Xiva shahrida IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Har qaysi xalqning azaliy tarixi va madaniyati eng avvalo uning ogʻzaki ijodi folklor sanʼatida, doston va eposlarida mujassam topgan boʻlib, ular millatning oʻzligini anglash, uning oʻziga xos milliy qadriyatlari va anʼanalarini saqlash va rivojlantirishda bebaho manba hisoblanadi.
Xalq ogʻzaki ijodiyotining eng qadimiy turlaridan boʻlgan baxshichilik sanʼati yuksak gumanizm gʻoyalarini, tinchlik va doʻstlik, adolat va haqiqat kabi ezgu fazilatlarni mahorat bilan tarannum etadi. Shu bois ham, baxshi, oqin va jirovlar azaldan xalq qalbining kuychilari, turli millat va elatlarni birlashtiradigan olijanob insonlar sifatida ardoqlab kelinadi.
Mamlakatimizda boshqa sanʼat turlari kabi baxshichilik sanʼatiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Buni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-noyabrdagi 'Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida'gi qarori asosida har ikki yilda bir marta oʻtkazilayotgan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali misolida ham koʻrish mumkin. Festivalning qamrovi yildan yilga kengayib bormoqda.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning IV Xalqaro baxshichilik festivali ishtirokchilariga tabrigini Prezident maslahatchisi Odil Abdurahmonov oʻqib eshittirdi.
Joriy yil 26-28-aprel kunlari oʻtadigan festivalda dunyoning 40 dan ortiq davlatlaridan taniqli baxshilar ishtirok etishmoqda.
Xiva shahrida IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining tantanali ochilish marosimi tadbir sanʼat ustalari va baxshi, oqin, jirovlarning konsert dasturi bilan yakunlandi.
Otabek SAIDAHMADOV 'Xalq soʻzi'
Banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi
Banklarni sanatsiya qilish hamda oid qoidalar belgilandi. Bu haqida 'Huquqiy axborot' Telegram-kanalida xabar berildi.Joriy yilning 23-iyun kuni 'Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida'gi qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun banklar, banklar guruhlari va bank aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiluvchi xolding kompaniyalariga nisbatan tatbiq etiladi.Quyida sanab oʻtilgan barcha asoslarning mavjudligi bankni sanatsiya qilishni boshlash uchun asos deb hisoblanadi:Markaziy bank sana
Dollar kursi koʻtarilishda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'75,53 soʻmga'oshdi va'12 531,78 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'76,41 soʻmga'koʻtarilib,'14 538,12 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,46 soʻmga'oshib,'159,82 soʻmni'tashkil etdi.
Imtiyozli bemorlar uchun davolanish narxi optimallashtirilishi orqali 80 milliard soʻm tejaldi
Davlat byudjeti hisobidan imtiyozli toifadagi fuqarolarga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar narxi optimallashtirilishi natijasida katta miqdordagi mablagʻlar tejab qolinib, qoʻshimcha tibbiy xizmatlar koʻrsatishga imkon yaratildi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar qildi.Maʼlum qilinishicha, 2023'2024-yillar davomida maxsus tibbiyot markazlari tomonidan taqdim etilgan xizmat narxlari tahlil qilinib, ayrim ortiqcha xarajatlar qisqartirildi. Natijada xizmatlarning bazaviy narxi oʻrtacha 5 ' 20
Dollar kursi bir necha kunlik koʻtarilishdan soʻng biroz pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'14,82 soʻmga'tushdi va'12 965,34 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'81,50 soʻmga'pastladi va'14 525,07 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,29 soʻmga'tushib,'161,34 soʻmni'tashkil etdi.