AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi

AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda 'Associated Press' oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.
'Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas', ' deyiladi manbada.
Shu bilan birga, taqiq joriy etilgunga qadar Xitoy fuqarolari bilan munosabatda boʻlgan davlat xizmatchilari taqiqdan ozod qilinish uchun ariza berishlari mumkin. Biroq, agar ariza rad etilsa, ular darhol oʻz munosabatlarini toʻxtatishi yoki lavozimini tark etishlari talab qilinadi.
Avvalroq, Kolumbiya universiteti professori Robert Legvold, agar prezident Donald Tramp maʼmuriyati Xitoyga qarshi kursini davom ettirsa, dunyoda AQSH va Xitoy oʻrtasida sovuq urush boshlanishi mumkinligini aytgan edi.
Tojikistonda sodir boʻlgan zilzila qancha talafot yetkazgani ochiqlandi
5-6 balli silkinishlar soat 09:24 da qayd etilgan. Zilzila epitsentri Dushanbe shahridan 160 kilometr shimoli-sharqda, Rashtdan 21 kilometr uzoqlikda joylashgan. Dushanbeda 3 ballga yaqin yer silkinishi sezilgan.Maʼlumotlarga koʻra, 200 tadan ortiq qoʻshimcha binolar, jumladan, maktab, tibbiyot punktlari, choyxonalar vayron boʻlgan yoki shikastlangan. Rasht viloyatining oʻzida 40 ta turarjoy binosi vayron boʻlgan, yana 5 tasi qisman shikastlangan. Tojikobodda esa 54 ta uy toʻliq, 45 tasi
Isroilning Gʻazoga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida yana 20 nafarga yaqin falastinlik halok boʻldi
Isroilning Gʻazo sektoriga bergan ertalabki zarbalari oqibatida 20 nafarga yaqin odam halok boʻlgan. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalarga tayanib xabar tarqatdi.'Juma kuni ertalabdan beri Isroilning Gʻazo sektorining shimoliy va janubiy hududlariga bergan zarbalari natijasida 17 falastinlik halok boʻldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, bu safar Isroil tomonidan Xon-Yunis hududidagi turar-joy binolari va Jabaliyadagi qochqinlar joylashgan maktab bom
Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
Unda Oʻzbekiston 80-oʻrinni band etgan. Davlatimiz fuqarolari 62 davlatga vizasiz kirishlari mumkin, ammo 167 davlatga kirish uchun viza (yoki onlayn viza ) talab qilinadi.Jadvalda Markaziy Osiyo davlatlari orasidan Qozogʻiston 63-oʻrinni, Qirgʻiziston 79, Tojikiston 84, Turkmaniston 92 va Afgʻoniston 199-oʻrinni qayd etgan.Reytingga 199 ta davlat kiritilgan boʻlib, unda Singapur birinchi oʻrinda, ushbu pasport egalari 194 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin, Afgʻoniston esa oxi
Kolumbiyada xavfli kasallik tarqalishi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi
Kolumbiyada sariq isitma avj olgani sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Jaramillo 'Senal Colombia' telekanali orqali maʼlum qildi.'Prezident Gustavo Petro boshchiligidagi hukumat mamlakatda sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat eʼlon qildi', dedi u oʻz chiqishida.Vazirning taʼkidlashicha, Kolumbiyada 74 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 34 tasi oʻlim bilan yakunlangan.