Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, 14 foiz darajasida belgiladi

Taʼkidlanishicha, bu qaror 'inflyatsion bosimlarning yuqori saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi fonida' qabul qilingan.
Ushbu qaror kelgusi oylarda kutilayotgan inflyatsion xatarlarni inobatga olib, inflyatsion kutilmalarni jilovlash, oʻrta muddatli istiqbolda inflyatsiya darajasini 5 foizlik targetga erishish uchun yetarli sharoitlar yaratishga qaratilgan.
2025-yil boshidan umumiy inflyatsiya darajasida biroz oʻsish kuzatilib, fevral oyi yakunlari boʻyicha yillik 10,1 foizni tashkil etdi.
'Ushbu dinamika ayrim tovar va xizmatlar narxlarining oʻsishi hisobiga yuzaga keldi. Xususan, yoqilgʻi narxlari, kommunal, transport, taʼlim va tibbiy xizmatlar tariflari oshishi inflyatsion kutilmalarga ham oshiruvchi taʼsir koʻrsatdi va fevral oyida aholining inflyatsion kutilmalari 15,3 foizga, tadbirkorlik subyektlarining kutilmalari esa 13,8 foizga teng boʻldi.
Soʻnggi oylarda xizmatlar inflyatsiyasi yuqori darajada shakllanishi iqtisodiyotda yalpi talab omillari, jumladan, transchegaraviy pul oʻtkazmalari va aholiga ajratilgan kreditlar faollashib borayotganligi bilan izohlanadi. Bu, oʻz navbatida, chakana savdo aylanmasi hamda pullik xizmatlardan tushumlar dinamikasida ham namoyon boʻlmoqda', ' deyiladi Markaziy bank xabarida.
Yil boshidan asosiy savdo hamkorlar valyutalarining mustahkamlanishi taʼsirida real samarali almashuv kursi pasayish tendensiyasini namoyon etib, oʻzining oʻrta muddatli trendiga yaqinlashmoqda.
Iqtisodiyotdagi inflyatsion jarayonlarni maqbullashtirish hamda yalpi talab va taklif orasidagi muvozanatni taʼminlash pul-kredit sharoitlari qatʼiylik darajasini oshirishni taqozo etmoqda.
Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda, Markaziy bank boshqaruvi oʻrta muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, yillik 14 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Shuningdek, pul-kredit sharoitlarining qatʼiylashtirilishi umumiy talabni muvozanatli shakllanishiga va narxlarga oshiruvchi omillar taʼsirini kamaytirishi orqali kelgusi choraklarda inflyatsion jarayonlarning maʼlum darajada sekinlashishiga xizmat qilib, yil yakuni boʻyicha umumiy inflyatsiyani 7-8 foizgacha pasayishiga zamin yaratadi.
'Markaziy bank oʻrta muddatli istiqbolda inflyatsiyaning 5 foizlik maqsadli darajasigacha pasayishini taʼminlash maqsadida pul-kredit sharoitlarini yetarli darajada qatʼiy shakllantirishni davom ettiradi', ' deyiladi MB izohida.
Iqtisodiyotdagi yalpi talab va narxlarga oshiruvchi bosimlar kelgusi choraklarda kutilganidan koʻra kuchayishi boʻyicha ehtimollar va asoslar yuzaga kelgan taqdirda pul-kredit sharoitlari qatʼiyligi qayta koʻrib chiqiladi.
Maʼlumot uchun, asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yigʻilishi 2025-yil 24-aprel kuniga belgilangan.
Turkmanistonliklarning mamlakatimizga tashrif buyurishi 2,5 barobarga oʻsdi
2025-yilning yanvar-mart oylarida Turkmanistondan Oʻzbekistonga sayohat qilgan fuqarolar soni keskin oshgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi berdi.Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu uch oylik davrda 77,9 ming nafar turkmanistonlik turist Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich 2024-yilning shu davri bilan solishtirilganda 46,9 ming nafarga koʻp boʻlib, 2,5 barobar oʻsish qayd etilgan.Tashrif buyurganlarning aksariyati ' 54 ming 215 nafari sayyohlik maqsadida kelgan boʻlsa
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Joriy yilning 4-aprel kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Abu-Dabidagi 'Manara' Hamjihatlikda yashash va mintaqaviy muloqot markazi bilan hamkorlikda 'Muloqot, hamjihatlik va istiqbol' mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.Tadbirni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov ochib berdi.Davra suhbatida 'Manara' markazi rahbari doktor Ali Roshid al-Nuaymiy ham soʻzga chiqib, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi: 'Ikki
Oʻzbekistonda 16 tuman jadal kompleks rivojlantiriladi
Unga koʻra, sanoat ishlab chiqarishi 7'8 foizga, xizmatlar hajmi 15'17 foizga, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi esa 4'5 foizga oshiriladi. Ishsizlik darajasi 4'5 foizga, kambagʻallik esa 5'6 foizga kamaytiriladi. Qoʻngʻirot, Asaka, Gʻallaorol, Denov tumanlari va Margʻilon shahri ishsizlik va kambagʻallikdan holi hududlarga aylantiriladi.Shu yilning 1-iyuliga qadar tumanlarning ishlab chiqilganiga 10-yildan oshgan bosh rejalarni 3 ta toifadagi (renovatsiya, rekonstruksiya va konservats
Dollar kursi biroz pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,77 soʻmga'tushdi va'12 969,56 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'10,96 soʻmga'pastlab,'14 768,44 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'2,58 soʻmga'oshdi va'157,09 soʻmni'tashkil qildi.