calendar 18 Jun 21:55
eye 74
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Navoiyuran” DK eng yuqori xalqaro kredit reytingini qoʻlga kiritdi

image
Temur ESHBOYEV/'Xalq soʻzi'. Davlatimiz rahbarining 2022-yil 14-iyuldagi '2022 ' 2030-yillarda 'Navoiyuran' davlat korxonasida uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish hamda uni transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga asosan 'Navoiyuran' davlat korxonasi oʻzini jahon moliya bozorlarida zamonaviy va barqaror kompaniya sifatida tanitish, investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida izchil transformatsiya jarayonlarini amalga oshirmoqda.

Oʻtgan yili korxona tomonidan mineral xom ashyo bazasining ishlab chiqarish hajmi va samaradorligini oshirish, tannarxini tushirish boʻyicha qilingan ishlar xalqaro Fitch Ratings agentligi tomonidan munosib baholandi. 'Navoiyuran' DKga uzoq muddatli defolt reytingi (Long term issuer default rating) BB-, yakkalangan kredit profili (Stand alone credit profile) BB- ekanligini belgilab berdi.

' Ushbu reyting 'Navoiyuran' DK respublikamiz yirik sanoat davlat korxonalari oʻrtasida ikkinchi oʻrinni egallaganini bildiradi, ' deydi korxona Bosh direktorining strategik rivojlanish va transformatsiyalar boʻyicha birinchi oʻrinbosari Hasan Haydarov. ' Jahon investorlari uchun muhim baholash manbai boʻlgan Fitch Ratings oʻz hisobotida korxonamiz tomonidan olib borilgan geologiya-qidiruv ishlari natijadorligi oshgani, mineral xom ashyo bazasi oʻsgani, ishlab chiqarish xarajatlari sohadagi nufuzli uran ishlab chiqaruvchi xorijiy kompaniyalarga nisbatan eng pastligi, uning transformatsiya jarayonlari muttasil davom ettirayotganligiga alohida eʼtibor qaratdi.

Eʼtirof etish joizki, Buyuk Britaniyaning SRK Consulting kompaniyasi xulosasiga koʻra, korxona tasarrufidagi konlar uran zaxiralari Avstraliyaning JORC standartlariga muvofiq 115,6 ming tonnani tashkil etdi.

Shu bilan birga, 'Navoiyuran' DKning 2024-yil moliyaviy hisobotlariga 'Katta toʻrtlik' (BIG FOUR) safiga kiruvchi Deloitte xalqaro auditorlik tashkiloti tomonidan yana 'ijobiy' auditorlik xulosasini berildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
42
0
xs.uz

Dollar kursi bir necha kunlik koʻtarilishdan soʻng biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'14,82 soʻmga'tushdi va'12 965,34 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'81,50 soʻmga'pastladi va'14 525,07 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,29 soʻmga'tushib,'161,34 soʻmni'tashkil etdi.

31 May 08:51
 
185
0
xs.uz

Boy tarix, zamonaviy qiyofa, mamnun chehralar – mehnatkash va bunyodkor andijonliklar hayotidan fotoreportaj

Xabaringiz bor, shu kunlarda 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi Andijon viloyatida xizmat safarida boʻlib turibdi. Maqsadimiz, Andijon xalqining oʻziga xos hayoti, mehnatkash insonlari, tabiati va infratuzilmasini oʻzida aks ettirgan maʼlumotlar bilan boʻlishish. Kun davomida viloyatning turli manzillarida boʻldik. Dehqonlar bilan suhbatlashdik, mahallalarda boʻlib, issiqxonalar, poliz ekinlari, bolalar bogʻchasi hamda 'Vatanparvar' bogʻiga tashrif qildik.Dastl

18 Jun 21:55
 
69
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 12 ming 700 soʻmdan tushdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 18-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 46,99 soʻmga tushdi va 12 668,14 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 89,91 soʻmga pasaydi va 14 640,57 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,60 soʻmga tushib, 161,15 soʻmni tashkil etdi.

13 May 14:38
 
46
0
xs.uz

Kelgusi hafta boshida xorijiy valyutalarning kursi qanday boʻladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 5-may kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 15,07 soʻmga oshib, 12 915,07 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 64,84 soʻmga koʻtarilib, 14 659,90 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,89 soʻmga tushdi va 156,43 soʻmni tashkil qildi.