Qoʻl mehnatidan raqamli texnologiyagacha — Fargʻona viloyatining muhim manzillaridan fotoreportaj

'
Milliy hunarmandchilik ' yuragimiz, tariximiz va madaniyatimizning ajralmas boʻlagidir. Fargʻonaning goʻzal qishloqlaridan birida qadimiy kulolchilik anʼanalarini asrab kelayotgan, sanʼatga mehr qoʻygan oilaning faoliyati bilan tanishdik. Ularning qoʻli bilan yaratilgan har bir buyumda nafaqat nafislik, balki ruh, mehr va sabr mujassam.
Fargʻona viloyatining taraqqiyot surʼatlari ayniqsa qurilish sohasida yaqqol sezilmoqda. 'Yangi Qoʻqon' mavzesi ' bu nafaqat zamonaviy arxitektura namunasi, balki keng imkoniyatlar eshigini ochayotgan ijtimoiy loyihadir.
Mingdan ziyod yangi qurilayotgan xonadonlar subsidiya va ipoteka krediti asosida aholiga taklif etilmoqda. Oilaviy byudjet uchun eng katta xarajat yukini yengillatish uchun davlatimiz rahbarining tashabbuslari doirasida qulay imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Tarix nafasi ufurib turgan muqaddas maskan ' Xudoyorxon oʻrdasi Qoʻqon xonligining siyosiy, madaniy va maʼnaviy markazi boʻlgan ushbu muazzam saroy bugun ham oʻz salobati bilan kishini oʻziga rom etadi. Oʻrda devorlaridagi nozik naqshlar, ustunlaridagi oʻyma sanʼat va har bir burchagidagi tarixiy ruh ' bularning barchasi bobolarimizdan qolgan bebaho merosdir. Bu yerda yurib, tarix nafaqat oʻqiladigan, balki yurak bilan his etiladigan holatga keladi.
Fargʻona viloyati sanoat salohiyati bilan ham yurtimiz taraqqiyotida munosib oʻrin egallamoqda. Bugun viloyatda nafaqat mahalliy, balki xorijiy texnologiyalarga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritmoqda. Bu fabrikalarda turli sohalarga oid mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Ayniqsa, kiyim-kechak sanoatining rivoji alohida eʼtiborga loyiq. Fargʻonadagi tikuv-trikotaj fabrikalari zamonaviy dastgohlar bilan jihozlangan boʻlib, bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlar nafaqat ichki bozorga, balki xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda. Mahsulot sifati, dizayni va ekologik talablarga muvofiqligi tufayli ular xalqaro bozorda ham oʻz oʻrnini topmoqda.
Texnik taraqqiyot, innovatsiyalarni joriy etish, zamonaviy boshqaruv uslublaridan foydalanish ' bularning barchasi viloyat sanoatining buguni va ertasini barpo etayotgan muhim omillardir.
Yunus BOʻRIYEV, Otabek SAIDAHMADOV 'Xalq soʻzi'
'
html5-dom-document-internal-entity1-quot-endBaxshilar bahsihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end: IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining ikkinchi kuni yakunlandi
Xiva shahrida oʻtkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining ikkinchi kuni ham oʻz nihoyasiga yetdi. Ochilish marosimidan soʻng start olgan tanlov bahslarida mahalliy hamda xalqaro ishtirokchilar qatnashdi. Tanlov bahslari Ichan qalʼa majmuasida joylashgan badiiy sahnada oʻtkazildi.Baxshilar va oqinlar milliy epik sanʼatining eng sara namunalarini namoyish etib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.Kun davomida namoyish qilib borilgan tadbirlardan koʻrish mumkink
Bugun Xiva shahrida IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali start oladi
Oʻzbek milliy baxshichilik va dostonchilik sanʼatining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targʻib qilish, yosh avlod qalbida ushbu sanʼat turiga hurmat va eʼtibor tuygʻularini kuchaytirish, turli xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-maʼnaviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda yanada kengaytirish maqsadida, 2019-yildan buyon 'Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali' oʻtkazilib kelinmoqda.Mazkur f
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Joriy yilning 4-aprel kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Abu-Dabidagi 'Manara' Hamjihatlikda yashash va mintaqaviy muloqot markazi bilan hamkorlikda 'Muloqot, hamjihatlik va istiqbol' mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.Tadbirni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov ochib berdi.Davra suhbatida 'Manara' markazi rahbari doktor Ali Roshid al-Nuaymiy ham soʻzga chiqib, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi: 'Ikki
Mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati qoplab beriladi
Oʻzbekistonda mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati hamda xorijdan jalb qilingan dizayner, marketolog, injener-texnologlar ish haqining yarmi qoplab beriladi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Oʻtgan yili mebel eksporti 20 million dollarga yetdi. Sifat, dizayn va brendga eʼtibor qaratilsa, mavjud quvvatlarning oʻzida eksport hozirgidan 10 karra oshishi mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.Shu b