calendar 12 Apr 21:15
eye 28
comments 0
comments Manba: xs.uz

AQSHda vertolyot daryoga qulashi oqibatida 6 kishi halok boʻldi (+video)

image
Kecha, 10-aprel kuni AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan 'Gudzon''daryosiga vertolyot qulashi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.

Unga koʻra, vertolyot Manxettenning diqqatga sazovor joylarini kuzatish uchun soat 14:59 da havoga koʻtarilgan. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan uchuvchi boshqaruvni yoʻqotgan hamda Nyu-York shahrida joylashgan Gudzon daryosiga qulagan.

Mazkur voqeaga guvoh boʻlganlarning taʼkidlashicha, vertolyot 'Gudzon''daryosiga urilgach parchalanib ketgan.

Nyu-York shahri merining maʼlum qilishicha, halok boʻlganlar orasida uch nafar yoshi katta hamda uch nafar yosh bolalar boʻlgan. Dastlabki tekshiruvlar natijasida qurbonlarning ikki nafari ispaniyalik er-xotin, Agustin Eskobar hamda Mersi Kamprubi ekanligi maʼlum boʻlgan.



Boshqa qurbonlarning ismlari hali rasman oshkor etilmagan boʻlsada, vafot etgan uch nafar yosh bolalar ispaniyalik er-xotinning farzandlari boʻlishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Rasmiylar hozircha halokat sabablari nomaʼlum ekanligini, tergov harakatlari esa boshlab yuborilganini maʼlum qildi.

Dastlabki oʻrganishlar natijasida voqea qurboni boʻlgan ispaniyalik Agustin Eskobar Germaniyaning 'Siemens' kompaniyasida yuqori lavozimda ishlashi oydinlashgan.

'Biz fojiali vertolyot halokatidan chuqur qaygʻudamiz. Bu fojia tufayli Eskobar va uning oilasi halok boʻldi. Ularning barcha yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiramiz', ' deydi 'Siemens' kompaniyasining OAV bilan aloqalar boʻlimi rahbari Kristof Erxard.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
31
0
xs.uz

AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi

AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda 'Associated Press' oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas', ' deyiladi manbada.Shu

15 Apr 07:06
 
31
0
xs.uz

“Ijobiy va konstruktiv” — Tramp davrida birinchi Eron — AQSH muzokaralari qanday oʻtdi?

Eron va AQSH oʻrtasida Tehron yadro dasturi boʻyicha muzokaralarning birinchi raundi Oʻmonda boʻlib oʻtdi. Aytib oʻtish kerak, ikki davlat 2018-yildan buyon bu qadar yuqori darajada hamkorlik qilmagan edi.Har ikki tomon uchrashuvni konstruktiv deb atadi va joriy hafta muzokaralarning ikkinchi bosqichiga kelishib olganliklarini tasdiqladi. Qoʻshma Shtatlar 'toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa' mumkin boʻlgan kelishuvga erishishda muhim rol oʻynashini aytdi.Muzokarada Eron delegatsiyasiga ushbu

23 Mar 16:44
 
61
0
xs.uz

UFC jangchisi Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga nomzodini qoʻymoqchi

Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi Konor Makgregor 2025-yil noyabr oyidagi Irlandiya prezidentlik saylovlarida prezidentlik uchun oʻz nomzodini ilgari surmoqchi. Bu haqida 'Newsweek' nashri xabar berdi.Unda aytilishicha, UFC jangchisi Irlandiya prezidentligiga saylansa oʻz mamlakatining Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar oʻrtasida boshpana izlovchilarni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimda ishtirok etishiga qarshilik koʻrsatishga vaʼda bergan.'Irlandiya 2026-yil 12-iyungacha Yevropa Itti

16 Apr 15:12
 
39
0
xs.uz

AQSH moliya vaziri Ukraina bilan mineral resurslar boʻyicha bitim qachon imzolanishini maʼlum qildi

AQSH moliya vaziri Skott Bessent shu hafta Ukraina bilan mineral resurslar boʻyicha bitim imzolanishi mumkinligini aytdi.Uning taʼkidlashicha, tomonlar kelishuvlarga 'juda yaqin' va hujjat yaqin kelajakda imzolanishi mumkin. Vazir, shuningdek, oʻtgan hafta oxirida Kiyev vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda kelishuv boʻyicha yangi takliflar ilgari surilgani va muzokaralar hali ham davom etayotganini aytdi.Shu yilning 11-12-aprel kunlari Ukraina va AQSH oʻrtasida Ukraina resurslariga o