calendar 13 May 14:39
eye 173
comments 0
comments Manba: xs.uz

Turkmanistonliklarning mamlakatimizga tashrif buyurishi 2,5 barobarga oʻsdi

image
2025-yilning yanvar-mart oylarida Turkmanistondan Oʻzbekistonga sayohat qilgan fuqarolar soni keskin oshgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi berdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu uch oylik davrda 77,9 ming nafar turkmanistonlik turist Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich 2024-yilning shu davri bilan solishtirilganda 46,9 ming nafarga koʻp boʻlib, 2,5 barobar oʻsish qayd etilgan.

Tashrif buyurganlarning aksariyati ' 54 ming 215 nafari sayyohlik maqsadida kelgan boʻlsa, 16 ming 142 nafari xizmat safarida boʻlgan.

Shuningdek, 5 ming 27 nafar fuqaro qarindoshlarini yoʻqlash uchun, 1 ming 848 nafari oʻqish, 556 nafari tijorat, 106 nafari esa davolanish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan.

Ushbu maʼlumotlar Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi yaqin qoʻshnichilik aloqalarining turizm sohasi orqali ham izchil rivojlanib borayotganini koʻrsatadi. Tashrif maqsadlarining xilma-xilligi esa ikki mamlakat oʻrtasidagi madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy aloqalarning yanada mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 20:14
 
252
0
xs.uz

Oʻzbekistonga Turkiya fuqarolari koʻproq qaysi maqsadda tashrif buyuryapti?

2025-yilning yanvar'aprel oylarida Oʻzbekistonga Turkiyadan kelgan turistlar soni sezilarli darajada oshdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, ushbu davr mobaynida 49,4 ming nafar Turkiya fuqarosi mamlakatimizga turizm maqsadida tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 18 ming nafarga, yaʼni 57,4 foizga koʻpdir.Turkiya fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishiga turli maqsadlar sabab boʻlgan. Jumladan, 19 ming 462 nafar kishi xizmat

31 May 08:50
 
44
0
xs.uz

Zargarlarning xomashyo bilan bogʻliq birorta muammosi boʻlmasligi kerak — Prezident

Zargarlik sanoatida ishlatiladigan uskunalar va ularni butlovchi qismlari import bojidan ozod qilinadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Qayd etilishicha, endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi.Mutasaddilarga joylardagi norasmiy zargarlik rastalarini zamonaviy koʻrinishga keltirib, ularning faoliyatini qonuniylashtirish topshiril

18 Jun 21:55
 
180
0
xs.uz

“Navoiyuran” DK eng yuqori xalqaro kredit reytingini qoʻlga kiritdi

Temur ESHBOYEV/'Xalq soʻzi'. Davlatimiz rahbarining 2022-yil 14-iyuldagi '2022 ' 2030-yillarda 'Navoiyuran' davlat korxonasida uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish hamda uni transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga asosan 'Navoiyuran' davlat korxonasi oʻzini jahon moliya bozorlarida zamonaviy va barqaror kompaniya sifatida tanitish, investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida izchil transformatsiya jarayonlarini amalga oshirmoqda.Oʻtgan yili korxo

31 May 08:51
 
69
0
xs.uz

Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29-aprel kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi 'Green Organic' mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qava