibor qaratmoqda?
Ozarbayjon ' Oʻzbekiston investitsiya kompaniyasi (AUIC) 2023 yilda Ozarbayjon va Oʻzbekiston hukumatlarining qoʻshma tashabbusi bilan tashkil etildi. 500 million dollar ustav kapitali bilan u ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikda yangi yoʻnalishni kashf etmoqda. AUICning asosiy maqsadi ' har ikkala respublika iqtisodiyotining rivojlanishi va gullab-yashnashiga qoʻshma loyihalarni amalga oshirish orqali koʻmaklashish. Shuningdek, turli miqyos va sohalardagi kompaniyalarni bevosi
Hafta boshida xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati qanday boʻladi?
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 9-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 54,29 soʻmga tushdi va 12 777,52 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 15,80 soʻmga pasaydi va 14 590,65 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 2,21 soʻmga tushib, 161,54 soʻmni tashkil etdi.