calendar 31 May 08:50
eye 9
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident mutasaddilarga zargarlik sohasini chuqur tahlil qilishni topshirdi

image
Asillik inspeksiyasi Soliq qoʻmitasi va Bosh prokuratura bilan birgalikda zargarlik sohasida qatʼiy nazorat oʻrnatadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.

'Ochiq aytish kerak, tartib-intizom, shaffof tizim boʻlmagan sohada 'katta sakrash' qilib boʻlmaydi. Shuncha sharoitdan keyin ham 'soya'da ishlayotganlarga nisbatan qonun ustuvorligi taʼminlanadi', dedi Prezident.

Yigʻilishda shuningdek, tadbirkorlar zargarlik buyumini Asillik inspeksiyasidan tamgʻalatib, kirim qilishiga bir oy vaqt berilishi belgilandi.

Umuman, mutasaddilarga sohani chuqur tahlil qilib, 'xomashyo ' ishlab chiqarish ' savdo' zanjiridagi barcha ishtirokchilarni 'soya'dan chiqib ishlashini ragʻbatlantiradigan tizim ishlab chiqish topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq zargarlik sanoatida ishlatiladigan uskunalar va ularni butlovchi qismlari import bojidan ozod qilinishi haqida xabar berilgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
65
0
xs.uz

Yanvar va fevral oylarida qancha mashina import qilingan?

Bunda eng koʻp mashina Xitoydan keltirilgan boʻlib, 3 149 donani tashkil etdi. Keyingi oʻrinlarda 1 191 dona avtomobil bilan Koreya Respublikasi va 32 dona yengil mashina bilan Yaponiya turibdi. Eng kam import qilingan avtomobillar soni 8 ta bilan Meksikaga toʻgʻri keldi.Dastlabki ikki oyda import qilingan avtomobillarning umumiy qiymati 75,9 million dollarni tashkil etdi.Taʼkidlash joiz, 2024-yilning mos davrida import qilingan mashinalar soni 17 553 dona bo'lgandi.

12 Apr 21:15
 
48
0
xs.uz

Jahon bozorida neft narxi yuqoriladi

Unga koʻra, mazkur holat oʻtgan haftadagi kuchli narxlar pastlashishidan soʻng tiklanish boʻldi. Qiymat pasayishiga AQSHning yangi boj tariflari global iqtisodiyotda inqiroz keltirib chiqarishi va neftga boʻlgan talabni kamaytirishi haqidagi xavotirlar sabab boʻlgandi.Brent neftining bir barreli 65,02 dollarni, WTI nefti esa 61,61 dollarni tashkil etdi. Tahlilchilarga koʻra, agar narxlar 60 dollardan pastga tushsa, ishlab chiqaruvchilar sarmoyani qisqartirishi mumkin, bu esa narxlar uchun

13 May 14:38
 
27
0
xs.uz

Kelgusi hafta boshida xorijiy valyutalarning kursi qanday boʻladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 5-may kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 15,07 soʻmga oshib, 12 915,07 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 64,84 soʻmga koʻtarilib, 14 659,90 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,89 soʻmga tushdi va 156,43 soʻmni tashkil qildi.

13 May 14:39
 
113
0
xs.uz

Oʻzbek milliy taomlari xalqaro tanlovda birinchi oʻrinni egalladi

Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida 'British Street Food Awards' xalqaro gastronomik tanlovi boʻlib oʻtdi. Ushbu tanlovda Oʻzbekiston milliy taomlari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi, deb xabar bermoqda 'Dunyo' axborot agentligi.Taʼkidlanishicha, 'British Street Food Awards' tanlovida Londonda faoliyat yuritayotgan 'Oshpaz' oʻzbek milliy taomlari brendi jamoasi yurtimiz sharafini himoya qilgan.Mazkur tanlovda dunyo boʻylab 2 mingdan ortiq ishtirokchilar qatnashgan. Ahamiyatlisi shundaki,