calendar 31 May 08:51
eye 84
comments 0
comments Manba: xs.uz

Boy tarix, zamonaviy qiyofa, mamnun chehralar – mehnatkash va bunyodkor andijonliklar hayotidan fotoreportaj

image


Xabaringiz bor, shu kunlarda 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi Andijon viloyatida xizmat safarida boʻlib turibdi. Maqsadimiz, Andijon xalqining oʻziga xos hayoti, mehnatkash insonlari, tabiati va infratuzilmasini oʻzida aks ettirgan maʼlumotlar bilan boʻlishish. Kun davomida viloyatning turli manzillarida boʻldik. Dehqonlar bilan suhbatlashdik, mahallalarda boʻlib, issiqxonalar, poliz ekinlari, bolalar bogʻchasi hamda 'Vatanparvar' bogʻiga tashrif qildik.

Dastlabki manzilimiz Andijon tumani Sadda tagi mahalla fuqarolar yigʻini boʻldi. Halol mehnat qilib, yurtga rizq ulashayotgan dehqonlari bizni ochiq chehra va samimiylik bilan kutib olishdi. Ushbu mahallada 200 dan ortiq oila ahil va inoq istiqomat qilmoqda. Eʼtiborimizni tortgani, ushbu hududdagi har bir oilada moʻjazgina issiqxonalar tashkil etilgan va ularda pomidor, bodring kabi poliz mahsulotlari yetishtirilmoqda. Ayrim insonlar esa gulchilik, parrandachilik hamda asalarichilikni ham yoʻlga qoʻygan boʻlib, buning ortidan moʻmaygina daromad topishmoqda. Yerga mehr bergan bu insonlarning roʻzgʻori but, turmushi farovon.

Navbatdagi manzilimiz 2021-yilda qurilishi boshlangan Yangi Andijon shaharchasi boʻldi. 4 ming gektar qurilish maydonida hozircha 63 ta koʻp qavatli uy, maktab va bolalar bogʻchasi hamda poliklinika qad koʻtargan.

Maʼlumki, Andijon ' Oʻzbekistondagi aholi eng zich joylashgan hududi boʻlib, Oʻzbekistonning 10 foiz aholisi 1 foiz yerida yashaydi. Shu bois davlat rahbari tashabbusi bilan 2021-yilda ushbu yangi shahar qurilishi boshlangandi.

Joriy yilning 15-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Andijon shaharchasi loyihasining ilk natijalarini borib koʻrib, hudud bilan tanishgan edi.

Ushbu shahar Andijon tumanidagi adirlikda, qishloq xoʻjaligida foydalanilmagan 4 ming gektar maydonda qurilmoqda. Qurilish sakkiz bosqichda rejalashtirilgan boʻlib, hozirda 1770 ta xonadonli 63 ta uy foydalanishga topshirilgan. Shuningdek, 1680 oʻrinli maktab, 420 oʻrinli bolalar bogʻchasi, 250 qatnovga moʻljallangan poliklinika qurilgan. Inshootlar, yoʻl, elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv, issiqlik kabi zarur tarmoqlar bilan taʼminlangan. Ichimlik suvi yetkazib berish uchun sigʻimi toʻrt ming metr kub boʻlgan suv saqlash va uzatish inshooti ishga tushirilgan.

Prezident hududga tashrifi doirasida Yangi Andijon shaharchasiga Zahiriddin Muhammad Bobur sharafiga Bobur shahri nomini berishni taklif qilgan edi.

Hozirda tayyor xonadonlarning koʻpchiligiga oilalar koʻchib kelgan. Ishlar davom ettirilib, bu yil mingdan ziyod xonadonli yana 40 ta koʻp qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.

Shaharchada yangi koʻp qavatli uylarda yashovchilarning farzandlari uchun barpo etilgan 1-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bilan tanishdik. 420 oʻringa moʻljallangan ushbu muassasa eng soʻnggi texnologiyalar va meʼmorchilik andozalari asosida qurilgan. Tarbiyachilarning eʼtiborida boʻlgan kichkintoylarning koʻzlaridagi quvonch kelajak sari ishonchli qadamdir.

