calendar 31 May 08:51
eye 27
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj

image


'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29-aprel kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.

Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi 'Green Organic' mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qavatli uylardan birining yertoʻlasida tashkil etilgan.

'

Ushbu majmuada 45 turdan ortiq mikroorganik oʻsimliklar yetishtirilmoqda. Mahsulotlar yurtimizdagi koʻplab mehmonxonalar, restoranlar hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlariga yetkazib beriladi. Korxonada 30 dan ortiq ishchi doimiy faoliyat yuritib, barqaror maosh bilan taʼminlangan.

Mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish jarayoni nafaqat jismoniy mehnatni yengillashtiradi, balki samarali vaqt boshqaruvini ham taʼminlaydi. Eng asosiysi, bunday amaliy tajribalar xodimlarning ushbu yoʻnalishdagi bilim va koʻnikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, viloyatning Yozyovon tumanida 'Zarbdor tajribasi' doirasida bir qancha muhim loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Jumladan, tumanning markaziy stadioni 'Tashabbusli byudjet' doirasida 1 milliard 360 million soʻm mablagʻ evaziga mukammal taʼmirlanib, foydalanishga topshirilish arafasida turibdi.

Mazkur stadionga 1200 ta zamonaviy oʻrindiqlar oʻrnatilgan, 400 metrli yugurish yoʻlakchasi, universal sport maydoni, workout va yengil atletika sektorlari'zamonaviy qiyofada taʼmirdan chiqarilgan.

Bundan tashqari, Prezidentimizning 2023-yil 25-dekabrdagi '2024-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori ijrosi boʻyicha 12 milliard 548 million soʻm mablagʻ sarflanib, tugʻruqxona majmuasi, laboratoriya, bolalar va terapiya binolari toʻliq rekonstruksiya qilingan.

Shuningdek, 'Yangi Oʻzbekiston' massivlarida uy-joy qurilishlari ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Prezidentning 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32-son Farmoniga muvofiq, dastlabki bosqichda viloyatda jami 104 ta, 3880 xonadondan iborat koʻp qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan edi.

2024-yil yakuni boʻyicha bu massivlarda 11 ta, 284 xonadondan iborat uylar qurilib, foydalanishga topshirilgan. Ayni vaqtda yana 19 ta, 556 xonadondan iborat uy-joylarda qurilish-montaj ishlari davom ettirilmoqda.

Keyingi manzilimiz, Fargʻona viloyati Yozyovon tumani Yangiobod MFYda joylashgan 'Yozyovon suv ombori' boʻldi. Mazkur suv ombori hududida baliqchilik xoʻjaliklari faoliyatiga ham ruxsat berilgan. Suv ombori atrofidagi boʻsh turgan 300 gektar yerlar oʻzlashtirilib, yashil hududlar tashkil etilayotgani Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan 'Yashil makon' loyihasining amaliy samaralaridan biridir.

Qisqa fursatlarda bu yerda yashillik bilan birga zamonaviy dam olish maskanlari, xizmat koʻrsatish obyektlari barpo etilishi ham rejalashtirilgan.

Kun yakunida esa shaharning kechki va tungi manzaralarini ham kameramiz obyektiviga muhrladik. Yoritilgan xiyobonlar, zamonaviy arxitektura ' bularning barchasi Fargʻona viloyatining kundan-kunga chiroy ochib borayotganidan dalolatdir.

Yunus BOʻRIYEV, Otabek SAIDAHMADOV

'Xalq soʻzi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
65
0
xs.uz

Yanvar va fevral oylarida qancha mashina import qilingan?

Bunda eng koʻp mashina Xitoydan keltirilgan boʻlib, 3 149 donani tashkil etdi. Keyingi oʻrinlarda 1 191 dona avtomobil bilan Koreya Respublikasi va 32 dona yengil mashina bilan Yaponiya turibdi. Eng kam import qilingan avtomobillar soni 8 ta bilan Meksikaga toʻgʻri keldi.Dastlabki ikki oyda import qilingan avtomobillarning umumiy qiymati 75,9 million dollarni tashkil etdi.Taʼkidlash joiz, 2024-yilning mos davrida import qilingan mashinalar soni 17 553 dona bo'lgandi.

12 Apr 21:15
 
48
0
xs.uz

Jahon bozorida neft narxi yuqoriladi

Unga koʻra, mazkur holat oʻtgan haftadagi kuchli narxlar pastlashishidan soʻng tiklanish boʻldi. Qiymat pasayishiga AQSHning yangi boj tariflari global iqtisodiyotda inqiroz keltirib chiqarishi va neftga boʻlgan talabni kamaytirishi haqidagi xavotirlar sabab boʻlgandi.Brent neftining bir barreli 65,02 dollarni, WTI nefti esa 61,61 dollarni tashkil etdi. Tahlilchilarga koʻra, agar narxlar 60 dollardan pastga tushsa, ishlab chiqaruvchilar sarmoyani qisqartirishi mumkin, bu esa narxlar uchun

13 May 14:38
 
29
0
xs.uz

Kelgusi hafta boshida xorijiy valyutalarning kursi qanday boʻladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 5-may kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 15,07 soʻmga oshib, 12 915,07 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 64,84 soʻmga koʻtarilib, 14 659,90 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,89 soʻmga tushdi va 156,43 soʻmni tashkil qildi.

13 May 14:39
 
113
0
xs.uz

Oʻzbek milliy taomlari xalqaro tanlovda birinchi oʻrinni egalladi

Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida 'British Street Food Awards' xalqaro gastronomik tanlovi boʻlib oʻtdi. Ushbu tanlovda Oʻzbekiston milliy taomlari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi, deb xabar bermoqda 'Dunyo' axborot agentligi.Taʼkidlanishicha, 'British Street Food Awards' tanlovida Londonda faoliyat yuritayotgan 'Oshpaz' oʻzbek milliy taomlari brendi jamoasi yurtimiz sharafini himoya qilgan.Mazkur tanlovda dunyo boʻylab 2 mingdan ortiq ishtirokchilar qatnashgan. Ahamiyatlisi shundaki,