Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Tadbirni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov ochib berdi.
Davra suhbatida 'Manara' markazi rahbari doktor Ali Roshid al-Nuaymiy ham soʻzga chiqib, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi: 'Ikki davlat oʻrtasidagi istiqbolli rejalar amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstlik, hamjihatlik va hamkorlik aloqalari ravnaq topishiga oʻz hissasini qoʻshadi. Muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan barpo etilayotgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi islom olami uchun juda katta voqelik boʻldi. Bu muhim tashabbus Oʻzbekistonni yanada dunyoga tanitadi, koʻplab olimlar, mehmonlar va ilm ahlini bir yerga toʻplaydi. Markazning ochilishi mamlakat taraqqiyoti va yanada barqaror rivojlanishi uchun tamal tosh vazifasini oʻtaydi, deb oʻylayman'.
'Hurmatli Prezidentimiz bugungi kunda markazimizning ikkinchi qavatiga xorijiy hamkorlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar ofislarini joylashtirish boʻyicha alohida topshiriq berdilar. Markaz binosida xorijiy tashkilotlar vakillari mahalliy olimlar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishlari mumkin.
Bugungi tadbir doirasida biz Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida joylashgan 'Manara' markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolayapmiz. Memorandumga asosan, yaqin kelajakda 'Manara' markazi filiali Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi binosida oʻz faoliyatini boshlaydi', dedi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov.
Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning sentyabr oyida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan. Muzeyga tashrif buyuradigan mehmonlarga yuqori saviyada xizmat koʻrsatish maqsadida markazning bir guruh ilmiy xodimlari BAAda malaka oshirish uchun yuboriladi. Bu jarayon 'Manara' markazi rahbariyati taklifi asosida amalga oshiriladi.
Tadbir yakunida Islom sivilizatsiyasi markazi Birlashgan Arab Amirliklari Abu Dabi shahrida joylashgan 'Manara' markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga koʻra, Oʻzbekistondagi markaz binosida 'Manara' markazining filiali faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, tomonlar oʻrtasida esdalik sovgʻalari almashindi.
Ushbu hamkorlik ikki davlat oʻrtasidagi madaniy va ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro mavqeyini yanada oshirishga hissa qoʻshadi.
Xalqaro tadbir oʻtkazilishi munosabati bilan Samarqanddagi ayrim OTM, texnikum va akademik litseylarga qisqa muddatli taʼtil beriladi
Samarqanddagi ayrim OTM hamda ular huzuridagi texnikum va akademik litseylarga qisqa muddatli taʼtil beriladi. Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlumot berdi.Unga koʻra, joriy yilning 4html5-dom-document-internal-entity1-minus-end5-aprel kunlari Samarqand shahrida 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' birinchi rasmiy sammiti hamda 'Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yoʻlida birdamlik' mavzusidagi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi.Ma
Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, 14 foiz darajasida belgiladi
Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 20-martdagi yigʻilishida asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, yillik 14 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqida Markaziy bankning rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.Taʼkidlanishicha, bu qaror 'inflyatsion bosimlarning yuqori saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi fonida' qabul qilingan.Ushbu qaror kelgusi oylarda kutilayotgan inflyatsion xatarlarni inobatga olib, inflyatsion
Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 411-son qarori asosida sotuvga qoʻyilgan 'Fargʻona' yoʻli va 'Abdurauf Fitrat' koʻchalari kesishmasida joylashgan lotning boshlangʻich narxi 15,94 milliard soʻm etib belgilangan.Xaridor bu yerda zamonaviy savdo majmuasi, 'ekobozor', koʻngilochar maskanlar, biznes markaz, ofis va xizmat koʻrsatish maydonlari, shuningdek, avtoturargoh qurishi kerak. Qurilish ish
Toshkentda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisi ochiladi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen huzurida mamlakatimizda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisini ta'sis etish to'g'risida bitim imzolandi.1958-yilda tashkil etilgan Yevropa investitsiya banki Yevropa Ittifoqining yetakchi moliyaviy institutidir.Ta'kidlash joiz, ofisning Toshkent shahrida ochilishi o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, O'zbekistonda va umuman Ma