Bundan tashqari, 19 gektar maydonda 'Yangi Oʻzbekiston' bogʻi qurilib, oʻn ming tupdan ortiq manzarali daraxt koʻchatlari, buta va gullar ekilgan. U Amfiteatr, dam olish joylari, dekorativ yoʻlaklar, kafelar, bolalar oʻyingohi, yoritish tizimlariga ega. Bu yerda 'Vatanparvar bogʻi', 'Vatanga qasamyod' monumenti, muzey, konsert va tomosha maydonlari mavjud.

Hududning 1439 gektarida 2 mingta koʻp qavatli turar joy quriladi. Shuningdek, koʻplab savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari, 1820 gektarda yashil hududlar tashkil etiladi. Qurilishlar bitgach, bu yerda 410 ming nafardan ziyod aholi yashashi mumkin boʻladi.

Ushbu hudud yaqinida bunyod etilgan 'Vatanparvar' bogʻi navbatdagi manzilimiz boʻldi. Mazkur bogʻ nafaqat hordiq chiqarish, balki tarix bilan yuzma-yuz kelish imkonini beruvchi tarbiya maskani hamdir. Bogʻ hududida harbiy texnika va qurol-aslahalarning ochiq osmon ostidagi ekspozitsiyasi joylashgan. Bu yerda 'Vatanga qasamyod' monumenti ham oʻrnatilgan boʻlib, uning atrofida vatanimiz ozodligi uchun jon fido qilgan mard va jasur oʻgʻlonlarning xotirasi abadiylashtirilgan. Bu yerga kirgan har bir inson tarix sahifalarini koʻz oldidan oʻtkazadi, tinchlik qadrini teranroq his etadi.

Shahar markazidagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi istirohat bogʻi ham doim odamlar bilan gavjum. Bogʻ hududida shoh va shoirning ramziy qabri va uning nomi bilan ataluvchi muzey faoliyat yuritmoqda.

Kun botgach, Andijon shahrining boshqa bir qiyofasi ' chiroqlar nurida charaqlagan koʻchalar, sokinlikda jilvalanayotgan arxitektura, shaharning goʻzal tungi hayoti koʻz oʻngimizda namoyon boʻldi.

Yunus BOʻRIYEV, Otabek SAIDAHMADOV

'Xalq soʻzi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
7
0
xs.uz

Mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati qoplab beriladi

Oʻzbekistonda mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati hamda xorijdan jalb qilingan dizayner, marketolog, injener-texnologlar ish haqining yarmi qoplab beriladi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Oʻtgan yili mebel eksporti 20 million dollarga yetdi. Sifat, dizayn va brendga eʼtibor qaratilsa, mavjud quvvatlarning oʻzida eksport hozirgidan 10 karra oshishi mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.Shu b

13 May 14:39
 
109
0
xs.uz

Xiva shahrida IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Har qaysi xalqning azaliy tarixi va madaniyati eng avvalo uning ogʻzaki ijodi folklor sanʼatida, doston va eposlarida mujassam topgan boʻlib, ular millatning oʻzligini anglash, uning oʻziga xos milliy qadriyatlari va anʼanalarini saqlash va rivojlantirishda bebaho manba hisoblanadi.Xalq ogʻzaki ijodiyotining eng qadimiy turlaridan boʻlgan baxshichilik sanʼati yuksak gumanizm gʻoyalarini, tinchlik va doʻstlik, adolat va haqiqat kabi ezgu fazilatlarni mahorat bilan tarannum etadi. Shu b

31 May 08:50
 
7
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'53,03 soʻmga'tushdi va'12 886,90 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'100,30 soʻmga'pastladi va'14 625,34 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'tushib,'160,87 soʻmni'tashkil etdi.

31 May 08:50
 
6
0
xs.uz

Mebel tannarxini pasaytirish uchun xomashyo boji kamaytiriladi

Oʻzbekistonda mebel tannarxini pasaytirish uchun furnitura, aksessuar, boʻyoq, kley, DSP kabi xomashyoga boj kamaytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha boʻyicha oʻtkazayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qildi.Yigʻilishda qayd etilishicha, oʻtgan yilning oʻzida mebelsozlik yoʻnalishida 920 ta yangi korxona ish boshladi. Sohada 6 trillion 700 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.Buni karrasiga oshirish uchun qator masalal