calendar 01 Jul 04:28
eye 4
comments 0
comments Manba: xs.uz

Imtiyozli bemorlar uchun davolanish narxi optimallashtirilishi orqali 80 milliard soʻm tejaldi

image
Davlat byudjeti hisobidan imtiyozli toifadagi fuqarolarga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar narxi optimallashtirilishi natijasida katta miqdordagi mablagʻlar tejab qolinib, qoʻshimcha tibbiy xizmatlar koʻrsatishga imkon yaratildi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, 2023'2024-yillar davomida maxsus tibbiyot markazlari tomonidan taqdim etilgan xizmat narxlari tahlil qilinib, ayrim ortiqcha xarajatlar qisqartirildi. Natijada xizmatlarning bazaviy narxi oʻrtacha 5 ' 20 foizgacha pasaygan.

2023-yilda ushbu oʻzgarishlar hisobiga 60 milliard soʻm tejalib, qoʻshimcha 5 ming bemorga yordam koʻrsatilgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2024-yilda 80 milliard soʻmni tashkil etib, yana 6 mingga yaqin bemor davolanish imkoniga ega boʻldi.

Taʼkidlash joiz, prezidentning 2024-yil 5-sentyabrdagi qaroriga koʻra, sogʻliqni saqlash sohasidagi narxlar va kasalliklar roʻyxati tegishli vazirlik hamda tashkilotlar bilan kelishilgan holda yangilanmoqda.

Avvalroq Misr hukumati tomonidan Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan 'Sofosbuvir-400 mg' dori vositasining joriy yildagi toʻrtinchi partiyasi Toshkentga yetkazilgani haqida xabar qilgandik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
180
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 19-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 49,51 soʻmga tushdi va 12 618,63 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 124,10 soʻmga pasaydi va 14 516,47 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,32 soʻmga tushib, 160,83 soʻmni tashkil etdi.

18 Jun 21:55
 
175
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 12 ming 700 soʻmdan tushdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 18-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 46,99 soʻmga tushdi va 12 668,14 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 89,91 soʻmga pasaydi va 14 640,57 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,60 soʻmga tushib, 161,15 soʻmni tashkil etdi.

31 May 08:50
 
39
0
xs.uz

Prezident mutasaddilarga zargarlik sohasini chuqur tahlil qilishni topshirdi

Asillik inspeksiyasi Soliq qoʻmitasi va Bosh prokuratura bilan birgalikda zargarlik sohasida qatʼiy nazorat oʻrnatadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.'Ochiq aytish kerak, tartib-intizom, shaffof tizim boʻlmagan sohada 'katta sakrash' qilib boʻlmaydi. Shuncha sharoitdan keyin ham 'soya'da ishlayotganlarga nisbatan qonun ustuvorligi taʼminlanadi', dedi Prezident.Yigʻilishda shuningdek, tadbirkorlar zargarlik buyumini Asillik inspeksiyas

18 Jun 21:55
 
182
0
xs.uz

Dollarning rasmiy kursi sezilarli darajada pasaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 17-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 45,08 soʻmga tushdi va 12 715,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 25,61 soʻmga koʻtarildi va 14 730,48 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 1,67 soʻmga koʻtarilib, 161,75 soʻmni tashkil etdi.